Tayyor mahsulot.
Korxona ishlab chiqarish faoliyatida yaratilgan.
belgilangan barcha texnologik jarayonlardan o‘tgan, o‘matilgan rasmiy talablarga muvofiq
boTgan, o‘z iste’mol qiymatiga ega buyumlar (ish, xizmatlar) tayyor mahsulot deb hisoblanadi.
Tayyor mahsulot tovar hamda o‘z iste’moli uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmidan iborat
bo‘ladi. Uning qiymat ifodasi korxona ulgurji narxsida, amaldagi bozor va taqqoslama narxlarda
hisoblanishi mumkin. Tayyor mahsulot ko‘rsatkichi
tahlilda asosiy va markaziy
ko’rsatkichlardan biri sanaladi. Uning asosida tahlilda turli xil vazifalar hal etiladi.
Tovar mahsuloti.
Korxonada sotish uchun ishlab chiqarilgan mah-
sulot (ish,xizmat) hajmi tovar mahsulotini tashkil qiladi. Uning qiymat ifodasi korxona ulgurji
narxsida, amaldagi bozor va taqqoslama narxlarda hisoblanishi mumkin. Tovar mahsuloti
mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan barcha xarajatlar summasidan
va ushbu mahsulot
bo‘- yicha oladigan foyda summasidan iborat bo‘ladi.
Sotilgan mahsulot.
Korxonada rasmiy jihatdan sotildi deb tan
olin- gan mahsulot hajmi sotilgan malisulotni ifodalaydi. Sotilgan mahsulot qiymat ifodasida
tayyor hamda tovar mahsuloti hajmiga teng yoki ulardan kam bo‘lishi mumkin. Qachonki,
korxonadagi tayy or yoki tovar mahsuloti to‘liq sotilsa, u holda
ular toia ravishda sotilgan
mahsulotni tashkil etadi. Basharti, tovar mahsulotining bir qismi sotilib, boshqa qis- mi sotilmay
qolsa, u holda tovar mahsulotining faqat sotilgan qismi sotilgan mahsulot deb tan olinadi.
Kritik hajmdagi mahsulot.
Ushbu ko‘rsatkich biznes-
rejada belgilangan mahsulot haimi turlaridan biri bo‘lib, mazkur hajmga erishil- ganda, korxona
mahsulot ishlab chiqarish hamda sotishdan foyda ol- maydi, ayni bir ‘avtda zarar ham ko'rmaydi.
Kritik hajmdagi mahsulot miqdoridan ortiqcha mahsulot ishlab chiqarish korxona uchun foyda
kel- tiradi yoki aksincha. Mahsulot bozor narxlari (ulgurji) asosida reja-
lashti riladi.
.
Mahsulot ish va xizmatlami sotish korxona ulgurji narxsi yoki chakana narxlarda amalga
oshiriladi. Korxona ulgurji narxsining tuzilishi quyidagicha bo‘ladi. Ya’ni sotilgan
mahsulotlaming ishlab chiqarish tannarxi, sotilgan mahsulotlar bo‘yicha korxona foydasi,
sotilgan mah- sulotlar bo‘yicha egri soliqlar summasi. Sotilgan mahsulotning chakana narxsi
ulgurji narxdan savdo qo‘shimchasi yoki chegirmalari summasiga farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: