3-Mavzu: Axborot kompyuter texnologiyalarini tadbiq qilishning texnik vositalari reja



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/28
tarix19.04.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#125587
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
3-Mavzu Axborot kompyuter texnologiyalarini tadbiq qilishning t

Skanerlar 
Skaner – matn, grafika, tasvirlarni kompyuterga kiritishni 
avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi qurilma. Kompyuterga biror 
mavjud bo`lgan matnni yoki grafik tasvirlarni kiritib, ularni 
keyinchalik qayta ishlash kerak bo`lganda skanerdan foydalaniladi. 
Agar bunday axborotlarni standart kiritish qurilmalari yordamida 
kiritsak juda ko`p vaqt talab qilinadi. Skaner qilingan axborotlar 
maxsus dasturlar yordamida qayta ishlanadi va matnli yoki grafikli fayllar ko`rinishida saqlanadi. 
Skanerlar rangli va rangsiz bo`ladi. U hozirda, asosan rangli ko`rinishda chiqarilayapti. 
Uning andazasi sifatida HP (Hewlett Packard) firmasi ishlab chiqaradigan HP Scanjet rusumli 
skanerlar qabul qilingan. 
Uning asosiy xarakteristikasi ma’lumotlarni aniq, tiniq, lozim bo`lgan rangda (xususan, oq 
– qora rangli) ko`rinishda chiqarish qobilyatidir. Ushbu tasvirlash qobilyati gorizontal va vertikal 
chiziqlardagi nuqtalar (piksellar) soni orqali belgilanadi. 
Odatda, bu xarakteristika misol uchun 300x600, 600x1200 ko`rinishda bo`ladi. Bu degani 
gorizantal chiziqlar bo`yicha piksellar soni 300 (600), vertikal bo`yicha piksellar soni 600 (1200) 
ekanligini bildiradi. 
Nuqtalar soni qancha ko`p bo`lsa, ma’lumotlar aniqroq tasvirga ega bo`ladi. Shuni aytish 
lozimki, dastur vositalari yordamida skanerning tasvirlash qobilyati ancha kuchaytirilishi mumkin. 
Skanerlarni ishlatish jarayonida, ayniqsa, matnlar bilan ish ko`rilganda u yoki bu milliy til 
drayverlarni aniq aks ettiruvchi dasturlardan foydalanish zarur. 
Skanerni kompyuterga ulash uchun turli usullardan foydalaniladi. Ba’zi skanerlar maxsus 
kontrollerga (kengaytiruvchi plata) ega bo`lib, ular u orqali ulanadi. Bunda plata kompyuterning 
asosiy platasining (sistema platasi) maxsus joyiga ulanadi va o`sha plata orqali ulanadi. 
Ba’zi skanerlar parallel portga to`g`ridan – to`g`ri ulanadi. Hozirda, asosan, SCSI – 3 
interfeysi orqali ulanadi. Bu andaza kompyuterga ko`plab tashqi qurilmalarni, shu jumladan, 


skanerni ulash imkonini beradi. Turli kompyuterlar uchun dastur birligini ta’minlash maqsadida 
TWAIN qaydnoma ishlatiladi. 
Skaner dastur boshqaruvida ishlaydi. Matnlarni yaxshi tanish uchun maxsus obrazlarni 
tanuvchi dastur vositalaridan foydalaniladi. Bunday dasturlar hatto qo`lyozmalarni ham tanish 
qobilyatiga ega. Shunday dasturlar Fine Reader va Cunei Form nomlari bilan ataladi. 
Tasvirlar (rasm, grafik) bilan ishlash uchun Adobe PhotoShop dasturi ishlatiladi. Uning 
yordamida tasvirlar ustida turli tahrir qilish ishlari olob boriladi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin