3-Mavzu: Axborot kompyuter texnologiyalarini tadbiq qilishning texnik vositalari reja



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/28
tarix19.04.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#125587
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
3-Mavzu Axborot kompyuter texnologiyalarini tadbiq qilishning t

Lazer (kompakt) disk. CD - ROM 
CD ROM (Compact Disk Read Only Memory) – faqat ma’lumotni o`qish uchun 
mo`ljallangan lazer disk qurilmasi. Uning ishlash prinsipi shundan iboratki, u diskning yuqori ustki 
qismida joylashgan raqamli ma’lumotlarni lazer nuri yordamida o`qiydi. Ma’lumot tashuvchi 
sifatida oddiy kompakt – disk CD ishlatiladi. Unga 650 Mbayt hajimdagi ma’lumot sig`ishi hamda 
uni ishlatish qulayligi bilan alohida etiborga loyiqdir. Bunday katta hajimlar multimediyali 
axborotlarga xos bo`lgani uchun CD-ROM qurilmasi multimediya uskunalari sarasiga kiradi. 
Multimediyali axborotlardan tashqari kompakt diskda xar xil tizim va amaliy dasturlarni, electron 
kitoblarni ham saqlashi mumkin. Kompakt disklarning boshqa turlari ham mavjud, masalan CD 
Writer, CD – R, CD – RW, DVD va boshqalar. 
CD – R (CD - Recordable). U CD-ROM ga o`xshash bo`lib, diskning o`lchami va yozish 
formati mosdir. Bu kompak diskka faqat bir marta yoziladi va cheksiz marta o`qiladi. Berilganlarni 
yozish uchun maxsus dasturi ta’minotdan foydalaniladi. 
CD – RW (CD - ReWritable). Bu diskga ma’lumotlarni ko`p marotaba yozish mumkin 
bo`lib, shu bilan birga uning bo`sh joyiga boshqa ma’lumotni ham yozish mumkin. Bundan 
tashqari diksga to`liq qayta ma’lumot yozish mumkin bo`lib, undagi avvalgi ma’lumotlar 
yo`qotiladi. Bunda ham xuddi CD – R dagidek ma’lumotlarni yozish uchun maxsus dastur kerak. 
 DVD (Digital Video Disk) - diskdagi raqamli video yozuvlarni o`qish uchun mo`ljallangan 
qurilma. DVD – disklar CD-ROM ga o`xshash bo`lib, lekin DVD – diskning bir tomoniga 4,7 
Gbaytgacha, ikkala tomoniga esa 9,4 Gbayigacha ma’lumot yozish mumkin. Agar ikkisloyli DVD 
– disk ishlatilsa, u holda uning bir tomoniga 8,5 Gbaytgacha, mos ravishda ikkala tomoniga 17 
Gbaytgacha ma’lumot yozish mumkin bo`ladi. DVD – disklarga ma’lumotlarni qayta yozish 
mumkin. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin