3-ma’ruza : Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari, mazmuni


Ishlab chiqarishda zararli moddalar va ulardan himoyalanish usullari



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/23
tarix25.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#134178
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari, mazmuni

 
4. Ishlab chiqarishda zararli moddalar va ulardan himoyalanish usullari. 
Zararli 
moddalar inson organizmiga turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayrimlarining oz miqdori ham 
kasb kasalligi yoki jarohat keltirib chiqarishi mumkin. Shunga ko‘ra, ya’ni zararli moddalar inson 
organizmiga ko‘rsatadigan ta’siriga qarab, GOST 12.1.007-76 - «Zararli moddalar. Sinflari va 
xavfsizlikning umumiy talablari» bo‘yicha quyidagi sinflarga bo‘linadi: 
I - juda yuqori xavfli - РЭЧМ <0,1 мг м3; 
II- yuqori xavfli - 0,1 < РЭЧМ <1,0 мг м3 ; 
III- xavfli (o‘ldiradigan) - 1,0 < РЭЧМ <1,0 мг м3; 
IV- kichik xavfli - RECHM > 10,0 мг м3. 
Ishlab chiqarish muhiti havosidagi zararli omillarni inson salomatligiga zararli ta’sirini 
kamaytirish maqsadida ularga ma’lum chegara-ruxsat etilgan chegaraviy meyor (RECHM) 
belgilanadi. 
Xonadan atmosfera havosiga chiqariladigan moddalar imkoni boricha tozalab chiqarilishi 
kerak. Bu zararli moddalarning havodagi konsentratsiyalari RECHMdan oshib ketmasligiga 
alohida e’tibor berilishi zarur. 
Xonaga kiritiluvchi havo tarkibidagi zararli moddalar miqdori 0,3 q RECHM dan oshmasligi 
kerak. 
Zararli ishlab chiqarish
- bu shunday ishlab chiqarish omilki, uni ta’siri natijasi xodimni 
kasallanishiga olib keladi. Xavfli ishlab chiqarish omili bu shunday ishlab chiqarish omilki, uni 
ta’siri natijasi xodimni shikastlanishiga olib keladi. 
Mehnat sharoitlarini zararlik va xavfsizlik darajasi bo‘yicha tasnifi quyidagicha: 
Optimal mehnat sharoitlari 
(1 sinf) - ishlovchilarni bunday sharoit - larda sog‘lig‘i saqlanadi 
va ish unumdorligini yuqori darajada bo‘lishiga imkoniyatlar yaratiladi. Boshqa omillar uchun 
optimal deb shartli ravishda shunday mehnat sharoitlari olinadiki, noqulay omillar yo‘q bo‘ladi 
yoxud aholi uchun xavfsiz deb topilgan darajadan yukori bo‘lmaydi. 
Ruxsat etilgan mehnat sharoitlari (2 sinf) –
 
ish joylari uchun muhitni omillari va mehnat 
jarayoniga belgilangan gigiyenik normativi yukori bo‘lmagan sharoitlar, tanadagi funksional 
o‘zgarishlar esa belgilangan tartibdagi dam olish vaqtida tiqlanadi yoki keyingi smena 
boshlanishiga tiqlanadi, ishlovchilarning yakin va uzoq kelajagda sog‘lig‘iga va ularning 
avlodiga salbiy ta’sir etmaydi. Ruxsat etilgan mehnat sharoitlari shartli ravishda xavfsizdir. 
Zararli mehnat sharoitlari (3 sinf) –
belgilangan gigiyenik normativdan yukori bo‘lgan 
zararli ishlab chiqarish omillari mavjudligi bilan ta’riflanadi va ta’siri natijasida ishlovchilarni 
tanasi yoki uning avlodiga salbiy ta’sir etadi. 
Xavfli (ekstremal) mehnat sharoitlari (4 sinf) -
shunday ishlab chiqarish omillar darajasiki,
ish smenasi davomida (yoki uning qismida) hayot uchun xavf yaratadi yoki yuqori xavf-xatarli
o‘tkir kasbiy shikastlanishga , shu jumladan og‘ir turlariga, olib boradi. 
Zararli mehnat sharoitlari (3 sinf) -
gigiyenik normativlar darajasidan oshib ketishi va 
ishlovchilar organizmidagi o‘zgarishlarni ifodalovchi 4 ta zararlik darajasiga ega:
1-daraja 3 sinf (3.1) - shunday mehnat sharoitlarki, muhit va mehnat jarayoni omillari 
ta’sirida ishlovchi organizmida funksional o‘zgarishlarga olib boradi, sog‘lig‘iga shikast 
yetkazish xavf-xatari ko‘payadi, odatda zararli omillar ta’siri (keyingi smena boshlanishi)dan ham
muddati ko‘proq bo‘lgan dam olishdan keyin, tiklanadi. 
2-daraja 3 sinf (3.2) - shunday mehnat sharoitlarki, muhit va mehnat jarayoni omillari 
ta’sirida ishlovchi organizmida funksional o‘zgarishlarga olib boradi, kasb kasalligining 
/
/
/
/


boshlang‘ich alomatlari yoki yengil turlari (kasbiy mehnat qobiliyatini yo‘qotmasdan), davomli 
ekspozitsiyadan keyin (ko‘pincha 15 va undan ortiq yillardan keyin) paydo bo‘ladi. 
3-daraja 3 sinf (3.3) - shunday mehnat sharoitlarki, muhit va mehnat jarayoni omillari 
ta’sirida ishlovchi organizmida turg‘un funksional o‘zgarishlarga olib keladi, ko‘pincha ish 
faoliyati davomida kasb kasalligini yengil va o‘rta darajali turlari rivojlanishiga (kasbiy mehnat 
qobiliyati yo‘qoladi) olib boradi. (5-jadval). 
4-daraja 3 sinf (3.4) - shunday mehnat sharoitlarki, bunda kasb kasaligini og‘ir shakllari
paydo bo‘ladi (umumiy mehnat qobiliyati yo‘qoladi). 
GOST 12.0.003-74 ga asosan xavfli va zararli omillar o‘z ta’siriga qarab quyidagilarga 
bo‘linadi:

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin