101 tugmachali kengaytirilgan klaviatura. Yonuvchi indikatorlar, qo`shimcha
raqamli tugmachalar hamda maxsus WINDOWS tugmachasi o`rnatilgan. Aslida tugmachalarining
soni 104 tagacha bo`lishi mumkin.
MS Natural klaviaturasi. Bu tipdagi klaviaturalar ergonomic klaviaturalar ham deb
yuritiladi. Ko`rinishi boshqa klaviaturalarnikidek to`g`ri to`rtburchak shaklida emas, balki egri
to`rtburchak shaklida. Bundan tashqari tugmachalar foydalanuvchi barmoqlarining tabiiy
harakatiga mos ravishda ma’lum bir burchak ostida joylashtirilgan bo`ladi.
Infraqizil klaviatura. Bunday klaviaturalar kabelsiz bo`lib, ma’lumotlarni
infraqizil nurli signallar yordamida uzatishga mo`ljallangan. Buning uchun monitorga shu
signallarni qabul qiluvchi maxsus qurilma – priyomnik o`rnatiladi. Ma’lumotlarni 7 metr
masofagacha uzoqlikdan turib kiritish mumkin.
Egiluvchan rezinali klaviatura. Bunday klaviaturalarning korpusi turli rangdagi
rezinalardan ishlangan bo`lib, juda chiroyli ko`rinishga ega. Shovqinsiz va ishonchli tarzda
ishlaydi. Turli texnik va kimyoviy ta’sirlarga chidamli. Korpuslari juda ham yupqa bo`lgani uchun
ularni tsilndr shaklida o`rash mumkin.
Ko`p funktsionalli klaviatura. Bunday klaviaturalar eng qimmat klaviaturalardan
biri bo`lib, telekommunikatsiya tizimlarini boshqaruvchi tugmachalar bilan jihozlangan va
professional foydalanuvchilarga mo`ljallangan. O`z vazifalariga ko`ra klavishlar besh guruhga bo`linadi:
Harflar va sonlarni kiritadigan klavishlar.
Funktsional yoki amal klavishlar.
Boshqaruvga oid klavishlar.
Kursorni boshqaradigan klavishlar.
Qo`shimcha panel klavishlari.
Eng katta guruh – harflar va sonlarni kiritadigan klavishlar guruhi bo`lib, ular yordamida
kirill va lotin alifbosining katta – kichuk harflari, sonlar, maxsus belgilar, tinish belgilari
kompyuterga kiritiladi. Pastda joylashgan uzun, hech qanaqa belgisi bo`lmagan klavishning nomi
Spacerbar (probel) deb ataladi va bo`shliq belgisini kiritishga mo`ljallangan. Har bir klavishlar
ikki rejimda (registrda) ishlashi mumkin va mos ravishda bir necha belgilarni kiritish uchun xizmat
qiladi. Pastki registrda kichik, yuqori registrda esa katta simvollar kiritiladi. Ikki holatning biridan
ikkinchisiga o`tishni Shift(mahkamlash kerak emas) yoki Caps Lock (mahkamlash kerak)
klavishlari orqali amalga oshiriladi.