3-mavzu. Bozor muvozanati modellari. Talab va taklif elastikligi


Nega OPEK neftning yuqori narxini ushlab turishda muvaffaqiyatsizlikka



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix04.06.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#116610
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
3 mavzu

Nega OPEK neftning yuqori narxini ushlab turishda muvaffaqiyatsizlikka 
uchradi? 
O’tgan bir necha o’n yillik mobaynida jahon iqtisodiyoti uchun eng ko’p putur 
yetkazadigan hodisalar neft bozorida vujudga kelmoqda. 1970-yilda neft eksport 


qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) a’zolari daromadni ko’paytirish maqsadida 
neftning jahon narxini oshirishga qaror qilishdi. Bu maqsadga ular birgalikda neft 
miqdorini qisqartirish orqali erishishdi. 1973-yildan 1974-yilgacha neftning narxi 50 % 
dan yuqoriroqqa ko’tarildi. Bir necha yildan so’ng, OPEK bu ishni yana bir amalga 
oshirdi. 1979-yildan 1981-yilgacha neft narxi qariyb ikka barobar ko’tarildi.
Biroq OPEK yuqori narxni ushlab turishni qiyin deb topdi.1982-yildan 1985-
yilgacha neftning narxi yiliga 10% dan pasaydi. Tez orada esa OPEK davlatlari 
o’rtasida qoniqmaslik va tartibsizlik keng yoyildi. 1986-yilda OPEK a’zolari o’rtasidagi 
hamkorlik butunlay sindi va neftning narxi 45% ga keskin pasaydi. 1990-yilda neftning 
narxi 1970-yildagi narx bilan bir xil edi va 90-yillarda uning narxi deyarli o’zgarmadi 
(XXI asrning 1-o’n yilligida neftning narxi yana oshdi, lekin OPEK uni 
kamaytirganidan emas, balki neftga bo’lgan talab oshganligidan va Xitoy iqtisodiyoti 
shiddat bilan ko’tarilayotganidan).
1970-1980-yillardagi OPEK hodisasi qisqa muddatda va uzoq muddatda talab va 
taklif qanday harakatlanishini ko’rsatadi. Qisqa muddatda neftga bo’lgan talab va taklif 
nisbatan elastik emas. Taklif elastik emas, chunki ma’lum neft zaxiralari va neft qazib 
chiqarish hajmi tez o’zgarmaydi. Talab ham elastik emas, chunki sotib olish narxdagi 
o’zgarishlarga tez javob qaytarmaydi. Demak, 4.8-rasmda ko’rsatilganidek, qisqa 
muddatdagi taklif talab tik qiya holda turadi. Taklif S
1
dan S
2
ga o’zgarganda, P
1
dan P
2
ga narxning ko’tarilishi katta bo’ladi.
Uzoq muddatda vaziyat ancha farqlidir. Uzoq vaqt mobaynida, OPEK dan 
tashqari neft ishlab chiqaruvchilar yuqori narxlarga javoban neft tadqiqotlarini 
ko’paytiradilar va ishlab chiqarishning yangi kuchlarini barpo etishadi. Istemolchilar 
esa tejashga harakat qilishadi, masalan eski samarasiz mashinani yangisiga 
almashtirishadi. Demak, 4.8-rasmda ko’rsatilganidek, uzoq muddatli talab va taklif egri 
chizig’ielastik hisoblanadi. Uzoq muddatda taklif egri chizig’ining S
1
dan S
2
ga 
o’zgarishi narxning ozgina ko’tarilishiga sabab bo’ladi. 
Bu tahlil nega faqatgina qisqa vaqt mobaynida OPEK neftning yuqori narxini 
ushlab turishga erishganini ko’rsatadi. OPEK mamlakatlari neft ishlab chiqarishni 
qisqartirishga kelishishganda, ular taklif egri chizig’ini chap tomonga surishdi. OPEK 
mamlakatlarining har bir kam neft sotganligiga qaramasdan, ular narxni ko’tarib 
daromadlarini ham qisqa vaqtda oshirishdi. Uzoq muddatda esa, talab va taklif elastik 
bo’lganda, taklifning bir xil kamayishi taklig egri chizig’ini gorizontal tomonga surdi va 
narxda biroz o’sish kuzatildi. Shunday qilib, uzoq muddatda taklifni qisqartirish kamroq 
foyda keltiradi. 
Neftga talab pasayganda, bunga javob berish ma’lum bir vaqt>talab qiladi. Qisqa 
muddatli davrda, (a) panelda talab va takliμ biroz noelastik. shu tariqa taklif egri 
chizig’ining S
1
dan S
2
ga siljishi narxni oshiradi. Aksincha uzoq muddatli davrda esa
aklif va talab biroz elastik. 



Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin