kamchiligi – yuqori narxi, xaridorni cho`chitadi. Biroq, shunga qaramay, bank strukturasi va davlat
idoralarida, odatga ko`ra shu firma modemlaridan foydalanadilar.
Monipulyatorlar
Monipulyatorlar (
Manipulators) – monitor
ekranidagi kursorni siljitish, kursor ko`rsatgan
ob’ektni belgilash, kursor yordamida foydalanuvchining buyruqlarini
kiritishni osonlashtirish
maqsadida ishlab chiqarilgan qurilmadir. Ular tuzilishi va ma’lumotlarni kiritish usullariga ko`ra
trekbollar, trepoyntlar, trekpadlar, sensorli ekran, jostik, nurli pero kabi turlarga bo`linadi.
Trekbol (Track Ball) – ko`rinishi ag`darilgan sichqonchani eslatuvchi qurilma bo`lib,
asosan
qimmatbaho klaviaturalarga va ko`chma kompyuter klaviaturalariga o`rnatiladi. Uning korpusi
qo`zg`almas qilib joylashtirilgan bo`lib, diametric 15 – 20 mm bo`lgan
plastmassa sharchasini
barmoq bilan turli yo`nalishlar bo`yicha aylantirib, ekrandagi kursorni harakatlantirish mumkin.
Bunda sichqonchadagi tugmachlar vazifasini trekbolning yonida joylashgan maxsus tugma
bajaradi.
Trekpoynt (Treck Point) – ko`chma kompyuterning klaviaturasiga o`rnatilgan, ko`rinishi
to`rtburchakli rezina o`chirgichga o`xshash qurilma. Shu qurilmaning sathini barmoq uchlari bilan
bosib, ekrandagi kursorni kerakli yo`nalish bo`yicha harakatlantirish mumkin. Ko`pincha sensorli
panel ham deb ataladi.
Trekpad (Treck Pad) - ko`chma kompyuterning klaviaturasida maxsus plyonka ostida joylashgan,
signal uzatuvchi simlarning tarmog`idan iborat qurilma.
Shu simlar plyonka ustida
harakatlanayotgan barmoqning yo`nalishini monitorga uzatib, undagi kursorni siljitadi.
Sensorli ekran (Touch screen) - ko`chma kompyuter uchun maxsus ishlab chiqarilgan monitor
ekrani bo`lib, uning sathiga barmoqni tekizish – kursorni o`sha joyga siljitadi. Bunday ekranlar
ayniqsa ekrandagi menyuni yoki menyu bo`limlarini barmoq bilan tanlashga qulaydir.
Jostik (Joystik) – kursorni ekranda to`rtta yo`nalish (yuqoriga, pastga, o`ngga va chapga)
harakatlantiruvchi richagdir. Bu richag qo`zg`almas asosga o`rnatilgan bo`lib, asosan kompyuter
o`yinlarini boshqarishda ishlatiladi. Ko`pgina kompyuterlarda jostik uchun maxsus port –
game
port o`rnatilgan.
Nurli pero (Light pen) – ichida maxsus fotoelement bo`lgan qalamga o`xshash qurilmadir.
Uning uchini ekranga tekizigan holda korpusida joylashgan tugmachani bosib, ekrandagi kursorni
siljitish yoki kerakli oyna elamatnalni ishga tushirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: