3-kurs Vsemestr I modul. Sinfdan tashqari o‘qish metodikasi


Sinfdan tashqari o’qish darslarining turlari



Yüklə 173,09 Kb.
səhifə12/19
tarix31.12.2021
ölçüsü173,09 Kb.
#113221
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
1-maruza

Sinfdan tashqari o’qish darslarining turlari

Sinfdan tashqari o’qish darslarining xususiyatlari, birinchidan, STO’ tizimining bosqichlari bilan, ikkinchidan, o’quv vazifalari va dastur bilan, uchinchidan, oldinga qo’yilgan tarbiyaviy vazifalar bilan, to’rtinchidan, o’quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi.

1-sinfda tayyorlov bosqichida yangi matn o’qituvchi tomonidan o’qib beriladi, boshlang‘ich bosqichdagi darslarda yangi kichik hajmli matnni o’quvchilar o’qiydilar.

Keyingi bosqichlarda asar tahliliga doir ishlar kengaytiriladi, o’quvchilar o’qiganlarini taqqoslashga, umumlashtirishga, xulosalashga, qahramonlarni elementar tavsiflashga o’rgatiladi. Bu jarayonda rollarga bo’lib o’qishdan foydalaniladi. Asosiy bosqichda STO’ darslari 2-sinfda haftada 1 marta, 3-4-sinflarda 2 haftada 1 marta o’tkaziladi. O’quvchilar mustaqil o’qishga o’rgatiladi, ular “G‘uncha”, “Gulxan” jurnallari bilan, “Tong yulduzi” gazetasi bilan tanishtiriladi, ya’ni bolalar matbuoti bilan tanishtiriladi. Bu bosqichda o’zbek, qardosh va chet el adabiyoti yozuvchilarining turli janrdagi va mavzudagi asarlaridan foydalaniladi. Bir darsga o’quvchilar bir nechta asarlar o’qib kelib, ular haqida o’z fikrlarini aytib beradilar, qahramonlarni tasvirlab, rasm chizadilar. Bu jarayonda yozuvchilar hayoti va ijodiga doir kechalar uyushtiriladi. Shu tarzda adabiyotni sevadigan, mustaqil fikr yurita oladigan kitobxon shaxsi shakllantiriladi.

Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’qilgan kitobni muhokama qilish, ijodiy qayta hikoyalash, instenirovka qilish, rasmlar chizish, ifodali o’qish, kitoblar tavsiya qilish usullaridan keng foydalaniladi.


Yüklə 173,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin