3-Mavzu: Axborot kompyuter texnologiyalarini tadbiq qilishning texnik vositalari reja



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/28
tarix19.04.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#125587
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
3-Mavzu Axborot kompyuter texnologiyalarini tadbiq qilishning t

 
Modemlar 
 
 
 
 
 
 
 
Modem – bu modulyatsiya va demodulyatsiya so`zlaridan olingan bo`lib, uzluksiz 
signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma’lumotlarni uzluksiz (demodulyatsiya) signalga 
almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi kompyuterlararo aloqani o`rnatishdir. U 
o`zining kommunikatsion dasturiga ega bo`lib, bu dasturlar yordamida ma’lumotlarni uzoq 
masofalarga uzatish va qabul qilish mumkin. Modem ichki va tashqi bo`lishi mumkin. Ichki 
modem plata ko`rinishida kompyuterning sistema blokiga o`rnatilgan bo`ladi. Tashqi modem esa, 
ham faks, ham modem rolini o`ynaydi va alohida qurilma sifatida kompyuterga ulanadi. Hozirda 
ko`p kompyuterlar modem bilan birga sotilmoqda. 
Modem qanday ishlaydi 
Kompyuter telefon tarmog`i orqali axborot almashish maqsadida ishlatilayotganida, telefon 
tarmog`idan olingan signalni qabul qila oluvchi va uni raqamli axborotga aylantiruvchi qurilma 
lozim bo`ladi. Axborot qurilmaga kirishda modulyatsiya qilinadi, chiqishda esa aksincha
demodulyatsiyaga uchraydi, shundan modem nomi kelib chiqqan. Modemning asosiy vazifasi 
kompyuterdan kelgan signalni telefon tarmog`i ish chastotasi diapazoniga mos chastotadagi elektr 
signaliga aylantirishdan iborat. Bu tarmoqning akustik kanalini modem quyi va yuqori chastota 
yo`laklariga ajratadi. Quyi chastotali yo`lak ma’lumotlarni uzatishda ishlatiladi, yuqorli yo`lakli 
chastotalar esa qabul qilish uchun qo`llaniladi. 
Modemning, yuqorida aytganimizdek, ikki turi mavjud: ichki va tashqi modem. Ichki modem 
plata ko`rinishda kompyuter ichiga maxsus joyga o`rnatiladi. Tashqi modem esa, ham faks, ham 
modem rolini o`ynaydi va alohida qurilma sifatida kompyuterga ulanadi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin