tekislikda yotadi (51-rasm). Kekirdak epiteliysida kiprikli silindrsimon, qadahsimon,
yirik va kichik qo‘shimcha hujayralar hamda endokrin hujayralar tafovut qilinadi.
Kiprikli hujayralarning apikal yuzasida kiprikchalar bo‘lib, har bir hujayrada 250
atrofida uchraydi. Kiprikchaiarning harakatlanishi shilliq sekretning siljishiga ta’sir
qiladi. Shilliq sekret bilan tashqari-dan kirgan chang zarralari ham chiqariladi.
Elektron mikroskopda ki-prik- chalar 2 ta markaziy va 9 juft periferik («Hujayra
markazi, sen-tro- soma»ga q.) mikronaychalardan iboratligi aniqlangan (52- rasm).
Ko‘p qavatli epiteliy asosan himoya funksiyasini bajaradi,
shuning uchun ham u
tananing ko‘proq tashqi ta’sirotlarga uchraydigan joylarini qoplaydi. U terming
yuzasini, og‘iz bo4shlig‘ini, qizilo‘ngach, ko‘zning muguz pardasini,
buyrakning
kosachasi, siydik pufagi, siydik chiqaruv yo4li va qinni qoplaydi. K o'p qavatli yassi
epiteliy qavatma- qavat joylashgan hujayralardan tuzilgan,
uning faqat bazal
qavatidagi hujayralari bazal membranada yotadi. Ko‘p qavatln epiteliy 3 turga
boMinadi: 1) ko‘p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliy; 2) ko'p
qavatli yassi
muguzlanadigan epiteliy; 3) o‘zgaruvchan epiteliy.
Ko‘p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliy. Bu epiteliy og‘iz bo‘shlig4ining
ichki yuzasini, qizilo‘ngachning shilliq qavatini va ko‘zning muguz pardasini
qoplaydi (53- rasm).
U quyidagicha tuzilishga ega: bazal membrana ustida
silindr- si-mon shakldagi
bazal qavat hujayralari yotadi. Uning ustida bir necha qavat bo‘lib joy lashgan kowp
qirrali hujayralarni ko‘ramiz. Bu qa vat tikanaksimon hujayralar qavati deb
yuritiladi. Tikanaksimon hujayralar orasida hujayralararo ko‘prikchalar mavjud.
Elektron mikro- skop orqali tekshirilganda bu ko‘prikchalar sitoplazmatik
o‘simtalardan tashkil topganligi aniqlangan. Bu o‘simtalar
bir-bi-riga zich tegib
turadi va bu yerda desmosomalar uchraydi. Desmo-
somalar hujayralami o‘simtalar orqali o‘zaro bog4lab turadi. Bazal va tikanaksimon
hujayra- laming sitoplazmasida maxsus organel lalar — tonofibrillalar joylashgan.
Tonofibrillalar ingichka (5— 6 nm) tonofilamentlardan tashkil topgan bo‘lib, oqsil
tabiatiga ega. U bazal hujayralarda epiteliy
yuzasiga perpendikular, yuqori qavat
hujayralarida hujayra yuzasiga parallel yotadi va ularda tayanch funksiyasini
bajaradi. Epiteliyning eng yuza qavatida yassilashgan hujayralar joylashgan. Bu
hujayralar o‘zining hayot siklini tugatib
muguzlanmay tushib ketadi, shuning uchun
ham bu muguzlanmay-digan epiteliy deyiladi.
Dostları ilə paylaş: