3.8-rasm. Dunyo neft bozoroda taklifning qisqarishi Kartel uzoq muddatdan ko’ra qisqa muddatda narxni oshirish oson ekanligini
o’rgandi.
Giyohvand moddalarni taqiqlash unga doir jinoyatlar sonini oshiradimi yoki kamaytiradimi? Jamiyatimiz duch kelayotgan muammolardan biri – bu geroin, kokain kabi
giyohvand moddalardan foydalanish. Bu moddalarning ko’plab salbiy ta’siri mavjud.
Biri shuki, giyohvand moddaga bog’lanib qolish odamlarning va ularning oilasining
hayoti barbod bo’lishiga olib keladi. Boshqa tomondan esa pul topish maqsadida
giyohvand odam o’g’irlikka va boshqa jinoyatlarga qo’l uradi.Noqonuniy moddalardan
foydalanishni cheklash maqsadida Qo’shma Shtatlar hukumati mamlakatga givohvand
moddalarning oqimini qisqartirish uchun har yili milliard dollar mablag’ ajratadi. Talab
va taklif mexanizmlaridan foydalangan holda bu narkotik moddalarni to’xtatish
siyosatini tekshiramiz.
Tasavvur qiling hukumat giyohvand moddalarga qarshi urushda qatnashadigan
federal agentlar sonini oshirdi. Noqonuniy dorilar bozorida nima sodir bo’ldi?
Odatdagidek biz 3 qadamda savolga javob beramiz. Birinchidan, biz talab yoki taklif
egri chizig’ining o’zgarganini ko’rib chiqamiz. Ikkinchidan, o’zgarishning qaysi
tomonga bo’lganini kuzatamiz. Uchunchidan, biz o’zgarish muvozanat narxi va
miqdoriga qanday ta’sir etganini ko’ramiz.
Garchi narkotiklarni to’xtatishning maqsadi ulardan foydalanishni qisqartirishga
qaratilgan
bo’lsa
ham,
uning
aniq
ta’siri
haridorlarga
emas
balki
sotuvchilargadir.Hukumat mamlakatga bir necha narkotik moddalarni kirishini
to’xtatgan va ko’plab kontrabandachilarni hibsga olgan paytda, bunday moddalar narxi
oshadi va shu sababli ularning miqdori kamayadi. Giyohvand moddaga bo’lgan talab,
ya’ni istalgan narxda sotib oladiganlar soni o’zgarmaydi. 9rasmda ko’rsatilganidek,
taqiq taklif egri chizig’ini chap tomonga S
1
dan S
2
ga surdi, talab esa o’zgarishsiz qoldi.
Muvozanat narxi P
1
dan P
2
ga ko’tarildi, muvozanat miqdor esa Q
1
dan Q
2
ga pasaydi.
Muvozanat miqdorining kamayishi shuni ko’rsatadiki, narkotik moddalarning taqiqi
ulardan foydalanishni qisqartirdi.