3-Mavzu: Axborot kompyuter texnologiyalarini tadbiq qilishning texnik vositalari reja



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/28
tarix19.04.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#125587
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
3-Mavzu Axborot kompyuter texnologiyalarini tadbiq qilishning t

Oqimli printerlar 
 Brinchi oqimli printerlar Hewlett Packard firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Oqimli 
printerlarning ishlash qoidasi matritsali printerlarnikiga o`xshab ketadi, lekin yozish boshchasida 
ignalar o`rnida siyoh tomchilarni purkalaydigan maxsus qurilma va siyohdon joylashgan. Bu 
printerlar maxsus (rangli va rangsiz) siyohlarni purkalash yo`li bilan chop qilganligi uchun ular 
oqimli printerlar deb ataladi. Siyohdan alohida joylashgan yoki yozish boshchasiga o`rnatilgan 
bo`lishi mumkin. Yozish boshchasida joylashgan siyohdon alohida bir qurilma bo`lib, u kartridj 
deb ham ataladi. Uni almashtirish oson. Ko`pchilik zamonaviy oqimli printerlarda kartridjlar 
ishaltiladi. Oqimli printerlar shovqinsiz ishlaydi. 
Ishlash qoidasi. Siyohni purkashning ikki usuli mavjud: pezoelektrik usul va gazli pufaklar 
usuli. Birinchisida, pezoelektrik boshchaga diafragmga bog`langan yupqa pezoelement 
o`rnatilgan. Chop qilishda u diafragmani siqishi natijasida siyoh purkagichdan purkaladi. 
Qog`ozga aerozol oqimi tushishidan, nuqta chop qilinadi (Epson, Brother firmalarida ishlab 
chiqarilgan printerlarda ishlatiladi). Gazli pufaklar usulida, har bir purkagich isitish elementi bilan 
jihozlangan. Tok impulsi ostida mikrosekund vaqt ichida siyoh qaynash darajasida isitiladi va 
purkagichdan chiqayotgan siyohni qisuvchi pufaklar hosil bo`lib, qog`ozda tasvir yoki yozuv hosil 
bo`ladi (Hewlett Packard, Canon firma printerlarida ishlatiladi). 
Rangli chop qilish ma’lum miqdordagi ranglarning aralashtirilishi bilan amalga oshiriladi. Rangli 
chop qilishda kartridj 3 yoki 4 ta har xil siyohli siyohdonlardan iborat bo`ladi. Yozish boshchasi 
varaqning bir joyidan bir necha bor o`tib, har xil rangdagi siyohlarni kerakli miqdorda ishlatadi. 
Natijada har xil rangdagi tasvir yoki yozuv hosil bo`ladi. 
 Oqimli printerlarning xarakreistikasi
Chop qilish tezligi. Rangsiz chop qilish rejimda, bir minutda 3 – 4 bet chop qilinadi. 
Ranglisida esa biroz kamroq. 
Chop qilish sifatiQimmatroq oqimli printerlarning chop qilish sifati juda yuqori bo`lib, 
tinq va ravshandir. Lekin, sifatning yaxshi bo`lishi ko`proq qog`ozning sifati va qalinligiga 
bog`liqdir. Rangning oqib ketishidan qutilish uchun ba’zi printerlar qog`ozni qizdiradilar. 
Tasvirlash qobilyati. Grafik tasvirlarni chop qilish uchun 300 - 720 dpi.dan iborat. 
Oqimli printerlarning asosiy kamchiligi siyohning purkagichda qotib qolishidir. Buni 
bartaraf qilishning bir yo`li bu kartridjni almashtirishdir. Rangning purkagichda qotib qolmasligi 
uchun printerlarga purkagichni tozalab turuvchi qurilma o`rnatiladi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin