3-Mavzu: Axborot kompyuter texnologiyalarini tadbiq qilishning texnik vositalari reja


tugmachali kengaytirilgan klaviatura



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/28
tarix19.04.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#125587
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
3-Mavzu Axborot kompyuter texnologiyalarini tadbiq qilishning t

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Shift
101 tugmachali kengaytirilgan klaviatura. Yonuvchi indikatorlar, qo`shimcha 
raqamli tugmachalar hamda maxsus WINDOWS tugmachasi o`rnatilgan. Aslida tugmachalarining 
soni 104 tagacha bo`lishi mumkin. 
 
MS Natural klaviaturasi. Bu tipdagi klaviaturalar ergonomic klaviaturalar ham deb 
yuritiladi. Ko`rinishi boshqa klaviaturalarnikidek to`g`ri to`rtburchak shaklida emas, balki egri 
to`rtburchak shaklida. Bundan tashqari tugmachalar foydalanuvchi barmoqlarining tabiiy 
harakatiga mos ravishda ma’lum bir burchak ostida joylashtirilgan bo`ladi. 
 
Infraqizil klaviatura. Bunday klaviaturalar kabelsiz bo`lib, ma’lumotlarni 
infraqizil nurli signallar yordamida uzatishga mo`ljallangan. Buning uchun monitorga shu 
signallarni qabul qiluvchi maxsus qurilma – priyomnik o`rnatiladi. Ma’lumotlarni 7 metr 
masofagacha uzoqlikdan turib kiritish mumkin. 
 
Egiluvchan rezinali klaviatura. Bunday klaviaturalarning korpusi turli rangdagi 
rezinalardan ishlangan bo`lib, juda chiroyli ko`rinishga ega. Shovqinsiz va ishonchli tarzda 
ishlaydi. Turli texnik va kimyoviy ta’sirlarga chidamli. Korpuslari juda ham yupqa bo`lgani uchun 
ularni tsilndr shaklida o`rash mumkin. 
 
Ko`p funktsionalli klaviatura. Bunday klaviaturalar eng qimmat klaviaturalardan 
biri bo`lib, telekommunikatsiya tizimlarini boshqaruvchi tugmachalar bilan jihozlangan va 
professional foydalanuvchilarga mo`ljallangan. 
O`z vazifalariga ko`ra klavishlar besh guruhga bo`linadi: 
 
Harflar va sonlarni kiritadigan klavishlar. 
 
Funktsional yoki amal klavishlar. 
 
Boshqaruvga oid klavishlar. 
 
Kursorni boshqaradigan klavishlar. 
 
Qo`shimcha panel klavishlari. 
Eng katta guruh – harflar va sonlarni kiritadigan klavishlar  guruhi bo`lib, ular yordamida 
kirill va lotin alifbosining katta – kichuk harflari, sonlar, maxsus belgilar, tinish belgilari 
kompyuterga kiritiladi. Pastda joylashgan uzun, hech qanaqa belgisi bo`lmagan klavishning nomi 
Spacerbar (probel) deb ataladi va bo`shliq belgisini kiritishga mo`ljallangan. Har bir klavishlar 
ikki rejimda (registrda) ishlashi mumkin va mos ravishda bir necha belgilarni kiritish uchun xizmat 
qiladi. Pastki registrda kichik, yuqori registrda esa katta simvollar kiritiladi. Ikki holatning biridan 


ikkinchisiga o`tishni Shift (mahkamlash kerak emas) yoki Caps Lock (mahkamlash kerak) 
klavishlari orqali amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin