3-ma’ruza mavzu. Butunjahon sog’liqni saqlash tashkilotini ovqatlanish va salomatlik bo’yicha o’rni



Yüklə 37,65 Kb.
səhifə1/4
tarix24.10.2023
ölçüsü37,65 Kb.
#130806
  1   2   3   4
3-ma\'ruza.


3-MA’RUZA

  • MAVZU. BUTUNJAHON SOG’LIQNI SAQLASH TASHKILOTINI OVQATLANISH VA SALOMATLIK BO’YICHA O’RNI

  • REJA.

1. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) to’gri ovqatlanishdagi o’rni.
2. «Salomatlik» tushunchasining mohiyati va tarkibi
3. Aholi salomatligiga ta’sir etuvchi omillar
4. Aholi salomatligini baholashga doir axborot manbalari

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) — xalqaro tibbiy tashkiloti boʻlib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ning ixtisoslashgan maxsus muassasasi hisoblanadi. 1945-yil fevralda BMT konferensiyasida Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotini tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi. 1946-yilda sogʻliqni saqlash boʻyicha New Yorkda oʻtkazilgan Xalqaro konferensiyada BMTga aʼzo 26 ta mamlakat tashkilot ustavini ratifikatsiya qilgach, 7-aprel 1948-yilda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tuzildi.


7-aprel kuni butun dunyoda sihat-salomatlik kuni sifatida nishonlanadi. Tashkilot oʻz oldiga "hamma xalqlarning iloji boricha sogʻ-salomat boʻlishiga erishish"ni maqsad qilib qoʻygan. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti kasalliklarga qarshi kurash olib boradi, ularni tugatish tadbirlarini koʻradi; atrof muhit muhofazasi, yuqumli va yuqumsiz (sil, venerik va parazitar kasalliklar, yurak tomir kasalliklari, xavfli oʻsmalar va boshqalar) ga qarshi kurash uchun xalqaro standartlar belgilash, dori moddalar sifati va qoʻshimcha taʼsiri hamda narkotik moddalar ustidan xalqaro nazorat oʻrnatish; tibbiyot fanining eng muhim masalalari (toksikologiya, farmakologiya, atrof muhit gigiyenasi va boshqalar) boʻyicha hamda sogʻliqni saqlash sohasidagi tadqiqotlarni koordinatsiyalash va ularni oʻtkazishga koʻmaklashish ham Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining vazifasi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti xalqaro karantin sohasida qator tadbirlarni amalga oshiradi: chechak, vabo va boshqa bilan kasallanish xollari toʻgʻrisida mamlakatlarga oʻz vaqtida xabar beradi.
Tashkilot tarkibiga 6 regional tashkilot kiradi. Ular har birining oʻz ijroiya organlari va regional byurolari bor. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining oliy organi — Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasini mamlakatlar saylaydi, uning sessiyasi yil sayin chaqirib turiladi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining markaziy maʼmuriy organi — Sekretariatga (rasmiy idorasi Shveysariyaning Jenevada joylashgan) general direktor rahbarlik qiladi. Tashkilot mablagʻining asosiy manbai unga aʼzo boʻlgan davlatlardan tushadigan badal pulidir. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti jurnallar, byulletenlar, nomuntazam nashrlar chop etadi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi binosida faoliyat koʻrsatadi (1995-yildan).

1948 yil 7 aprelda kuchga kirgan JSST Nizomida ushbu tashkilot faoliyati asos bo'lgan asosiy tamoyillar ko'rsatilgan:


Salomatlik nafaqat kasallikning yo'qligi. Kengroq ma’noda salomatlik deganda jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlik holati tushuniladi;
irqi, siyosiy qarashlari, dini, daromadi yoki ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, har bir insonning asosiy huquqlaridan biri bu erishish mumkin bo'lgan eng yuqori darajadagi sog'liqdan foydalanishdir;
salomatlik butun sayyorada tinch muhitga erishishning asosiy omilidir. Bu faqat barcha davlatlarning hamkorligi bilan mumkin;
umumiy xavf tug'diradigan kasalliklarga, ayniqsa yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish bo'yicha ba'zi davlatlarning etarli choralari;
bolaning sog'lom rivojlanishi asosiy ahamiyatga ega bo'lgan omil hisoblanadi;
salomatlikning eng yuqori darajasiga erishishning zarur sharti barcha xalqlarga tibbiyotning barcha yutuqlaridan foydalanish imkoniyatini berishdir;
xalq salomatligini mustahkamlash, ma’rifatli jamoatchilik fikri va jamiyat bilan hamkorlik zarur;xalq salomatligi va sog'liqni saqlash sohasida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun mas'uliyat mamlakat hukumati zimmasiga yuklanadi.
Hozirgi kunda arterial gipertoniya dunyo aholisi o’rtasida juda keng tarqalgan bo’lib, agar bemor bu kasallikdan yaxshi davolanmasa, u yurak huruji, insult (falaj), qandli diabet kabi asoratlarga olib kelishi mumkin. Bugungi kunga kelib katta yoshlilar orasida har uch kishidan bir kishi qon bosimi bilan og`rigan bemorlar hisoblanadi va bu kasallikning yoshdagi proporsiyasi ham oshib bormoqda: 20 va 39 yoshlilar orasida 10% ni, 50 va 59 yoshlilar orasida esa 50% ni tashkil qilayapti.
Ba’zi rivojlangan davlatlarda kasallikning oldini olish va uni samarali davolash bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar shuni ko’rsatdiki, quyidagilarga amal qilish gipertoniya asoratlarini kamaytirishi mumkin ekan:
• Iste’molda tuzni kamaytirish;
• To’g`ri ovqatlanish;
• Alkogol ichimliklarni ichmaslik;
• Davomiy jismoniy harakat bilan shug`ullanish;
• Vazn muvozanatini saqlab turish;
• Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilmaslik kabi.

Yüklə 37,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin