3.1-rasm. Talabning narx elastikligi holalarit
Talabning narx elastikligi talab egri chizig’ining tik yoki yotiq bo’lishini belgilab
beradi. E’tibor berish kerakki, barcha foiz o’zgarishlari o’rta nuqta usulidan
foydalanilgan holda hisoblaniladi
Elastiklik 1 dan kichik bo’lganda, talab noelastik bo’ladi, ya’ni talab miqdori
narxga nisbatan kamroq suriladi. Agar elastikli aniq 1 ga teng bo’lsa, narx va miqdor bir
nisbatda suriladi va talab birga teng elastik deyiladi.
3.1-rasmda beshta holat ko’rsatilgan. 0 elastikka ega bo’lgan ekstremal holatda
((a) panelda), talab batamom noelastik va talab egri chizig’i vertikal. Bu holatda,
narxdan qat’i nazar, talab bir xil bo’ladi.
Elastiklik oshgan sayin, talab egri chizig’i
yassi bo’lib boraveradi ( (b), (c) va (d) qism). Natijada, talab butunlay elastik bo’ladi
((e) panel). Bu talabning narx elastikligi cheksizlikka intilgan sayin sodir bo’ladi va
talab egri chizig’i gorizontal holatga keladi, narxdagi kichik o’zgarish talab miqdorining
keskin o’zgarishiga olib keladi.
Umumiy daromad va talabning narx elastikligi
Bozordagi talab va taklif o’zgarishlarini o’rganayotganda, biz o’rganishni
xohlaydigan bir o’zgaruvchi
bu umumiy daromaddir, tovar uchun haridor to’lagan va
sotuvchi olgan miqdor. Ixtiyoriy bozorda umimiy daromad P x Q shaklida, ya’ni
tovarning narxi (P) ko’paygan sotilgan tovar miqdori(Q). Buni biz grafikda ko’rishimiz
mumkin.
Talab egri chizig’i ostidagi to’rtburchakning balandligi P, eni esa Q.
To’rtburchakning yuzi P x Q ushbu bozordagi umumiy daromadga teng. 3.2-rasmda
P=4$, Q=100, umumiy daromad 4$ x 100 yoki 400$.
Talab egri chizig’i bo’ylab narx yoki miqdor ko’chsa, umumiy
daromad qanday
o’zgaradi? Javob talabning narx elastikligiga bog’liq. Agar talab noelastik bo’lsa (3.3-
rasm, (a) qism), narxning oshishi umumiy daromadning oshishiga sabab bo’ladi. Bu
yerda narxning 1$ dan 3$ga ko’tarilishi talab miqdorini 100 dan 80 ga tushushiga sabab
bo’ladi, demak umumiy daromad 100$dan 240$ ga oshgan. Narxning oshishi P x Q ni
ham oshiradi, chunki Q talab miqdoridagi pasayish P narxdagi o’sishga nisbatan
kichikroq bo’ladi.
Agar talab elastik bo’lsa biz qarama-qarshi natijaga erishamiz:
narxning
ko’tarilishi umumiy daromadning kamayishiga sabab bo’ladi. Masalan, 4.3-rasmdagi
(b) panelda, narx 4$ dan 5$ ga oshganda, talab miqdori 50 dan 20 ga tushgan, demak
umumiy daromad 200$ dan 100$ ga tushgan. Chunki talab elastik, talab miqdori narxga
nisbatan ko’proq o’zgargan.
Bu rasmdagi misollar ekstremal bo’lishiga qaramasda,
ular bir necha umumiy
qoidalarni ifodalydi:
Talab noelastik bo’lganda(narx elastikligi 1 dan kichik), narx va umumiy
daromad bir xil yo’nalishda harakatlanadi.
Talab elastik bo’lganda(narx elastikligi 1 dan katta), narx va daromad qarama-
qarshi yo’nalishda harakatlanadi.
Agar narx elastikligi aniq 1 ga teng bo’lsa, narx o’zgarganda
umumiy daromad
o’zgarishsiz qoladi.