3.2. Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish prinsiplari, turlari,shakllari va usullari Ishlab chiqarishni tashkil etishning eng ilg’or shakllariga ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish va
kombinatsiyalash kiradi.
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish – bu, ijtimoiy mehnat taqsimotining eng muhim shakllaridan biri
hisoblanib, u ilmiy-texnik taraqqiyot va ishlab chiqarishning boshqaruv tizimi bilan uzviy bog’liqdir.
Korxonalararo va ular o’rtasidagi mehnat taqsimotining asosini mehnat qurollarini ixtisoslashtirish tashkil
etadi.
Korxona ichidagi ixtisoslashtirish Sexlarni va uchastkalarni ayrim mahsulot ishlab chiqarishga yoki
texnologik jarayonning ma’lum bosqichini bajarishga yo’naltiradi.
Ixtisoslashtirish mahsulotni standartlash, me’yorlashtirish va detallarni unifikatsiyalashga
asoslanadi, shuningdek, texnologik jarayonlar mexanizatsiyalashtiriladi va ixtisoslashgan uskunalardan
keng ko’lamda foydalaniladi.
Mashinasozlik zavodlari va ularning bo’limlarini ixtisoslashtirish darajasi asosan ikki omilga: ishlab
chiqarish miqyosi va mahsulotning mehnat talab qilishiga bog’liqdir.
Soha korxonalarida ixtisoslashtirishning uchta:
buyumlar; texnologik; detallar bo’yicha ixtisoslashtirish shakllari mavjud.
Sexlar, uchastkalar va ish joyini texnologik ixtisoslashtirish natijasida ularning har biri bir xil
texnologik operatsiyani va bir xil ishni bajaradi. Masalan, mashinasozlikda temirchilik, zagotovkalar
qo’yadigan, mexanika, issiqlik, payvandlash va boshqa Sex hamda uchastkalar, metallurgiya soha ida
domna, marten va prokat Sexlari tashkil qilinadi; to’qimachilik fabrikalarida yigiruv, to’quv va
boshqalarning tashkil qilinishi texnologik ixtisoslashtirishga misol bo’la oladi.
Ishlab chiqarish ko’lami ortib borgan sari korxonalarning bo’limlari (Sex, uchastkalar)da texnologik
ixtisoslashtirishning chuqurlashuvi vujudga keladi: mahsulotlarning o’lchamiga qarab (masalan, mexanika
Sexi yirik, o’rta va mayda); materiallar turiga qarab ishlov berishi bo’yicha (masalan, po’lat, cho’yan va
cho’ziladigan cho’yan); quyuv Sexlari va h. k. jarayonlarning operatsiyalari bo’yicha (tokarlik, frezerlik,
silliqlash, pardozlash).
Texnologik ixtisoslashtirish sharoitida unumdorligi yuqori bo’lgan texnikadan va texnologiyadan,
shuningdek, ilg’or ishlab chiqarish usullaridan yaxshiroq foydalanishga erishiladi.
Sexlar va uchastkalarni buyumlar bo’yicha ixtisoslashtirishda bularning har biri texnologik
jihatdan har xil bo’lgan operatsiyalarni bir xildagi detallar yoki uzellar bo’yicha bajaradi.
Korxonalarning bo’limlarini buyumlar bo’yicha ixtisoslashtirish shakli ko’p jihatdan tor
ixtisoslashgan zavodlar uchun xarakterlidir (ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarishlarda).
Bunday Sexlar agregatlarning ayrim detallari va qismlarini ishlab chiqarishga moslashadi,
nomenklaturasi esa chegaralangan bo’ladi (masalan, avtomobilg’ zavodlarida — mashinaning orqa
ko’prigini yoki motorini ishlaydigan Sexlar, vagonsozlik zavodida ressor, stanoksozlikda —stanina,
korpus detallari, shesterenkalar, vtulkalar va richaglar Sexi). Sexlarning buyumlar bo’yicha qurilishi
qoida bo’yicha berk jarayonlarga olib keladi, bunday Sexlarda har xil bosqichga tegishli yoki ishlov
berish turiga qarab jarayonlar dam-badam birga olib boriladi. Sexlarning texnologik ixtisoslashgan
shaklidan asta-sekin birmuncha ilg’or bo’lgan buyumlar bo’yicha ixtisoslashishga o’tishi
mashinasozlik korxonalarining ishlab chiqarish strukturasini takomillashtirishning hozirgi
sharoitdagi birdan-bir tendentsiyasidir.
Buyumlar bo’yicha ixtisoslashtirish quyidagilarni nazarda tutadi: texnologiyani puxta ishlab
chiqish, yuqori unumli uskunalarni qo’llash, materiallardan foydalanish koeffitsientining yuqori
bo’lishi, mehnat unumdorligini oshirish, korxonalarning Sex va bo’limlaridagi boshliqlar va konkret
ijrochilar javobgarligini oshirish, ishlab chiqarishni tashkil qilishda ilg’or usullardan keng
foydalanish.
Buyumlar Sexini tashkil qilish ikki shart-sharoitga asoslanadi: 1) mahsulotlar ko’lami talaygina
bo’lsa, ommaviy va seriyalab ishlab chiqarishni o’stirish zarur; 2). mashinasozlikda yangi
texnologiyani joriy qilish, metallga ishlov berishda elektr usullaridan foydalanish, ishlab chiqarish
jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish.
Ishlab chiqarish jarayonlarining buyumlar bo’yicha tuzilishiga zavod-avtomat misol bo’la
oladi. Masalan, alyumindan avtomobilg’ porshenlarini ishlab chiqaradigan zavod-avtomat bitta
agregatda turli xil jarayonlarni birlashtiradi. Bularga suyuq eritmani tayyorlash, quyish,
porshenlarga issiqlik yordamida ishlov berish, mexanik ishlov berishning qattiqligini, porshenlarning
katta-kichikligi bo’yicha saralashni va joylashni tekshirish.