Lazer (kompakt) disk. CD - ROM CD ROM (Compact Disk Read Only Memory) – faqat ma’lumotni o`qish uchun
mo`ljallangan lazer disk qurilmasi. Uning ishlash prinsipi shundan iboratki, u diskning yuqori ustki
qismida joylashgan raqamli ma’lumotlarni lazer nuri yordamida o`qiydi. Ma’lumot tashuvchi
sifatida oddiy kompakt – disk CD ishlatiladi. Unga 650 Mbayt hajimdagi ma’lumot sig`ishi hamda
uni ishlatish qulayligi bilan alohida etiborga loyiqdir. Bunday katta hajimlar multimediyali
axborotlarga xos bo`lgani uchun CD-ROM qurilmasi multimediya uskunalari sarasiga kiradi.
Multimediyali axborotlardan tashqari kompakt diskda xar xil tizim va amaliy dasturlarni, electron
kitoblarni ham saqlashi mumkin. Kompakt disklarning boshqa turlari ham mavjud, masalan CD
Writer, CD – R, CD – RW, DVD va boshqalar.
CD – R (CD - Recordable). U CD-ROM ga o`xshash bo`lib, diskning o`lchami va yozish
formati mosdir. Bu kompak diskka faqat bir marta yoziladi va cheksiz marta o`qiladi. Berilganlarni
yozish uchun maxsus dasturi ta’minotdan foydalaniladi.
CD – RW (CD - ReWritable). Bu diskga ma’lumotlarni ko`p marotaba yozish mumkin
bo`lib, shu bilan birga uning bo`sh joyiga boshqa ma’lumotni ham yozish mumkin. Bundan
tashqari diksga to`liq qayta ma’lumot yozish mumkin bo`lib, undagi avvalgi ma’lumotlar
yo`qotiladi. Bunda ham xuddi CD – R dagidek ma’lumotlarni yozish uchun maxsus dastur kerak.
DVD (Digital Video Disk) - diskdagi raqamli video yozuvlarni o`qish uchun mo`ljallangan
qurilma. DVD – disklar CD-ROM ga o`xshash bo`lib, lekin DVD – diskning bir tomoniga 4,7
Gbaytgacha, ikkala tomoniga esa 9,4 Gbayigacha ma’lumot yozish mumkin. Agar ikkisloyli DVD
– disk ishlatilsa, u holda uning bir tomoniga 8,5 Gbaytgacha, mos ravishda ikkala tomoniga 17
Gbaytgacha ma’lumot yozish mumkin bo`ladi. DVD – disklarga ma’lumotlarni qayta yozish
mumkin.