3-Mavzu: Axborot kompyuter texnologiyalarini tadbiq qilishning texnik vositalari reja



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/28
tarix19.04.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#125587
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
3-Mavzu Axborot kompyuter texnologiyalarini tadbiq qilishning t

Lazerli printerlar 
Lazerli printerlar ham sifati, ham tezligi jihatidan eng yaxshi printer hisoblanadi. Sifat darajasi 
fotosurat darajasiga yaqin. Ular rangli va rangsiz bo`ladi. 
 Ishlash qoidasi. Ko`pchilik lazerli printerlar ishlash nuqtai nazaridan nusxa ko`chiruvchi 
kseroksga yaqindir. Harakatlanuvchi baraban asosiy yozuvchi boshcha hisoblanib, tasvirni 
qog`ozda hosil qiladi. Baraban yarimo`tkazgichli aralashma bilan qoplangan metal tsilindirdir. 
Barabanga yuborilgan lazer nuri elektrostatik zaryadni o`zgartiradi va baraban sirtida tasvirning 
elektrostatik nusxasini hosil qiladi. Shundan keyin, barabanga maxsus kukun aralashmalari 
yopishadi (toner). Varaqqa elektrik zaryad berilagandan so`ng, u barabanga yopishib o`ziga 
barabandagi tonerlarning bir qismini tortib oladi. Tonerning fiksatsiyalanishi uchun varaq yana 
zaryadlanadi va 180 gradusgacha qizdirilgan vallar orasidan o`tadi. Natijada tasvir hosil bo`ladi. 
Rangli chop qilinishda varaq mexanizmdan 4 marta o`tishi bilan unda har xil tonerlar 
aralashmasidan hosil bo`lgan tasvir hosil qilinadi. Har bir o`tishda unga ma’lum bir miqdorda bir 


xil rangdagi toner suriladi (bo`yaladi). Rangli lazerli printer toner uchun mo`ljallangan 4 ta 
rezervuardan iborat bo`lgan murakkab electron qurilma hisoblanadi. 
Lazerli printerlarning asosiy xarakteristikasi
 Chop qilish tezligi. Mexanik holda varaqni tortish va kompyuterdan kelayotgan ma’lumotlarni 
qayta ishlash tezliklari bilan aniqlanadi. O`rtacha chop qilish tezligi bir minutda 4 – 16 betgacha 
(hatto 40 betgacha). 
 Tasvirlash qobilyati. Zamonaviy kompyuterlarda 2400 dpi.gacha yetadi. Standart qiymati 300 
dpi. 
Xotirasi. Lazerli printerning ishlashi juda katta hisoblashlar bilan bog`liqdir. Masalan, tasvirlash 
qobilyati 300 dpi bo`lganlarda, A4 formatli varaqda 9 mln. ga yaqin nuqta mavjud bo`ladi va 
ularning har birining koordinatalarini hisoblab chiqish kerak. Axborotni qayta ishlash tezligi 
printerdagi protsessorning taktik chastotasi va tezkor xotirasining hajmiga bog`liqdir. Rangsiz 
lazer printerlarning tezkor xotirasi 1 Mbaytni tashkil qiladi, ranglilarniki esa bundan kattaroq. 
Qog`oz. Sifatli qog`ozlar ishlatilishi shart.
Tabiiyki, bunday xarakterlarga ega bo`lgan printerlarning narxi ham balandroqdir. Uning 
bir kamchiligi – unda ishlatiladigan toner va kartrijning tez – tez alamashtirib turilishidir. Bu 
printerlarning sifatli va uzoq ishlashi ularning barabaniga bog`liq. Qimmat bo`lmagan 
printerlarning barabanlari ishlash muddati 40 – 60 ming varaqa yetadi. Uning bir toneri taxminan 
1500 – 2500 varaqqa yetadi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin