3-mavzu. Bozor muvozanati modellari. Talab va taklif elastikligi
Reja:
3.1. Talab elastikligi.
3.2.Taklif elastikligi.
Faraz qiling Amerikada ba’zi hodisalar benzin narxini oshiradi. Bu dunyoni neft
bilan ta’minlashga halaqit beradigan o’rta sharqdagi urush,
neft talabini oshiradigan
Xitoy iqtisodiyotidagi portlash yoki Kongress tomonidan joriy qilingan benzinga yangi
soliqlar bo’lishi mumkin
1
. Qo’shma Shtatlardagi iste’molchilar
bunday yuqori narxga
qanday munosabatda bo’ladi?
Keng miqyosda bu savolga javob berish oson. Iste’molchilar kamroq sotib
olishadi. Bu oddiygina talab qonunidir. Lekin siz aniqroq javob xohlashingiz mumkin.
Benzin iste’moli qanchagacha tushushi mumkin? Bu savolga
elastiklik tushunchasidan
foydalangan holda javob berish mumkin.
Elastiklik bozordagi o’zgarishlarga qancha sotuvchi va haridorlar javob
qaytarganliklarini o’lchaydigan birlik. Ba’zi hodisa yoki siyosat bozorga qanday ta’sir
qilayotganini o’rganayotganda, nafaqat uning ta’sir yo’nalishini,
qolaversa ularning
ko’lamini ham baxslashamiz. Elastiklik ko’plab hollarda foydali hisoblanadi. Biz buni
bo’lim oxirigacha ko’rib chiqamiz.
Davom etishdan oldin, siz benzin haqidagi savolning javobiga qiziqayotgandirsiz.
Ko’plab tadqiqotlar benzin narxlariga iste’molchilarning munosabatini o’rganishgan va
ular qisqa muddatdan ko’ra uzoq muddatda talab miqdori kam bo’lishini aniqlashgan.
Benzin narxida 10 % o’sish uning iste’molini bir yildan so’ng 2.5 % ga, besh yildan
keyin esa 6 % ga tushiradi. Chunki odamlar kamroq mashina haydashadi va yoqilg’i
tejaydigan mashinalardan foydalanishadi. Bu ikki hodisa talab egri chizig’ida va uning
elastikligida aks etadi.
3.1. Talab elastikligi
Biz 3-bo’limda talab tushunchasini ko’rib chiqqanimizda haridorlar odatda tovar
narxi pastroq, ularning daromadlari yuqoriroq, o’rin bosuvchi tovarlar narxi balandroq,
bir birining o’rnini to’ldiruvchi tovarlarning narxi pastroq bo’lganda ko’proq tovar harid
qilishadi. Bizning tovarlarga bo’lgan talabimiz narxga bog’liq yoki bo’lmasligi
mumkin. Biz o’zgarish o’lchamiga bog’liq bo’lmagan talab qilingan miqdor ko’chish
yo’nalishlarini muhokama qilamiz. Bu o’zgaruvchan miqdorlardagi o’zgarishlarga
qancha iste’molchilar javob berishini o’lchash uchun iqtisodchilar elastiklik
tushunchasidan foydalanishadi.