3-mavzu. Bozor muvozanati modellari. Talab va taklif elastikligi


Talabning narx elastikligini hisoblash



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/16
tarix04.06.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#116610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
3 mavzu

Talabning narx elastikligini hisoblash 
Biz talabning narx elastikligini umumiy nuqtayi nazardan ko’rib chiqdik, endi uni 
qanday hisoblashni ko’rib chiqamiz. Iqtisodchilar talab miqdorining foizdagi 
o’zgarishini narxning foizdagi o’zgarishiga nisbati shaklida talabning narx elastikligini 
hisoblashadi. Ya’ni: 
Masalan, faraz qiling muzqaymoq narxidagi 10 % o’sish muzqaymoqqa bo’lgan 
talab miqdorini 20 % ga kamaytirdi. Talabning narx elastikligini quyidagicha 
hisoblaymiz: 

Bu misolda, talabning narx elastikligi 2 ga teng. Miqdordagi o’zgarish narxdagi 
o’zgarishga nisbatan 2 barobar ko’p.
Chunki talab miqdori narxga nisbatan teskari munosabatda, miqdorning foizdagi 
o’zgarishi narxning foizdagi o’zgarishiga nisbatan har doim qaramaqarshi bo’ladi. Bu 
misolda narxning o’zgarishi 10 % ga oshgan, talab miqdori o’zgarishi esa 20 % ga 
kamaygan. 
O’rta nuqta metodi: elastiklik va foiz o’zgarishlarini hisoblashning 
yaxshiroq yo’li 


Elastiklik va foiz o’zgarishini hisoblashning yaxshiroq yo’li bu talab egri 
chizig’idagi 2 nuqta orasidagi talabning narx elastikligini hisoblasangiz, muammoni 
tezda sezasiz: A dan B nuqtagacha bo’lgan elastiklik, B dan A gacha bo’lgan 
elastiklikdan farqlidek tuyuladi.
A nuqta: Narx=4$, miqdor=120
B nuqta: narx=6$, miqdor=80.
A dan B gacha yurilsa, narx 50%ga ko’tarilgan,miqdori 33%ga pasaygan 
talabning narx elastikligi =33/50 yoki 0.66. Bunga zid holda B nuqtadan A ga yurilsa 
narx 33% ga pasaygan miqdor 50% ga ko’tarilgan talabning narx elastikligi 50/33 yoki 
1.5. Bu farqlar yuzaga keladi, chunki foizlar o’zgarishi turli xil asosda hisoblanadi. 
Bu muammoni yechishning 1 yo’li elastiklikni hisoblash uchun o’rta nuqta 
metodidan foydalanishdir. Foizning o’zgarishini hisoblash uchun standart jarayon 
boshlang’ich bosqich orqali o’zgarishlar bo’lishi mumkin. Bunga zid holda, o’rta nuqta 
metodi boshlang’ich va so’nggi bosqichlari orqali o’zgaruvchilarni bo’lish orqali foizda 
hisoblaydi. Misol uchun 5$ 4$ va 6$ o’rtasida o’rta nuqta. Shuning uchun , o’rta nuqta 
metodiga ko’ra 4dan 6 ga o’zgarish 40% li o’sish deb hisoblanadi. (6-4)/5*100=40 %; 
shunga ko’ra, 6 dan 4 ga o’zgarish 40% pastlashni anglatadi.
O’rta nuqta metodi o’zgarish yo’nalishidan qat’iy nazr bir xil javobni bergani 
uchun u tez-tez 2 nuqta orasida talabning narx egri chizig’ini hisoblashda foydalaniladi. 
Bizning namunada, A va B o’rtasida o’rta nuqta: narx=5$ miqdor=100 o’rta qiymat 
metodiga ko’ra, A dan B ga borganda narx 40% ga oshadi va miqdor 40% ga tushadi. 
Shu kabi, B dan A ga borganda narx 40% ga tushadi va miqdor 40% ko’tariladi. 2 
yo’nalishda ham talabning narx elastikligi 1 ga teng.
Quyidagi formula 2 nuqta orasida talabning narx elastikligi hisoblash uchun o’rta 
nuqta metodi bo’lib unda (Q
1
, P1) va (Q2, P2)lar belgilab olingan. 
[
]
[
]

Surat o’rta nuqta metodi orqali hisoblangan miqdordagi foiz o’zgarish. Mahraj 
o’rta nuqta orqali hisoblangan narxda foiz o’zgarishi. Agar sizga elastiklikni hisoblash 
shart bo’lsa, bu formuladan foydalanishingiz kerak.
Bu kitobda, biz kamdan – kam bu kabi hisoblashlarni ko’rsatamiz. Bizning 
maqsadimizning asosiysi uchun, elastiklik qanday ifodalanishidan ko’ra nimani 
ifodalanishi muhimroq.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin