Modemlar Modem – bu modulyatsiya va demodulyatsiya so`zlaridan olingan bo`lib, uzluksiz
signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma’lumotlarni uzluksiz (demodulyatsiya) signalga
almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi kompyuterlararo aloqani o`rnatishdir. U
o`zining kommunikatsion dasturiga ega bo`lib, bu dasturlar yordamida ma’lumotlarni uzoq
masofalarga uzatish va qabul qilish mumkin. Modem ichki va tashqi bo`lishi mumkin. Ichki
modem plata ko`rinishida kompyuterning sistema blokiga o`rnatilgan bo`ladi. Tashqi modem esa,
ham faks, ham modem rolini o`ynaydi va alohida qurilma sifatida kompyuterga ulanadi. Hozirda
ko`p kompyuterlar modem bilan birga sotilmoqda.
Modem qanday ishlaydi ?
Kompyuter telefon tarmog`i orqali axborot almashish maqsadida ishlatilayotganida, telefon
tarmog`idan olingan signalni qabul qila oluvchi va uni raqamli axborotga aylantiruvchi qurilma
lozim bo`ladi. Axborot qurilmaga kirishda modulyatsiya qilinadi, chiqishda esa aksincha,
demodulyatsiyaga uchraydi, shundan modem nomi kelib chiqqan. Modemning asosiy vazifasi
kompyuterdan kelgan signalni telefon tarmog`i ish chastotasi diapazoniga mos chastotadagi elektr
signaliga aylantirishdan iborat. Bu tarmoqning akustik kanalini modem quyi va yuqori chastota
yo`laklariga ajratadi. Quyi chastotali yo`lak ma’lumotlarni uzatishda ishlatiladi, yuqorli yo`lakli
chastotalar esa qabul qilish uchun qo`llaniladi.
Modemning, yuqorida aytganimizdek, ikki turi mavjud: ichki va tashqimodem. Ichki modem
plata ko`rinishda kompyuter ichiga maxsus joyga o`rnatiladi. Tashqi modem esa, ham faks, ham
modem rolini o`ynaydi va alohida qurilma sifatida kompyuterga ulanadi.