3-ma’ruza : Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari, mazmuni



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/23
tarix25.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#134178
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari, mazmuni

J = P
2
/ρ · C
 
bu yerda: 
J – 
tovush intensivligi, vt/; 
P –
tovush bosimining miqdori, Pa; 
ρ – 
muhit zichligi 
kg/m
3
;
C – 
tovush tezligi, m/s.
 
Tovush to`lqinlarining 20
0
S haroratli muhitidagi tarqalish tezligi 343 m/s, po`latda 5000 
m/s, betonda 4000 m/s. ga teng. 
Mashina va uskunalarda, kommunikatsiya va qurilmalarda mexanizatsiyalarning 
harakatdagi qismlarining nosozligi sababli, suyuqlik va gazlar quvurlar orqali bosim ostida 
o’zatilganda paydo bo’ladigan qisqa to`lqinli tebranishlar 
titrash deb ataladi. 
Titrash quyidagi ko`rinishda ifodalanadi: 


-titrash chastotasi 
f
(Gts); -titrash amplitudasi 
A
(mm); -titrash tezligi 
V
(mm/s); -titrash 
tezlanishi 
w
(mm/s
2
). 
Titrash uskuna, jihoz va kommunikatsiyalarning mexanik mustahkamligini va 
germetikligini sifatsizlanishiga olib kelishi va har xil avariyalarning sababchisidir. 
Titrash ta`sirida inson tanasidagi a`zolarning funktsional holatlarini ishdan chiqishi, 
markaziy asab, yurak va qon aylanish tizimida hamda harakatlanish a`zolarida salbiy o`zgarishlar 
sodir bo’ladi. Uning za-rarli ta`siri charchash, boshning, panja va suyak bug’inlarining og’rishi, 
haddan tashqari asabiylashish va harakat faoliyatining buzilishi bilan namoyon bo’ladi va ayrim 
hollarda tebranish kasalligining rivojlanishiga olib keladi. Uning og’ir shakllari, mehnat 
qobiliyatining qisman yoki butunlay yo`qolishiga olib keladi. Shovqin va titrashning ish joylarida 
ruxsat etilgan darajalari SanPiN N0067-96 berilgan. 
Ishlab chiqarishda dastgoh, mashina va qurilmalarning ishlashi natijasida shovqin va 
titrashlar yo’zaga keladi. Bunga asosiy sabablar: detal va qismlarning bir-biriga urilib ishlashi, 
ishqalanib ishlashi, bir-biriga nisbatan harakatlanishi, katta tezlikda harakatlanib havo 
molekulalarini katta tezlik bilan harakatlantirishi va hokazo. Bular inson organizmiga ta’sir 
ko‘rsatib, asosan asab tizimlari va eshitish organlarini, suyak to‘qimalarini kasallantiradi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin