Bir qavatli kubsimon epiteliy. Buyrak kanalchalarida, bezlarning chiqaruv
naylarida, kichik bronxlarda uchraydi (46- rasm). Kubsimon hujayralarning yadrosi
dumaloq shaklda boMib, uning markaziy qismida joylashadi (47- rasm).
Terminal bronxiolani qoplagan kubsimon hujayra larning
apikal qismida kiprik chalar kolrinadi. Buyrak kanal-
chalarining devorida joylash gan hujayralarning apikal
qismida esa jiyak bo‘lib, u barmoqsimon o‘simtalardan —
mikrovorsinkalardan
tuzil-gan,
ular so‘rilish yuzasini
kengaytiradi.
Bir qavatli silindrsimon epiteliy bir-biriga zich joylashgan ba-Iand prizmatik
shakldagi hujayralardan tashkil topgan (48- rasm). M.e’da- ning yuza qavatida
joylashgan hujayralar shilliq sekret ishlaydigan hujayralar qatoriga kiradi (49- rasm).
Ichak epiteliysida ayrim hujayralar shilliq sekret ishlaydi. Ular sekret bilan to‘lgan
vaqtda apikal qismi kengayadi, bazal qismi esa ingichka bo‘lib qoladi va natijada
qadah shaklini oladi. Bunday hujayralar qadahsimon hujayralar deb ataladi.
Me’dadagi prizmatik va ichakdagi qadahsimon hujayralar ishlab chiqargan shilliq
moddasida kislotali va neytral glikozaminoglikanlar aniqlangan. Lllar hujayralami
kimyoviy va mexanik ta’sirotlardan saqlaydi.
Ichak epiteliysida so‘rish jarayonida ishtirok etadigan hujayralar mavjud. Oddiy
mikroskop orqali kuzatilganda prizmatik hujayralam-ing apikal yuzasi (ingichka va
yo4g4on ichak, o4 pufagi) jiyak bilan qoplanganligini ko‘rish mumkin. Shuning
uchun ham bunday epi-
teliy bir qavatli silindrsimon jiyakli epiteliy deb yuritiladi. Elektron mikro- skop
yordamida jiyak barmoqshnon o ‘simtalardan — mikro-vorsinka- lardan tashkil
topganligi aniqlangan(50- rasm, «Hujayra yuzasining maxsus tuzilmalari»ga q.). M
ikrovorsinkalar hisobiga epiteliy hujayra- sining so‘ruvchi yuzasi bir necha marta
oshadi. Gis-toximiyaviy reaksiyalar prizmatik epiteliy hujayrasi jiyaklari gliko-
zaminglikanlar va ishqoriy fosfatazalarga boyligini ko‘rsatadi.