3-mashg‘ulot. Amaliy. Merganlik. Nishonni tanlash. Joydan turib qo‘zg‘almas va paydo bo‘luvchi nishonlarga otish vaqtida mo‘ljal (pritsel) olish moslamasini va mo‘ljal olish nuqtasini aniqlash. Otishga tuzatishlar kiritish


Otish jarayoniga tuzatishlar kiritish



Yüklə 26,97 Kb.
səhifə3/3
tarix27.11.2023
ölçüsü26,97 Kb.
#136670
1   2   3
3-mashg‘ulot. Amaliy

Otish jarayoniga tuzatishlar kiritish: o‘qchi o‘q uzish jarayonida o‘z natijalarini diqqat bilan kuzatib borishi, mo‘ljallagich qo‘yiluvchisi va mo‘ljalga olish nuqtasining holatiga zarur o‘zgartirishlar kiritishi lozim. O‘qchi o‘zining otish natijalarini o‘qlarning sapchishiga (rikoshetiga), trassalariga va dushmanning o‘zini tutishiga qarab kuzatadi. O‘qlarning trassalariga qarab otishga tuzatish kiritish uchun oddiy va yonib uchadigan o‘qli patronlardan o‘q uzish, bunda mazkur o‘qlarning nisbati 1:1 bo‘lishi lozim.
Tungi mo‘ljallagich bilan ishlashda kuzatish mintaqasidagi joyni, imkon bo‘lsa, kundo‘zi o‘rganish zarur. Dushmanni kuzatish uchun joy yoritish vositalari va projektorlar bilan yoritilgan paytlardan foydalanish lozim. Bunda yorituvchi patronlarning yulduzchalari va o‘qlarning chaqnashi mo‘ljallagichning ko‘rish maydoniga tushmasligiga e’tibor berish kerak.
O‘q uzishning ta’sirliligini ko‘rsatuvchi belgilar jumlasiga quyidagilar kiradi: dushmanning talofat ko‘rishi, yugurishdan emaklashga o‘tishi, o‘t ochishni kamaytirishi yoki to‘xtatishi, chekinishi yoki yashirinishi.
Nishonni ko‘rsatish otish vazifalarini qo‘yishda va aniqlangan nishonlar haqida ma’lumot berishda qo‘llanadi. Nishonning ko‘rsatilishi uning tez topilishini ta’minlashi uchun mazkur ko‘rsatish qisqa, tushunarli bo‘lishi va quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim:
- nishon yo‘nalishlari;
- nishonning nomi va belgilari;
- joyning yoki nishon yaqinidagi mahalliy predmetlarning o‘ziga xos belgilari;
- nishongacha bo‘lgan masofa (metrda)
Nishonni ko‘rsatishning quyidagi usullari mavjud:
- mo‘ljaldan;
- hujum yo‘nalishidan;
- yonib o‘chadigan o‘qlar, yoritish patronlari bilan.
Nishonni mo‘ljaldan ko‘rsatish usulida nishongacha bo‘lgan masofa, shuningdek mo‘ljal va nishon yo‘nalishlari o‘rtasidagi burchak o‘lchanadi va mingdan bir o‘lchovda ko‘rsatiladi. Masalan: alohida daraxt. Chapga 20, kuzatuvchi, 600, yakson qilinsin.
Nishon mo‘ljaldan ancha uzoqda joylashgan bo‘lsa, mo‘ljal bilan nishon o‘rtasidagi oraliq mahalliy predmetlar, so‘ng oxirgi oraliq mahalliy predmetga nisbatan nishonlarni o‘rni ko‘rsatiladi. Masalan: mo‘ljal 2, o‘ngga 60, 2 ta buta, o‘ngga 10, pulemyot, 500, yakson qilinsin.
Hujum yo‘nalishidan nishonni ko‘rsatish uchun oldinda yaxshi ko‘rinib turgan mo‘ljalni tanlash va unga tomon fikran to‘g‘ri chiziq o‘tkazish lozim. Bunda joyning harakat yo‘nalishi bilan nishongacha bo‘lgan masofaa o‘rtasidagi qismini metrda yoki mingdan bir formulasida ifodalash mumkin.
Yonib uchadigan o‘qlar va yoritish patronlari bilan nishonni ko‘rsatish nishon yo‘nalishida o‘q uzish yoki patronlarni uchirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Otishdagi tuzatishlarni mo‘ljalga olish nuqtasining o‘rnini balandlik va yonlama yo‘nalish bo‘yicha o‘zgartirish yoki mo‘ljallagich qo‘yiluvchisini o‘zgartirish yo‘li bilan kiritiladi. Mo‘ljalga olish nuqtasi rikoshetlar(o‘q biron-bir jism yoki narsaga tegib o‘zining yo‘nalishini o‘zgartirishi) yoki trassalarning nishondan og‘ishiga qarama – qarshi tomonga og‘ish kattaligi miqdorida siljitiladi.
Agar o‘qlarning nishondan balandlik bo‘yicha og‘ishi 100 m dan katta bo‘lsa, mo‘ljallagichning qo‘yiluvchisini bir bo‘limga o‘zgartirish lozim. O‘qlarning trassalarga qarab otishga tuzatish kiritish uchun oddiy va yonib uchadigan o‘qli patronlardan o‘q uzish, bunda mazkur o‘qlarning nisbati tegishli ravishda 3:1 bo‘lishi lozim.
Yüklə 26,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin