3-mavzu. Bozor muvozanati modellari. Talab va taklif elastikligi


-rasm. Taklif egri chizigining turlari



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix04.06.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#116610
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
3 mavzu

3.5-rasm. Taklif egri chizigining turlari 
3.3. Talab, taklif va elastiklikning uch ko’rinishi 
Fermerlik uchun yaxshi xabar fermerlar uchun yomon xabar bo’lishi mumkinmi? 
Nima uchun OPEC yoqilg’ining narxini baland saqlab tura olmadi? Dorilar ta’qiqi 
o’sadimi yoki dorilarga bog’liq jinoyatlar kamayadimi? Avvaliga bu savollar oson 
tuyulishi mumkin. 
3.6-rasm. Qanday qilib taklifning narx elastikligi farq qilishi mumkin 
Fermer xo’jaligidagi yaxshi xabar fermer uchun yomon xabar bo’la oladimi?



Tasavvur qiling siz bug’doy yetishtiradigan fermersiz. Sizning barcha 
daromadingiz bug’doyni sotishdan kelishi sababli, siz yeringizni iloji boricha 
unumdorligini oshirishga ko’proq harakat qilasiz. Ob-havo va turoq holatini kuzatasiz
daladagi zararkunanda va kasalliklarni yo’qotasiz va ilg’or texnologiyalardan 
foydalanasiz. Siz bilasiz qancha ko’p bug’doy yetishtirsangiz, shuncha ko’p hosil olasiz 
va sizning daromadingiz ko’proq bo’ladi hamda turmush tarzingiz yaxshilanadi. 
Bir kuni, Kanzas davlat universiteti olimlari muhim kashfiyot qilishganligini 
e’lon qilishdi. Universitetning agronomlik bo’limi tadqiqotchilari fermerlar har bir 
akrdan (0.4 gektar) oladigan bug’doydan 20 % ko’p hosil beradigan yangi bug’doy 
navini kashf qilishdi. Bu xabarga qanday munosabat bildirasiz?Bu kashfiyot siz uchun 
yaxshimi yoki yomon? 
Bu savollarga 3 ta qadamda javob beramiz. Birinchi, biz talab yoki taklif egri 
chizig’i siljigan yoki siljimaganligini tekshiramiz. Ikkinchi, biz egri chiziq qaysi 
tomonga 
siljiganini 
hisoblaymiz.Uchinchi, 
biz 
bozor 
muvozanati 
qanday 
o’zgarganligini ko’rish uchun talab-taklif rasmsidan foydalanamiz.
Bu holatda kashfiyot taklif egri chizig’iga ta’sir qiladi. Chunki yangi nav 
hosildorlikni oshiradi va endi fermerlar istalgan berilgan narxda ko’proq bug’doy 
yetishtirishni xohlashadi. Boshqacha qilib aytganda taklif egri chizig’i o’ng tomonga 
suriladi. Talab egri chizig’io’zgarmaydi, chunki iste’molchilarning berilgan narxda 
bug’doy mahsulotlarini sotib olishga bo’lgan istaklariga yangi navning ta’siri yo’q. 3.7-
rasmda bunday o’zgarish tasvirlangan. Taklif S
1
dan S
2
ga siljiganda,sotilgan bug’doy 
soni 100 dan 110 ga ko’tarilgan, narx esa 3$ dan 2$ ga tushgan. 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin