Demokrit (yeramizdan awalgi 460-370-yillar) qarashlari qadimgi Yunon falsafasining cho’qqisidir. U atomizm nazariyasini yaratgan materialist faylasufdir. Demokrit o’z asarlarida yuqorida nomlari qayd yetilgan mutafakkir faylasuflar kabi tarbiya masalalariga katta ye’tibor beradi. U o’z nazariyasida tabiat qonunlariga, xurofotni va qo’rquvni yemirib tashlaydigan chinakam bilimlarga murojaat qiladi.
Demokrit tarbiyani tabiatga muvofiqlashtirish masalasini birinchi bo’lib ilgari surdi. «Tabiat bilan tarbiya bir-biriga o’xshaydi» deb yozadi u. Demokrit «ta’lim mehnat asosidagina go’zal narsalarni hosil qiladi», deb, tarbiya ishida mehnatning roli juda katta yekanligini ta’kidladi.
U doimo mehnat qilib turishni talab qildi, mehnatga odatlana borgan sari, mehnat yengil bolib boradi, deydi. U yomon o’rnakdan yehtiyot bo’lish kerak, deb ta’kidlaydi va yaxshi xulq hosil qilishda mashqning ahamiyati katta, deb hisoblaydi.
Demokrit axloqni odamning o’z tabiatidan kelib chiqib asoslashga harakat qiladi. Bilish nazariyasida Demokrit moddiy olamni bilish va haqiqatga yerishish mumkinligini ta’kidladi, bilish jarayonida sezgi va tafakkur rolini ko’rsatdi. Uningcha sezgilarimiz orqali olingan bilim «qorong’i»; u olamning mohiyatini ochib berolmaydi; aql orqali olingan bilim «yorug’», haqiqiy bilimdir. Tabiat sirlarini faqat fikrlash yoli bilan bilib olish mumkin.
Demokritning axloqiy va pedagogik qarashlari diniy qobiqdan xoli yedi. Shuning uchun ham o’zidan keyingi faylasuf olimlarga katta ta’sir yetdi.
Ayniqsa, ularning inson kamolotidagi nazariy qarashlari, tarbiyaning roliga bergan katta ahamiyatlari pedagogika tarixi nazariyasini yaratishda asosiy zamin bo’lib xizmat qildi.
G’arbiy Yevropada maktab, maorif hamda pedagogik fikrlar taraqqiyoti O’rta asr G’arbiy Yevropa mamlakatlarida ikki guruhga bo’lingan va yetti fanni o’z ichiga olgan talim dasturi vujudga kelgan yedi. Birinchi guruh uchta fandan iborat yedi, shu sababli unga lotincha «trivium» nomi berildi. Bunga grammatika (lotin tili grammatikasi), ritorika va dialektika kirar yedi. Ikkinchi guruh to’rt fandan iborat bo’lgani uchun lotincha «kvadrivium» deb nomlandi. Unga arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa kirar yedi. Hammasi bo’lib bu yetti fanni «yetti yerkin san’at» deb atash rasm bo’lib qoldi.
Mazkur o’quv fanlari qadimgi Yunoniston ta’lim tizimidan olingan yedi, biroq o’rta asrlarda ularga diniy mazmun berilib, hammasi ramz bilan diniy ma’noda tushuntirilar yedi. Masalan: grammatikani o’rganishdan maqsad - muqaddas diniy kitoblarni o’qishni bilib olish, ritorika (notiqlik san’ati nazariyasi)ni o’rganishdan maqsad va’zxonlik qilish, xutba o’qish san’atini yegallab olish, musiqa deyilganda yesa diniy musiqa nazarda tutilardi (katolik cherkovida ibodat vaqtida organ chalinadi va diniy ashulalar aytiladi). Dialektika, munozara, bahslashish san’ati deb tushunilar va katolisizmga qarshi chiquvchilar bilan munozara qilishga yordam beradigan fan deb hisoblanar yedi. Hattoki matematikaga ham diniy ma’no berilar yedi. Geometriya cherkov binolarini qurish uchun zarur fan hisoblanar, arifmetikani o’qitganda ayrim sonlarni ramz bilan diniy ma’noda (masalan «1» raqami bu xudoning birligi ramzi deb tushuntirilar yedi. Astronomiyadan yesa diniy kalendar tuzishda foydalanardilar.
Hamma fanlarning toji deb — teologiya hisoblanar yedi. o’rta asrlarda beriladigan talim dasturi cherkov maktablari orqali amalga oshirilar yedi.
Cherkov maktablarining asosiy turlari: prixod maktabi (ya’ni cherkovga qarashli), monastir maktabi va bosh cherkov yoki yepiskop maktablaridan iborat yedi.
Prixod maktablari boshlang’ich diniy maktablar bo’lib, unda o’g’il bolalar o’qir yedi. Ular mahalladagi cherkovga qarashli bo’lib, ruhoniy yoki uning yordamchisi o’qituvchilik vazifasini bajarar yedi. Prixod maktablarida bolalar xristian dini asoslari va qoidalarini, diniy ashulalar aytishni, lotin tilida o’qish va yozishni o’rganardilar. Ba’zilarida yesa bolalar boshlang’ich hisob ilmini ham o’rganardilar.
Monastir maktablari monastir huzuridagi maktablar bo’lgani sababli shu nom bilan yurgizilgan. o’rta asrlar Yevropasidagi monastirlar faqat tarki dunyo qilgan monaxlar yashaydigan diniy muassasagina bo’lib qolmay, balki ba’zi joylarda ular o’z zamonasiga munosib madaniyat markazi, ma’rifat o’chog’i ham yedilar. Bunday monastirlarda turli kitoblardan nusxa ko’chirish, kutubxonalar tashkil qilish bilan shug’ullanar, ba’zi monaxlar ilmiy muammolar ustida ish olib borar yedilar. Monastir maktablarida o’qitish vazifasi uchun maxsus monaxlar tayinlanardi. Shu ishda ishlab turgan monaxlar ta’lim-tarbiya ishini uyushtirish va uni olib borish sohasida ancha tajriba to’playdilar.
Monastir maktablarining ko’pida prixod maktabida o’qitiladigan fanlardan tashqari, yana yuqorida aytilgan «yettita yerkin san’at»dan dars berilar yedi.
Monastir maktablariga boshda faqat monax bolishga tayyorlanadi-gan o’g’il bolalar qabul qilinar yedi, keyinchalik yesa bu maktablarga o’qishni xohlagan har bir kishi qabul qilinaverdi. Shu sababdan monastir maktablari «ichki maktab» (monastir devori ichida, faqat kelgusi monaxlar uchun) va «tashqi maktab» (monastir devori tashqarisida, hamma o’qishni istaganlar uchun) nomli ikki maktabga bolina boshladi.
Bosh cherkov yoki yepiskop maktablari markaziy diniy okrugdagi bosh cherkov (sobor)ga qarashli maktablar yedi. Bunday okrugda din ishlari boshqarmasi joylashgan bo’lib, uning boshida yuqori lavozimli ruhoniy -yepiskop turar yedi. Shuning uchun bu maktablarni bosh cherkov yoki yepiskop maktablari deb atashardi. Bu turdagi diniy maktablarda faqat o’g’il bolalar o’qigan. Bosh cherkov maktablarida odatda yuqorida ko’rsatilgan yetti fanning hammasi o’qitilib, bu fanlardan tashqari yeng oliy va asosiy fan deb hisoblangan teologiya (din aqoidlari) ham o’qitilardi. Monastir maktablari singari, bu maktablarga ruhoniy bo’lish maqsadini qo’ymagan shaxslar ham qabul qilinaverar yedi, chunki xat-savodi bo’lgan kishilarga talab tobora kuchayib borar yedi. Shu sababli monastr maktablari singari, bu maktablar ham «ichki maktab» (faqat ruhoniy-larni yetishtiruvchi) va hamma o’qishni istovchilar uchun «tashqi yepiskop maktablari» nomi bilan ikki xil maktabga bo’lina boshladi.
o’qish cherkov tomonidan tasdiqlangan din darsliklari va din aqidalarini yodlashdan iborat boigan. Bu maktablarda belgilangan o’quv yiliga rioya qilinmay, maktabga istagan vaqtida kirib, uni hohlagan vaqtda tark yetish mumkin yedi. Negaki sinf - dars tizimi o’zi bolmagan. o’quvchilar bir xona ichida to’planib, har qaysisi o’z sabog’i bilan shug’ullanar, o’qituvchi yesa shogirdlarini bitta-bittadan oldiga chaqirib, alohida-alohida saboq berardi.
Ushbu maktablarda intizom qattiq bo’lib, o’quvchilar biror-bir aybi uchun shafqasiz jazolangan. Savalash, och qoldirish kabi jazolar qo’llanilgan.
o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada mulkdor feodal va aslzoda tabaqala-riga mansub oilalarda tug’ilgan qiz bolalar odatda xotin-qizlar monastirlari ichida yoki maxsus murabbiyalar va oilaga biriktirilgan ruhoniylar qo’1 ostidagi uylarda tarbiya olardilar.