Kriptonemanomalar qabilasi - Criptonemiales Bu qabilaning oldingi qabilalardan farqi shundaki, bularda auksilyar hujayralar bo‘lib, ular karpogon urug‘lanmasdan oldin taraqqiy etadi va keyin undan ko‘p hujayrali uzun qo‘shiluvchi ooblastem iplari hosil bo‘lib, auksilyar hujayra tamon o‘sadi. Ooblastem ipining hujayralari bilan auksilyar hujayrasi qo‘shilgandan keyin diploidli yadro hosil bo‘ladi. Uni o‘sishidan gonimoblastlar rivojlanadi.
Gonimoblastlar (karposporofit) da karposporalar etiladi, ular diploid yadroga ega. Karposporalarni o‘sishidan jinssiz ko‘payish organ hosil qiluvchi tetrosporofit o‘sadi. Tetrosporangiy yadrosi reduksion (meyoz) bo‘linib, gaploidli tetrasporalar hosil qiladi, ularning o‘sishidan gaploidli o‘simlik rivojlanadi. Gaploidli o‘simlik tallomida jinsiy organlar hosil bo‘ladi. Gametofit va tetrasporofit o‘simlik morfologik jihatdan bir-biridan farq qilmaydi. Demak, kriptonemanamalar qabilasining vakillarida nasllarini izomorf generatsiyasi uchraydi.
Dyurenea (Durenea) – janubiy dengizlarda tarqalgan. Tallomi pushti rangda, shoxlangan butacha shaklida. Tallomni anatomik tuzilishi batraxospermumga o‘xshash. Tallomini o‘rtasidan bitta rangsiz o‘zak o‘tadi, undan juda ko‘p yon shoxchalar chiqadi, bu yon shoxchalar xromatoforaga boy. Yon shoxchalar uchlari bilan qo‘shilib, po‘stloq hosil qiladi. Urg‘ochi gametofitning yon shoxchalari asosidan karpogon va karposporalar hosil bo‘ladi. Bundan tashqari yon shoxchalardan auksilyar hujayralar o‘sadi. Erkak gametofitning shoxchalaridan anteridiy rivojlanadi. Tetrosporangiyni diploidli yadrosi reduksion bo‘linib, to‘rtta tetraspora hosil qiladi. Tetrosporalarning o‘sishidan gametofit nasl beruvchi o‘simlik o‘sib chiqadi.
Kriptoneminomalar orasida ko‘p o‘zakli hujayra tuzilishiga ega bo‘lgan vakillari ham uchraydi. Bularga misol qilib hamma dengiz suvlarida ayniqsa tropik dengizlarda ko‘p, o‘sadigan korallina (Corallina) bilan tanishamiz. Uni tallomi tikka o‘sadi shoxchalarida juda ko‘p miqdorda ohak to‘plangan bo‘lib, suv to‘lqiniga chidamli. Ipi uzun, rangsiz hujayralardan tuzilgan bo‘lib, shoxlangan. Markaziy ipi uch qismga bo‘linib, keyin ular shoxchalarga aylanadi. Korallinani jinsiy organlari (anteridiy, karpogon va tetrasporalari) har xil individ gametofitlari uchidagi maxsus konseptakullar da joylashadi. Tetrosporafitlardan tetrosporalar taraqqiy etadi.
Kriptonemanamalar qabilasiga litotamnion (Lithothamnion)ham kiradi. U Shimoliy dengizning chuqur joylarida o‘sadi, hujayra po‘sti orqali o‘ziga ko‘p miqdorda ohak singdirib oladi. Yoshligida po‘stloq holida bo‘ladigan va keyinchalik bug‘i shoxlariga o‘xshash yoki bo‘lak toshga o‘xshaydi.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari: Qizil suvo‘tlar tallomi qanday tuzilishga ega?
Hujayra tuzilishi va pigmentlar tarkibini tushuntirib bering.
Qanday xususiyatlariga ko‘ra ko‘k-yashil suvo‘tlarga o‘xshash bo‘ladi?
Qanday ajdodlarga ajratiladi va ularning bir-biridan farqi?
Muhim vakillari va ularning ahamiyatini tushuntirib bering.