3-Mavzu: Axborot kompyuter texnologiyalarini tadbiq qilishning texnik vositalari reja



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/28
tarix19.04.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#125587
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
3-Mavzu Axborot kompyuter texnologiyalarini tadbiq qilishning t

 Berilganlar shinasi. Shu shina orqali protsessor registriga berilganlar nusxasi ko`chiriladi 
va aksincha. Intel Pentium protsessorli ShK larda berilganlar shinasi 64 raziryadlidir. 
 Buyruqli shina. Protsessor bajaradigan buyruqlar shu shina orqali tezkor xotiradan keladi. 
Buyruqlar baytlar ko`rinishida tasvirlanadi. Oddiy buyruqlar bir baytga joylashtiriladi, lekin 
shunday buyruqlar ham mavjudki, ular uchun ikki, uch va undan ortiq baytlar kerak bo`ladi. 
Ko`pchilik zamonaviy protsessorlar 32 razryadli buyruq shinalarga ega. 
Sistema blokidagi shinalar faqat protsessor bilan bog`lanish uchungina ishlatilmaydi. 
Sistema blokining barcha boshqa ichki qurilmalari, shu bilan birga unga ulangan qurilmalar bir - 
birlari bilan o`zaro shinalar yordamida bog`langan. 
 
Tashqi xotira va tashqi xotira qurilmalari 
 Tashqi xotira – shunday xotiraki, u tashqi ko`rinishidan sistema platasiga o`xshash bo`lib, 
axborotlarni o`zida uzoq vaqt saqlash uchun mo`ljallangan har xil printsiplarda saqlovchi va har 
xil turdagi tashuvchi qurilmalardir. Shu bilqan birga, tashqi xotirada kompyuterning barcha 
dasturiy ta’minotlari saqlanadi. Tashqi xotira qurilmalari kompyuter sistema blokida joylashishi 
bilan birga uning alohida korpuslarida ham joylashgan bo`ladi. Oddatda tashqi qurilmalar 
ma’lumotlarni o`zda jamlovchi (yig`uvchi) qurilmalar deb ataladi. Jamlovchi – bu axborotni o`zida 
saqlaydigan qurilma bo`lib, u katta hajimdagi axborotlarni uzoq vaqt saqlash uchun 
mo`ljallangandir. Ularning hajmi tezkor xotiradan bir necha yuz marotaba kattadir. Jamlovchi 
qurilmani ma’lumotni tashuvchi va o`quvchi qurilma deb qarash mumkin. Axborot tashuvchilar 
ikki xil bo`ladi: lentali va diskli. Lentalilar faqat magnitli bo`lishi mumkin, diskli tashuvchilar esa 
magnitli, magnitooptik va optik bo`ladi. 
Eng ko`p tarqalgan jamlovchilar bu magnitli disklardir. O`z navbatida magnitli disklar ham 
uch turga bo`linadi: qattiq disklar, egiluvchan disklar va lazerli (optik) disklar. 
Qattiq disk (HDD – Hard Disk Driver) 


Qattiq magnit disk kompyuterda ishlanadigan dasturlar 
va ma’lumotlarni doimiy saqlash uchun mo`ljallangan. Ko`p 
hollarda qattiq disklar vinchester nomi bilan yuritiladi. 
Vinchester tashqi ko`rinishidan silliq germetik yopiq qutiga 
o`xshash bo`lib, uning chida umumiy o`qqa ega bo`lgan 
aylana shaklidagi bir nechta qattiq alyumin yoki shishali 
plastinkalar joylashgan. Uning ichidagi disklar soni 
o`ntagacha bo`lishi mumkin. Ularning yuroqi qismi aylana 
shaklida ajratilgan bo`lib, ular yo`laklar (track) deb ataladi. 
Har bir yo`lak o`z raqamiga ega. Bir xil raqamli yo`laklar disklarda ustma – ust joylashgan holda 
tsilindr shaklini hosil qiladi. Diksdagi yo`lakalr sektorlarga ajratilgan. Sector 571 bayt joy 
egallaydi. Sektorlar va yo`laklar diskni formatlash vaqtida hosil bo`ladi. Foydalanuvchi 
formatlashni maxsus dasturlar orqali amalga oshiradi. Formatlanmagan diskga hech qanday 
axborot yozib bo`lmaydi. Qattiq diskni bir necha logik disklarga bo`lish mumkin. Bu kompyuterda 
ishlashda foydalanuvchining ishini engillashtiradi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin