Oqimli printerlar Brinchi oqimli printerlar Hewlett Packard firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Oqimli
printerlarning ishlash qoidasi matritsali printerlarnikiga o`xshab ketadi, lekin yozish boshchasida
ignalar o`rnida siyoh tomchilarni purkalaydigan maxsus qurilma va siyohdon joylashgan. Bu
printerlar maxsus (rangli va rangsiz) siyohlarni purkalash yo`li bilan chop qilganligi uchun ular
oqimli printerlar deb ataladi. Siyohdan alohida joylashgan yoki yozish boshchasiga o`rnatilgan
bo`lishi mumkin. Yozish boshchasida joylashgan siyohdon alohida bir qurilma bo`lib, u kartridj
deb ham ataladi. Uni almashtirish oson. Ko`pchilik zamonaviy oqimli printerlarda kartridjlar
ishaltiladi. Oqimli printerlar shovqinsiz ishlaydi.
Ishlash qoidasi. Siyohni purkashning ikki usuli mavjud: pezoelektrik usul va gazli pufaklar
usuli. Birinchisida, pezoelektrik boshchaga diafragmga bog`langan yupqa pezoelement
o`rnatilgan. Chop qilishda u diafragmani siqishi natijasida siyoh purkagichdan purkaladi.
Qog`ozga aerozol oqimi tushishidan, nuqta chop qilinadi (Epson, Brother firmalarida ishlab
chiqarilgan printerlarda ishlatiladi). Gazli pufaklar usulida, har bir purkagich isitish elementi bilan
jihozlangan. Tok impulsi ostida mikrosekund vaqt ichida siyoh qaynash darajasida isitiladi va
purkagichdan chiqayotgan siyohni qisuvchi pufaklar hosil bo`lib, qog`ozda tasvir yoki yozuv hosil
bo`ladi (Hewlett Packard, Canon firma printerlarida ishlatiladi).
Rangli chop qilish ma’lum miqdordagi ranglarning aralashtirilishi bilan amalga oshiriladi. Rangli
chop qilishda kartridj 3 yoki 4 ta har xil siyohli siyohdonlardan iborat bo`ladi. Yozish boshchasi
varaqning bir joyidan bir necha bor o`tib, har xil rangdagi siyohlarni kerakli miqdorda ishlatadi.
Natijada har xil rangdagi tasvir yoki yozuv hosil bo`ladi.
Oqimli printerlarning xarakreistikasi:
Chop qilish tezligi. Rangsiz chop qilish rejimda, bir minutda 3 – 4 bet chop qilinadi.
Ranglisida esa biroz kamroq.
Chop qilish sifati. Qimmatroq oqimli printerlarning chop qilish sifati juda yuqori bo`lib,
tinq va ravshandir. Lekin, sifatning yaxshi bo`lishi ko`proq qog`ozning sifati va qalinligiga
bog`liqdir. Rangning oqib ketishidan qutilish uchun ba’zi printerlar qog`ozni qizdiradilar.
Tasvirlash qobilyati. Grafik tasvirlarni chop qilish uchun 300 - 720 dpi.dan iborat.
Oqimli printerlarning asosiy kamchiligi siyohning purkagichda qotib qolishidir. Buni
bartaraf qilishning bir yo`li bu kartridjni almashtirishdir. Rangning purkagichda qotib qolmasligi
uchun printerlarga purkagichni tozalab turuvchi qurilma o`rnatiladi.