Taqqoslama zavodlararo tahlilning mohiyati alohida olingan korxonalarning xo’jalik
faoliyatini ularning ko’rsatkichlarini har tomonlama o’rganib, erishilgan natijalar darajasini
holis
farqlash va iqtisodiy ko’rsatkichlarga tahsir qiluvchi asosiy omillarni aniqlash hamda ilg’or
tajribalarni ishlab chiqarishga tadbiq qilish natijasida ichki xo’jalik rezervlarini aniqlashdan
iboratdir.
Taqqoslama tahlil korxonaning barcha iqtisodiy ko’rsatkichlarini o’z ichiga olishi mumkin
yoki boshqacha so’z bilan aytganda kom’leks xarakterga ega bo’ladi.
Taqqoslama tahlilning
mazmuni qo’yilgan maqsad va tekshiriladigan obhektga qarab quyidagicha turkumlanadi:
-ob`ekt bo’yicha (korxona, tsexlar, ishlab chiqarish uchastkasi, ish joyi);
-mavzuning (tema) mazmuni bo’yicha – mehnat ‘redmetlari,
mehnat vositalari, mehnat
va moliya resurslarini
tahlil qilish va hokazo;
-tahlilni o’tkazish doirasi – kom’leks tahlil va maxsus (tematik) tahlil.
Taqqoslama tahlilning eng muhim uslubiy masalalardan biri o’rganiladigan obhektni bir-biri
bilan solishtirish shartlariga rioya qilishdir:
- taqqoslanadigan ko’rsatkichlarning sifat jihatdan bir xilligi va ularni hisoblash usulining
birligi (masalan, mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlarning bir xilligi);
- mahsulotni yagona o’lchash, o’zgarmas baho bilan o’lchash, jo’g’rofiy
sharoitlarning
o’xshashligi;
- taqqoslanadigan davrda ish kunlarining bir xilligi va hokazo.
Dostları ilə paylaş: