3-kurs Vsemestr I modul. Sinfdan tashqari o‘qish metodikasi


Sinfdan tashqari o’qish darsi namunalari



Yüklə 173,09 Kb.
səhifə13/19
tarix31.12.2021
ölçüsü173,09 Kb.
#113221
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
1-maruza

Sinfdan tashqari o’qish darsi namunalari:

I. 1-sinfda (tayyorlov bosqichi) STO’ darsi.

Mavzu: Cho’pon yigit Shiroq.

Darsning maqsadi:

a) afsonaviy qahramonlar haqida ma’lumot berish;

b) o’quvchilarda vatan tushunchasini, vatanparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalash.

Darsning metodi: suhbat.

Darsning jihozi: asar mazmunini yorituvchi rasmlar.

DARSNING BORIShI:

1. Kirish suhbati.

O’quvchilardan vatanini dushmandan asragan qahramonlardan kimlarni bilishlari so’raladi. To’maris, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro nomlari sanalib, Shiroq degan qahramon ham o’tganligini, uning qahramonligi haqida xalqimiz, “Cho’pon yigit Shiroq” degan afsona yaratgani aytiladi.



2. “Cho’pon yigit Shiroq” afsonasi o’qib beriladi.

Z.Afsona yuzasidan dastlabki suhbat o’tkaziladi:

− Afsona sizga yoqdimi?

− Unda kimning qahramonligi hikoya qilib berilgan?

− Shiroq nima uchun xanjari bilan burni, quloqlarini kesadi?

− Keyin Shiroq kimning oldiga boradi?

− U shoh Doroga nima deydi?

− Shiroq Doro qo’shinlarini qaerga olib bordi?

− Shiroq nima deb hayqiradi?

O’quvchilar javobi umumlashtirilib, vatanni sevish, uning tinchligi uchun kurashish kerakligi ta’kidlanadi.


Yüklə 173,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin