3-kurs Vsemestr I modul. Sinfdan tashqari o‘qish metodikasi


Dars turi:yangi bilim beruvchi. Dars usuli



Yüklə 173,09 Kb.
səhifə15/19
tarix31.12.2021
ölçüsü173,09 Kb.
#113221
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
1-maruza

Dars turi:yangi bilim beruvchi.

Dars usuli: suhbat, tushuntirish.

Dars jihozi: tabiat manzarasi tasvirlangan plakat, rasmlar, qushlarning rasmlari.

DARSNING BORIShI:

1. Tashkiliy qism:

a) salomlashish;

b)davomatni aniqlash;

v) o’quvchilarni darsga hozirlash.



2. Yangi mavzuning bayoni:

1. Bir necha o’quvchiga “Tabiat − mening uyim” she’ri yod ayttiriladi.


Dalalarni aylansam,

Uzoq xayolga botsam,

Chigirtkalar qo’shig‘in

O’tloqda tinglab yotsam.

Tabiat mening uyim

Tabiat jonimda jon.

Shivirlayman men unga

Va onamga: − Onajon!

Shundanmi ko’ksim og‘rir

Zaharlansa ona er.

Tabiat mening uyim,

Tabiat eng go’zal she’r.

Shivirlasam giyohga:

Xapriqqancha: − Ey ko’kat,

Nega keldim dunyoga,

Yashamoq sirin o’rgat?!

Toshni yorgan giyohlar

Sabotdan dars o’qisin.

Oy cho’milgan daryolar

Bolaga she’r to’qisin.

Uchadi bola tomon

Shu sabab mening so’zim:

− Tabiat − jonimda jon,

Tabiat mening uyim.

She’r yuzasidan suhbat uyushtiriladi:

Barakalla, bolajonlar! Juda chiroyli she’r aytdingiz. Xo’sh, she’rdagi asosiy fikr nima ekan?

− Tabiat shoirning uyi ekan.

Tabiat sizning uyingiz emasmi? Qani, Tohira, tabiat sening ham uyingmi?

− Tabiat mening ham uyimdir. Men shu tabiat qo’ynida tug‘ildim, ulg‘aydim.

Miraziz, tabiat sening ham uyingmi?

− Ha, tabiatmening hamuyimdir. Negaki men ham shu tabiat qo’ynida yashayman, tabiat qo’ynida o’sgan mevalardan iste’mol qilaman.

Bolalar, hozir o’rtoqlaringiz o’qigan she’rning muallifi nimani kuylayapti? Nima haqida gapirayapti?

− Tabiat haqida.

Siz yuqorida o’rtoqlaringiz ishtirokida X. Davronning “Tabiat − mening uyim” she’rini tingladingiz. She’rda nimalar deyilgan ekan?

She’rda shoir “dalalarni aylanaman, chigirtkalar qo’shig‘ini eshitaman, bulbullarni shod qilsam, o’t bilan suhbatlashsam, mushukni sut bilan mehmon qilsam, xayron bo’lmang. Ular mening do’stlarim. Ular bilan ko’nglim xush. Tabiat mening uyimdir”, − deb aytyapti. (1-o’quvchining javobi)

− “Mening tomirimga tutash o’t ildizi, tunlari, oy va yulduzlari daftarimni yoritadi. Ona er zaharlansa, ko’ksim og‘riydi. Sen uni asra, mangu qolsin, o’lmasin, “− deyapti. (2-o’quvchining javobi)

− Hurmatli, o’quvchilar! Demak, biz tanishgan she’rlarimizda tabiat kuylangan ekan. Tabiat bizning ikkinchi onamiz. Chunki biz onamiz va tabiat quchog‘ida yashaymiz. Shuning uchun ham biz uni “Ona tabiat” deb ataymiz. Biz uning bag‘ridagi o’simliklarni, qushlarni, hayvonlarni, dengizu ko’llarni va boshka boyliklarni asrashimiz, e’zozlashimiz kerak. Tabiat insonga birgina toza suv, havo, oziq-ovqat, kiyim-kechakkina emas, sog‘lik, a’lo kayfiyat ham beradi.

− Bolalar tabiatimizni qushlarsiz tasavvur qila olmaymiz. Ular tabiatning nodir va g‘alati jonivorlaridan biridir. Qushlar zararkunanda hashorotlarni eb, kishilarga foyda keltiradi va estetik zavq baxsh etadi. Siz ularning sayrashidan olam-olam zavq olasiz. Masalan, bulbul, sa’va va boshq. (Shu o’rinda qushlarning rasmi ko’rsatiladi va “Bahor valsi” kuyi eshittiriladi).

− Hashorotlardan kapalak va ninachilar tabiatimizning jonli bezagidir. Kapalaklar o’z chiroyi bilan o’ziga maftun etadilar. Gullar chamani uzra qanot qoqib, hayot qo’shig‘ini kuylashadi. Lekin hozirgi kunda ularning turlari kamayib ketgan. Buni hamisha yodda tuting. Ularni asrang, ermakka kapalak tutmang. (Rasm ko’rsatiladi).

− Bizning hayotimizda o’simliklar ham katta o’rin tutadi. Ayniqsa, yalpiz, qoqio’t, otquloq kabi ko’katlarning inson salomatligini tiklashda o’rni kattadir.

− Bolalar bizning hayotimizda yana bir muhim narsaobihayotdir. Biz suvsiz hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Mana shu suv ham tabiat qo’ynidan inju bo’lib oqadi. Suvni ham asrashimiz kerak. Buning uchun daryolarni, ko’llarni, irmoqlarni saqlamog‘imiz darkor. Turmushda kundalik hayotimizda suvlarni tejab ishlating...

− Xulosa qilib aytganda,tabiatimizning bundan ham chiroyli, obod bo’lishi sizbilanbizningqo’limizdaekan.

O’quvchilarning tabiat haqida yod olgan she’rlaridan, topishmoq va maqollardan ayttiriladi:

Dengizu daryoda yashar,

Asosan ko’klarda kezar.

Zeriksa bormi, osmondan

Zamin uzra qaytib tushar. (Suv)
Ikki yaproq bir tanda,

Kezar gulzor chamanda. (Kapalak)
Shu o’rinda shoirlarning tabiat haqidagi har xil kitoblari ko’rgazmasini uyushtirish ham mumkin.

Uyga vazifa qilib gullar haqida she’rlardan yod olib kelish beriladi.

Keyingi darsda “Gullar aytishuvi”uyushtiriladi.

Dars yakunlanadi.




Yüklə 173,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin