Klaviatura ShK ning asosiy standart qurilmasi bo`lgani uchun uning asosiy funktsiyalarini
boshqaruvchi maxsus tizim dasturlar (drayverlar) talab qilinmaydi. Klaviatura bilan ishlashga
kerak bo`lgan dasturiy ta’minot doimiy xotiraning mikro sixemasida joylashgan. Shuning uchun
ham, ShK ishga tushirilishi bilan klavish bosilsa tasir etadi. Klaviaturasiz kompyuterda xususan,
operatsion sistemasida ishlab bo`lmaydi. Ular yordamida operatsion
sistemaga va uning
boshqaruvi ostida ishlaydigan dasturlarga buyruqlar,
shuningdek, bu dasturlarga kerak bo`lgan
ma’lumotlar kiritiladi. Standart ShK larda klaviatura alohida bir konstruktiv blokdir, prototip ShK
larda esa korpusning bir qismidir.
Klaviatura tugmachalar soni va joylashishiga ko`ra turli xil kompyuterlarda har xil bo`lishi
mumkin, lekin ularning vazifasi o`zgarmaydi. IBM PC klaviaturalari ikki xilda ishlab chiqariladi:
101 va 105 klavishli. Hozirgi paytda klaviaturalarning quyidagi turlari ishlab chiqarilmoqda:
XT-klaviatura. IEng eski klaviaturalardan biri bo`lib, 83 tugmachalidir. Yonib
turuvchi indikatorlari yo`q.
AT-klaviatura. Standart (84 tugmachali) hamda kengaytirilgan (101 tugmachali)
ko`rinishlarda ishlab chiqarilgan. Yonuvchi indikatorlar hamda qo`shimcha raqamli tugmachalar
o`rnatilgan.
Dostları ilə paylaş: