5-MAVZU:SHAXS, JAMIYAT VA DAVLATNING AXBOROT-PSIXOLOGIK XAVFSIZLIGIDAGI TAHDIDLARNING KO‘RINISHLARI VA MANBALARI
Tahdidlar va ularning tasnifi
Axborotda xududiy munosabatlar: axborot olish xududini ta’minlash; shaxsiy hayot va oila siri, sirli yozishmalar dahlsizligini ta’minlash.
Axborot–psixologik xavfsizlikni shaxsga ta’sir etuvchi vosita va usullari.
Shaxs axborot–psixologik xavfsizligiga tahdidning shakllanish omillari, uning ta’sir doirasi kengayishi.
Shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari, jamoatchilik fikri va mamlakat ma’naviy yuksalishiga axborot tahdidi.
Axborot tahdidi shunday bir universal xarakterga egaki, uning barcha boshqa sohalarga jiddiy salbiy ta’sir qilish imkoniyati bor: shaxs dunyoqarashiga, jamiyat barqarorligiga, davlat tinchligiga, jamoatchilik fikrini chalg‘itishga va ohiri oqibatda har bir mamlakatning ma’naviy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy yuksalishiga ham. Chunki axborotning jamiyat, tashkilot, oila, shaxs ongiga kirib kelishi uncha ham ko‘zga tashlanmaydi. Ijobiy va salbiy axborotni farqlash, yaxshi ma’lumotni o‘zlashtirish va zararlisini rad etish uchun inson ongi rivojlangan, uning o‘zi esa mustahkam irodali bo‘lishi zarur. har bir mamlakat aholisining asosiy qismi esa bunday imkoniyatga ega emas.Shuning uchun axboriy-psixologik barqarorlikka birinchi o‘rinda axborot tarqatuvchilar ega bo‘lishi shart: davlat tuzilmalari xizmatchilari, jurnalistlar, pedagoglar, jamoat tashkilotlari xodimlari va boshq. Margaret Tetcher 1979-1990 yy. B.Britaniya bosh vaziri “Ma’rifatparvarlik biz uchun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q, yo‘qotmaydi ham. Aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi. Agar shu muammoni yechmasak, barcha toat-ibodatlarimiz bir pul: taraqqiyot ham, kelajak ham, farovon hayot ham bo‘lmaydi
Davlat siyosatini ta’minlashdagi axboriy tahdid
Axboriy tahdidlarning eng xavflisi – davlat siyosatini ta’minlashga halaqit berayotganlaridir. Chunki agar shaxsga salbiy taьsir tor doiradagi odamlarni qamrab olsa, davlat va jamiyatga tahdid butun bir mamlakat, xalq tinchligini xavf ostiga qo’yadi. Bu juda katta va jiddiy muammodir, shuning biz uni mazkur fanni o‘zlashtirish jarayonida turli nuqtai nazardan o‘rganmoqdamiz.