3-Mavzu: Axborot kompyuter texnologiyalarini tadbiq qilishning texnik vositalari reja


Modemlarning xalqaro standartlari



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/28
tarix19.04.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#125587
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
3-Mavzu Axborot kompyuter texnologiyalarini tadbiq qilishning t

Modemlarning xalqaro standartlari 
Birinchi modemni HAYES firmasi ishlab chiqargan. Hozirda eng ko`p tarqalgan modem 
shu firma nomiga moslashtirilgan modemlardir. Bunday modemlar Hayes Smart modem bilan 
moslasha oluvchi AT buyruqlarni ishlatadi (inglizcha Attention – diqqat so`zidan olingan). Barcha 
Hayes – moslashgan modemlar uchun standart bo`lgan buyruqlardan tashqari, har bir ishlab 
chiqaruvchi foydalanuvchiga o`ziga xos turli – tuman buyruqlarni taklif etadi va bu buyruqlar 
o`sha firma modemlaridagina kuchga ega bo`ladi (masalan, US Robotics, Rockwell, ZYXEL va 
h.k). 
Hozirgi vaqtda ZYXEL firmasining modemlari ham keng qo`llanila boshladi. Ular ZYXEL ning 
ma’lumotlarini uzatish imkonini beruvchi maxsus ZYX protokoliga ega. Ularning asosik 
Tashqi modem 
Simsiz modem
Ichki modem


kamchiligi – yuqori narxi, xaridorni cho`chitadi. Biroq, shunga qaramay, bank strukturasi va davlat 
idoralarida, odatga ko`ra shu firma modemlaridan foydalanadilar. 
Monipulyatorlar 
 Monipulyatorlar (Manipulators) – monitor ekranidagi kursorni siljitish, kursor ko`rsatgan 
ob’ektni belgilash, kursor yordamida foydalanuvchining buyruqlarini kiritishni osonlashtirish 
maqsadida ishlab chiqarilgan qurilmadir. Ular tuzilishi va ma’lumotlarni kiritish usullariga ko`ra 
trekbollar, trepoyntlar, trekpadlar, sensorli ekran, jostik, nurli pero kabi turlarga bo`linadi. 
Trekbol (Track Ball) – ko`rinishi ag`darilgan sichqonchani eslatuvchi qurilma bo`lib, asosan 
qimmatbaho klaviaturalarga va ko`chma kompyuter klaviaturalariga o`rnatiladi. Uning korpusi 
qo`zg`almas qilib joylashtirilgan bo`lib, diametric 15 – 20 mm bo`lgan plastmassa sharchasini 
barmoq bilan turli yo`nalishlar bo`yicha aylantirib, ekrandagi kursorni harakatlantirish mumkin. 
Bunda sichqonchadagi tugmachlar vazifasini trekbolning yonida joylashgan maxsus tugma 
bajaradi. 
 Trekpoynt (Treck Point) – ko`chma kompyuterning klaviaturasiga o`rnatilgan, ko`rinishi 
to`rtburchakli rezina o`chirgichga o`xshash qurilma. Shu qurilmaning sathini barmoq uchlari bilan 
bosib, ekrandagi kursorni kerakli yo`nalish bo`yicha harakatlantirish mumkin. Ko`pincha sensorli 
panel ham deb ataladi. 
 Trekpad (Treck Pad) - ko`chma kompyuterning klaviaturasida maxsus plyonka ostida joylashgan, 
signal uzatuvchi simlarning tarmog`idan iborat qurilma. Shu simlar plyonka ustida 
harakatlanayotgan barmoqning yo`nalishini monitorga uzatib, undagi kursorni siljitadi. 
Sensorli ekran (Touch screen) - ko`chma kompyuter uchun maxsus ishlab chiqarilgan monitor 
ekrani bo`lib, uning sathiga barmoqni tekizish – kursorni o`sha joyga siljitadi. Bunday ekranlar 
ayniqsa ekrandagi menyuni yoki menyu bo`limlarini barmoq bilan tanlashga qulaydir. 
Jostik (Joystik) – kursorni ekranda to`rtta yo`nalish (yuqoriga, pastga, o`ngga va chapga) 
harakatlantiruvchi richagdir. Bu richag qo`zg`almas asosga o`rnatilgan bo`lib, asosan kompyuter 
o`yinlarini boshqarishda ishlatiladi. Ko`pgina kompyuterlarda jostik uchun maxsus port – game 
port  o`rnatilgan. 
Nurli pero (Light pen) – ichida maxsus fotoelement bo`lgan qalamga o`xshash qurilmadir. 
Uning uchini ekranga tekizigan holda korpusida joylashgan tugmachani bosib, ekrandagi kursorni 
siljitish yoki kerakli oyna elamatnalni ishga tushirish mumkin. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin