3-Mavzu. Epiteliy to’qimasi. Ichki muhit to’qimalari. Qon va limfa Reja: Epiteliy to’qimasi


Epiteliy hujayralarining tuzilishi



Yüklə 321,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix05.10.2022
ölçüsü321,6 Kb.
#118117
1   2   3   4   5   6   7   8
3-mavzu

 
Epiteliy hujayralarining tuzilishi 
Epiteliy hujayralarining sitoplazmasida shakli va qaysi organda joylashganligidan 
qat’i nazar umumiy va maxsus organellalar bo‘la-di. Hujayra yadrosining shakli 
hujayraning shakliga bogTiq bo‘lib, ko‘pincha, dumaloq, oval va yassi boiadi. 
Mitoxondriylar kalta tayoqcha shaklida boclib hujayra yadrosi atrofida joylashadi. 
Oqsil sintezida ishtirok etadigan hujayralarda donador endoplazmatik to‘r yaxshi 
rivojlangan bo‘lib, ko‘pincha hujayraning bazal qismida va yadro atrofida joylashadi. 
Sekretsiya jarayonida qatnashadigan hujayralarda Golji kompleksi kuchli rivojlangan 
boMib, hujayra yadrosining ustida yotadi. Epiteliy hujayralari bazal membranada 
joilashganligi sababli, ularda ikkita qutb tafovut qilinadi: bazal va apikal qutblar. Bu 
ikkala qutblar tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi («Hujayra yuzasining maxsus 
tuzilmalari»ga q.). Apikal qismi turli maxsus tuzilmalar bo‘lganligi 
(mikrovorsinkalar, kiprikchalar) va turli sekretor kiritma-larning mavjudligi bilan 
bazal qismdan farqlanib turadi. 
Epiteliy to‘qimasining hujayralari o‘zaro desmosomalar, interdigitatsiya va 
sementlovchi modda yordamida bogianadi. 


Bir qavatli bir qatorli epiteliy. Bu epiteliy tuzilishini ta’riflan-ganda ko‘pincha 
«bir qatorli» termini tushirib qoldiriladi va faqat «bir qavatli epiteliy» deb yuritiladi. 
Hujayralaming shakliga qarab bir qavatliyassi, kubsimon, silindrsimon yoki 
prizmatik epiteliylar tafovut qilinadi. 
Mezoteliy tanaliing ikkilamchi bo4shlig‘i yoki selom bo‘shlig‘ini hosil qiluvchi 
mezodermaning hosilasidir. Mezoteliy seroz pardalar — plevra va qorin pardasining 
pariyetal va visseral varaqlarini, yurak oldi xaltachasi devorlarini qoplab turadi. 
Mezoteliy hujayralari (masalan, charvining yaxlit preparati) ust tomondan qaraganda 
notekis chegarali va turli shaklda ekanligi yaqqol ko‘rinadi. Bu hujayralaming ikki 
yoki uchta yassilashgan yadrolari bo'lib, ular joylashganjoybiroz bo‘rtib turadi. 
Elektron mikroskopik tekshirishlar natijasida yassi epiteliy hujayralarining qorin 
bo‘shIig‘iga qaragan erkin yuzasida mikrovorsinkalar borligi aniqlandi. 
Mikrovorsinkalar mezoteliy yuzasini ancha kengay- tiradi. Hujayralar bir-biri bilan 
desmosomalar yordamida bogManadi. 
Mezoteliy yuzasi silliq boMganligi sababli ichak peristaltikasida, yurakning 
qisqarishi, o ‘pkaning nafas ekskursiyasida, organlaming sirpanma harakatlarida 
muhim rol o ‘ynaydi, hamda organlaming o‘zaro yopishib qolmasligini ta’minlaydi. 
Bundan tashqari, mezo­ teliy hujayralari fagotsitoz qilish xususiyatiga ham ega. 
Masalan, ular yot zarrachalami, mikroblarni, melanin kiritmalarini qamrab oladi. 
Shuning uchun ham epitelny to‘qimasi biriktiruvchi to‘qima va tana bo4shliqlari 
o‘rtasidagi «seroz-gemolimfatik to‘siq»ni hosil qilishda ishtirok etadi. 
Mezoteliy yuksak fiziologik qayta tiklanish qobiliyatiga ega. Mezoteliy 
hujayralarining okziga xos xususiyati ulardagi dekomplek-satsiya jarayonidir. Bu 
jarayon davomida hujayralarda desmosomalar yemiriladi, hujayralar qisqarib 
yumaloqlashadi va bazal membrana bilan aloqasi uziladi. Natijada hujayralar tana 
bo‘shligiga ajraladi. Fiziologik holatlarda hujayralaming 4— 6 foiz bo‘sh!iq 
(peritone­ al) suyuqligida muallaq holatda uchraidi. Ajralib tushgan hujayralar 
O’mini qo‘shni hujayralar surilib to‘ldiradi. Ularning atrofida esa boshqa 
hujayralaming boMishini ko‘rish mumkin. 
Mezoteliyning shikastlangandan keyingi qayta tiklanishi turli xil umurtqalilarda 
turlicha boMadi. Masalan, sut emizuvchi hayvon­ larda mezoteliyning shikastlanishi 
seroz pardalami yallig‘lanishga olib keladi. Bu paytda hujayralar shishib, ular 
orasidagi bog‘lanish bo‘shashadi va hujayralar degenerativ o‘zgarishlarga uchrab 
ajralib tushadi. Shikastlangan joyning yonida hujayralarning mitoz bo‘lin-ishi 
ko4rinadi va pirovardida ko4p yadroli hujayralar paydo bo‘iadi. Hujayralarning 


shikastlangan joyga sekin-asta surilishi natijasida ajralib tushgan hujay- ralar o‘mi 
to*lib boradi. Patologik holatlarda esa ajralib tushgan hujay- ralar o ‘mida 
teshikchalar hosil boMadi va ular stomatalar deb ataladi. 

Yüklə 321,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin