bular nisbatan arzon va o’rnini bosadiganlari juda kam. 3.7-rasmdagi kabi talab
elastikbo’lmaganida, narxlarning tushishi daromadning kamayishiga olib keladi.
Rasmdan ko’rinib turibdiki daromad 300 dan 220 ga tushgan. Shunday qilib,
yangi
navning kashf qilinishi fermerlarning daromadi kamayishiga olib keladi.
Agar fermerlarga bu kashfiyot yomon ta’sir qilsa, kimdir qiziqishi mumkin nega
ular buni qabul qilishadi.Javob raqobatbardosh bozor qanday ishlashiga borib taqaladi.
Chunki har bir fermer bug’doy bozorining kichik bo’lagi, u bug’doyni berilgan narxda
oladi. Istalgan berilgan narx uchun, yangi navdan foydalanish va ko’proq bug’doy
sotish yaxshiroq. Lekin buni hamma fermerlar qilsa, bug’doy taklif oshadi,
narxi esa
tushadi va fermerlarga aks ta’sir qiladi.
Garchi bu misol gipoyezadek ko’rinse ham, o’tgan asr mobaynida Qo’shma
Shtatlar iqtisodiyotidagi asosiy o’zgarishlarni tushunishga bu misol yordam beradi. 200
yil oldin ko’plab Amerikaliklar fermalarda yashashgan. Ferma metodlari haqidagi
bilimlar oddiy bo’lgan. Ko’plab Amerikaliklar aholini boqadigan oziqovqatni ishlab
chiqaradigan fermer bo’lishga to’g’ri kelgan. Vaqt o’tgan sari, fermerchilik
texnologiyasidagi yuksalish har bir fermer ishlab chiqara
oladigan mahsulotning
miqdorini oshirishga olib keldi. Noelastik talab bilan birgalikda oziq-ovqat taklifidagi
o’sish fermerchilikdagi umumiy daromadning tushushiga sabab bo’ldi. Bu esa
odamlarni fermerchilik sohasidan chiqib ketishiga olib keldi.
Bir necha raqamlar bu tarixiy o’zgarishning ko’lamini ko’rsatadi. 1950-yilda
Qo’shma Shtatlarda 10 million aholi fermerchilikda band bo’lgan, bu ishchi kuchining
17 % ini tashkil qiladi. Hozir esa 3 millionga yaqin aholi bu sohada faoliyat ko’rsatadi,
bu ishchi kuchining 2 % ini tashkil etadi. Bu o’zgarish fermerchilikdagi samaradorlik
bilan mos tushadi: fermerlar soninidagi 70 %
pasayishga qaramasdan, hozir fermalar
1950-yilga nisbatan 2 barobar ko’proq hosil bermoqda.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari uchun bozorning bunday analizi ijtimoiy siyosat
paradoksini tushunishga yordam beradi: Ma’lum qishloq xo’jaligi dasturlari
fermerlarning barcha yerlariga ekin ekmaslikni majburlash
orqali ularga yordam
berishga harakat qiladi. Dasturlarning maqsadi qishloq xo’jaligi mahsulotlari taklifini
qisqartirish va narxni ko’tarish. Ularning mahsulotlari uchun elastikbo’lmagan talab
bilan ular bozorga kamroq hosil bilan chiqishsa, fermerlar ko’proq daromad oladilar.
Hech qaysi bir fermer o’z yerini tashlab qo’ymaydi, chunki
ular berilgandek bozor
narxini olishadi. Lekin buni barcha fermerlar birgalikda qilishsa, har bir fermer uchun
yaxshiroq bo’ladi.
Qishloq xo’jaligi texnologiyasining yoki siyosatining ta’sirini tahlil qilinganda,
shuni yodda tutish kerakki fermerlar uchun yaxshi bo’lgan
narsa butun jamiyat uchun
yaxshi emas. Qishloq xo’jaligi texnologiyasidagi rivojlanish fermerlarga yomon bo’la
oladi, chunki bu ularni keraksizga chiqarib qo’yadi, lekin oziq-ovqat mahsulotlariga
kam to’laydigan iste’molchilar uchun esa bu yaxshi. Agar siyosat qishloq xo’jaligi
mahsulotlarining taklifini qisqartirishga yo’naltirilsa, bu iste’molchi harajatlariga aks
ta’sir etadi.
Dostları ilə paylaş: