Funksional klavishlar guruhiga 12 ta klavishlar kirib, ular F1 dan F12 gacha nomlangan va
ular klaviaturaning yuqori qismida joylashgan. Dastur tuzilishiga qarab, ushbu klavishlar har xil
vazifalarni bajarishi mumkin. Ba’zi hollarda ularning funktsiyasi operatsion tizimga ham bog`liq
bo`ladi. Ular 12 ta bo`lishiga qaramasdan, ko`pincha F1 dan F10 gachasi ishlatiladi. Boshqaruvga oid klavishlar har xil boshqarish vazifalarini bajarish maqsadida ishlatilb,
registrni o`zgartirish, o`rnatish rejimlari, har xil klavishlar kombinatsiyasini o`rnatish va
boshqalarni bajaradi. Ayrim klavishlar, masalan, Caps Lock va Scroll Lock boshqa klavishlarning
ishlash vazifasini o`zgartirib turadi, Shift, Ctrl va Alt lar esa boshqa klavishlar bilan birga ishlaydi.
Kursorni boshqaradigan klavishlar. Bu klavishlar yordamida kursorning monitor ekranida
harakati boshqariladi. Kursor – bu ekran elementi bo`lib, u belgili ma’lumotlarni kiritish joyini
ko`rsatadi. Bu klavishlar berilganni kerakli joyga kiritishni boshqaradi. [], [→],[], [], Page Up, Page Down, Home, End klavishlari kursorni boshqarish tugmalari deyiladi. Qoidaga ko`ra
bu tugmalarni bosilishi kursorni mos yo`nalishda surishga va mantni varaqlashga olib keladi. [], [→],[], [] – kursor yo`nalishini mos ravishda chapga, o`ngga, yuqoriga va pastga suradi. Page Up, Page Down lar mos ravishda matnni yuqoriga va pastga varaqlaydi. Home, End lar kursorni
mos ravishda satr boshiga va oxiriga olib keladi.
Qo`shimcha panel klavishlari. Bu guruhga kiruvchi klavishlar sonli, kursorni boshqarish va
ba’zi boshqarishga oid klavishlarning ishlarni bajaradilar. Qo`shimcha panel klavishlari
klaviaturaning o`ng tomonida joylashgan alohida klavishlar majmuyi bo`lib, ba’zan ularni
kalkulyator deb ataydilar. Ularning asosiy vazifasi sonlarni kiritish, shuning uchun klavishlar tartib
bilan joylashgan bo`lib, ishlash uchun qulaylik yaratadi. Qo`shimcha panel klavishlarini ishga
tushirish yoki aksincha ishini tugatish uchun majmuadagi Num Lock klavishini bosish kerak.