3-mavzu: jismoniy tarbiya va sport menejmentining boshqaruv usullari reja



Yüklə 91,09 Kb.
səhifə8/12
tarix26.11.2023
ölçüsü91,09 Kb.
#136369
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
3-mavzu jismoniy tarbiya va sport menejmentining boshqaruv usul-fayllar.org (1)

4.4. Menejmentni iqtisodiy usullari
Har qanday darajadagi rahbar bu usulning mazmun-mohiyatini yaxshi bilishi va ulardan samarali foydalana olishi lozim. - Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida boshqariluvchi obyekt- larga iqtisodiy usullar orqali ta’sir ko‘rsatilinganda erishilinadigan natijalar.
Bir sport tashkiloti uchun foydali bo‘lgan tadbir davlatga, jamiyatga ham naf keltirishi lozimligi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida menejment boshqaruvining iqtisodiy usullarining vositalari.
Davlat bozomi shakllantirish chog‘ida ham, o‘zini-o‘zi boshqa­ rish bosqichiga o‘tish davrida ham ushbu jarayonga o‘zining rahbar­ lik, nazorat va bosh boshqaruvchilik funksiyalarini saqlab turishi.
Menejment boshqaruvining iqtisodiy usullari insonlarning iqtisodiy, ijtimoiy manfaatlarini ko‘zlab ish yuritishga asoslanadi.
Zero, jamiyat a’zolarining iqtisodiy manfaatlari eng avvalo, ularning o ‘zaro iqtisodiy munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Har qanday jamiyatda manfaatlami o‘zaro bir-biri bilan bevosita bogiiq boigan uch ierarxik pog‘onalarda ko‘rish mumkin: - yuqori pog‘onadagi umumjamiyat manfaatlari; - o‘rta pog‘onadagi jam oa manfaatlari; - pastki pog‘onadagi shaxsiy manfaatlar.
Bu manfaatlami uyg‘un sur’atda o‘zaro bogiiq ravishda amalda boiishi doimo bir qator muammolami hal etib borishni taqozo qiladi, chunki har bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan ichki va tashqi omillar ta’sirida munosabatlar o‘ziga xos ravishda shakl- langan boiadi.
Masalan, bozor iqtisodiyoti sharoitida umumjamiyat manfaat­ larini ro‘yobga chiqarish maqsadida quyidagi iqtisodiy boshqaruv usullariga, ya’ni: korxona va xo‘jaliklarga, shu jumladan, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlariga faoliyat yurgishishlarida erkinlik va mustaqillik berish.
Xo‘jaliklami, shu jumladan, jismoniy tarbiya va sport tashkilot­ larining pirovard natijalariga binoan moddiy rag‘batlantirish, soliq imtiyozlarini berish.
Korxona va xo‘jaliklar, shu jumladan, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari o‘rtasidagi o ‘zaro shartnomalaming bajarilish intizo- mini mustahkamlash va ulaming rolini oshirish.
Moliya va kredit munosabatlarida oqillikka erishish va uni doimo takomillashtirib borish.
Bozor munosabatlari mexanizmlaridan narx-navo, baho, daro- mad, foyda, soliq, rentabellik, raqobat va hokazolarga katta e ’tibor berish.
Iqtisodiy boshqaruv usullarming asosiy vazifasi ishlab chiqariladigan mahsulot (xizmat) birligiga sarflanadigan xarajatni kamaytrishga imkon beruvchi xo‘jalik mexanizmlarining yangi usullarini, manfaatdorlik muhitini vujudga keltirish va ulardan samarali foydalanishdir.
Bu usulda kishilaming shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ulaming samarali ishlashi ta’min’anadi. Ushbu maqsad yo‘lida qo‘shimcha ish haqi to‘lash, mukofotlar berish, biryo'la katta pul bilan taqdirlash kabilar muhum ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy usullar boshqarishning barcha kategoriyalari ichida yetakchi o ‘rinni egallaydi. Har qanday darajadagi rahbar bu usul- ning mazmun-mohiyatini yaxshi bilishi va ulardan samarali foydalana olishi lozim. Korxonalarda, jumladan, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida boshqariluvchi obyektlarga iqtisodiy usullar orqali ta’sir ko‘rsatilinganda quyidagi natijalarga erishishga imkon tug'iladi: - jiddiy istiqbol rejalar qabul qilishga; - mehnat va moliya zahiralaridan yanada unumliroq foydalanishga; - yangi texnologiyalami joriy qilishga; - mehnat unumdorligini oshirishga; Raqobatbardosh mahsulotlami ishlab chiqarishga rag‘batlantiruvchi omillarni kuchaytiradi.
Shu bilan bir qatorda, iqtisodiy usullar shunday tanlanishi va qo‘llanilishi kerakki, bunda jamoafar va har bir xodimning manfa­ atlarini qondirgan holda, butun jamiyat manfaatlariga zid kelmay- digan, hatto ularni to‘laqonlik darajasida qoniqtiradigan natijalarga intilish lozim bo‘ladi, bir korxona uchun foydali bo‘lgan tadbir davlatga, jamiyatga ham naf keltirishi lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida menejment boshqaruvining iqtisodiy usullari quyidagi vositalar yordamida amalga oshiriladi: - kredit stavkasi; - soliq va soliq va soliqqa tortish; - boj to‘lovlari;
- subsidiya va sanatsiya; - litsenziya; - transport to‘lovlari; - narx-navo va hokazolar; - boshqaruv organlarining sarf xarajatlari.
Xususan, davlat ushbu vositalardan foydalangan holda, bozomi shakllantirish chog‘ida ham, uning o‘zini-o‘zi boshqarish bosqi- chiga o‘tish davrida ham ushbu jarayonga o‘zining rahbarlik, nazo­ rat va bosh boshqa-ruvchilik funksiyalarini saqlab turadi.
Agar, menejmentdagi ma’muriy boshqaruv usullari o ‘zini-o‘zi boshqaradigan bozor mexanizmlariga ma’lum darajada to‘siq hisoblansa, iqtisodiy usullar esa aksincha, ulardan foydalanishga tayanadi, xo‘jalikni boshqarishga davlatning ta’siri ham tubdan o‘zgaradi. Binobarin, ma’muriy boshqarish usulida davlat korxonalariga, jumladan, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlariga o ‘z ta’sirini qat’iy belgilangan reja va m a’muriy tizimlar orqali o ‘tkazadi, menejmentning iqtisodiy usullari esa, bozor yordamida ta’sir o ‘tkazadi. Natijada bozor korxona va jumladan, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari faoliyatini davlat bozoming qonun- qoidalaridan kelib chiqqan holda makroiqtisodiyot boshqaruvini amalga oshiradi, demak, bozor sharoitida korxonalar, jumladan, jis­ moniy tarbiya va sport tashkilotlari faoliyatiga davlatning aralashuvi minimal darajaga tushadi.
Davlatning bozor iqtisodiyotiga faol ta’sir etuvchi vositalaridan biri kredit mexanizmidir, davlat korxona, jumladan, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlariga qarzga beradigan pul miqdorini o'zgartirishi uchun qaytim foiz stavkasidan foydalaniladi. Bozor qoidasiga ko‘ra qaytim foizi kamaysa, qarzga pul olish imkoniyati ortadi, binobarin kredit ko‘proq olinadi va ishlab chiqarishga keladigan investitsiya hajmi ortadi. Kreditning korxonalar, jumladan, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining iqtisodiy o ‘sishiga aloqadorligini hisobga olgan holda davlat doimo uni arzonlashtarish choralarini ko'radi.
Davlat ixtiyoridagi katta hajmdagi pul mablag‘i banklarda saqlanadi va ishlatilishiga qadar kredit zahiralarini tashkil etadi. Shu tariqa davlat bo‘sh turgan pul mablag‘i tarkibini o‘zgartirish orqali bozordagi pulga bo‘lgan talab va taklifni sharoitga qarab, doimiy ravishda o ‘zgartirish va boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Banklardagi zahira mablag‘ining kamayishi bozorga taklif etilgan pulning ko‘payganini bildiradi va aksincha, uning banklardagi zahirasini ortib borishi bozorga nisbatan pul taklifini kamayganini bildiradi. Davlat bosh boshqaruvchi sifatida ushbu nisbatga o ‘z ta’sirini o ‘tkazib turadi. U pul zahirasini qisqartirish hisobidan uning kredit qismini, kredit taklifini oshirib borishi mumkin, natijada kredit foizi pasayib, mijozlarga arzonlashgan kreditni ko‘proq sotib olish imkoniyati tug‘iladi, investitsiyani o‘sishiga qulay sharoit tug‘iladi va iqtisodiy rivojlanish kuchayadi.
Kredit foizining ko‘tarilishi uni qimmatlashtiradi, unga qiziqish pasayadi, binobarin, investitsiyaning hajmi qisqarishi mumkin, natijada iqtisodiy o‘sish ham sustlashadi.
Davlat soliq tizimi orqali iqtisodiyotga ta’sir o‘tkazadi va boshqarish jarayonida qatnashadi. Soliqlar hamma mamlakatlarda mavjud bo‘lib, majburiy to io v shaklida firmalar, tashkilotlar va aholi tomondan faqat davlatga to‘lanadi. Davlat jamiyat a ’zolariga ular kirn bo‘lishidan qat’i nazar, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadi. Bu xizmatlar jumlasiga: mudofaa; tinchlik-hotirjamlikni, ijtimoiy tartibni ta’minlash; obodonchilik va sanitariya-gigiyena ishlarini bajarish; davlatni idora qilish; davlat xavfsizligini ta’minlash; ekologik muhitni asrash; tabiiy boyliklarni himoya qilish; ommaviy savodxonlikni ta’minlash; nochorlarga yordam berish, ularni sotsial himoya qilish kabi ishlar kiradi.
Bulami faqat birgalikda iste’mol etish mumkin, ularni ayrim kishilar sotib ololmaydi. Bu ishlarga faqat davlat qodir. Shunday qilib, soliqlar davlatning ijtimoiy xizmatlari haqi bo‘lib, uni firmalar, kompaniyalar, jamoat tashkilotlari va aholi to‘laydi.
Demak, soliqlar tekinga berilmaydi, ular davlat ko‘rsatgan xizmatlar sarf-xarajatlarini qoplash uchun to‘lanadi.
Soliqlar boshqarish jarayoniga quyidagi uch vazifani bajarish orqali o ‘z ta’sirini ko‘rsatadi: - fiskal vazifa, ya’ni davlat xazinasi (byudjet)ga pul tushirish; - iqtisodiy faollikni rag'batlantirish; - aholining ayrim toifalariga imtiyoz berib, ularni sotsial himoyalash.
Undirilgan soliq summasini obyekt summasi (hajmi)ga nisbatan hisoblangan miqdori soliq yuki (stavkasi) deyiladi. Qat’iy,progressiv, regressiv, proporsional (mutanosib) soliq stavkalari mavjud. Undiriladigan soliq stavkasining me’yori bor. Shu sababli uni cheksiz oshirib bo‘lmaydi.
Masalan, optimal variantga muvofiq bo‘lgan progressiv soliqqa tortish: - yuqori daromad olishga qiziqishni; - yuqori suratda unum bilan mehnat qilishni; - investitsiyalarga bo‘lgan intilishni yo‘qqa chiqaradi.
Daromadlarni soliqlardan yashirin usullarini izlash yo‘llari muqarrar sur’atda paydo bo‘lib, bunday vaziyatda ular jamiyatda salbiy baholanmaydi.
Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, iqtisodiyoti bozorga yo‘naltirilgan davlatlarda daromadlar haddan tashqari yuqori prog­ ressiv soliqqa tortilishi bilan kapitallar chet elga chiqib keta boshlaydi.
Sohibqiron Amir Temur o‘z davrida soliq undirishda adolatni talab qilgan, chunki uning kelajakka ta’sirini ko‘ra bilgan. Uning yozishicha: «Jaiyatdan mol-xiroj yig‘ishga ulami og‘ir ahvolga solishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo‘yihdan saqlash kerak. Negaki, ra’iyatni xonavayron qilish (davlat) xazinasining kambag‘allashishiga olib keladi».
Haddan tashqari katta soliq to‘lovchini og‘ir ahvolga soladi, natijada u bo‘lg‘usi soliqni to‘lay olmaydi, oqibatda byudjetga pul tushishi qisqaradi.
Iqtisodiyot bir me’yorda rivojlanib borishi uchun soliqlar firma topgan foydaning 40 foizidan oshmasligi kerak. Aks holda firma rivojlana olmaydi.
Subsidiya va sanatsiya davlatning iqtisodiyotini boshqarishdagi kuchli moliyaviy vositalaridan hisoblanadi.
Subsidiya - bu davlat tomonidan aniq maqsad yo‘lida ishlatish uchun qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘i.
Subsidiyalar: - iqtisodiyotni diversifeksiyalash (tarkiban o‘zgartirish); - eksport-importni muvozanatlashtirib turish; - novatsiya (yangilikni o‘zgarshrish) ishlarini yo‘lga qo'yish; - ayrim hududlarga yordam berish;
- konversiya (harbiy ishlab chiqarshdan xalqqa kerakli tovar ishlab chiqarishga o‘tish) maqsadida ajratiladi.
Qayd qilingan ishlar serxarajat bo‘lganidan subsidiya xarajat- lami butunlay yoki qisman qoplash uchun beriladi. Subsidiya davlatning moliyaviy yordami berib, byudjetga qaytarib berilmaydi.
Subsidiya: -jahon bozoridan milliy manfaatni himoya qilish, - dunyo bozorida narx pasaygan sharoitda tovar eksportini to‘xtatib turgan firmalarga madad berish; - zarur ish bilan shug‘ullanuvchi, lekin yangi, hali moliyaviy zaif firmalarni qo‘llab-quvvatlash; - davlat dasturlari va tavsiyalariga binoan ish yuritayotgan firmalarni siylash uchun beriladi.
Xullas, subsidiya iqtisodiyotni tartiblashga va boshqarishga xizmat qiluvchi kuchli iqtisodiy usuldir.
Davlat tomonidan iqtisodiyotning boshqarishni tartiblashning yana bir muhim vositasi - bu moliyaviy sanatsiya (sog‘lom- lashtir)dir.
Sanatsiya - iqtisodiyot uchun ahamiyati katta korxonalami tang holatidan chiqarib, ulaming normal ishlab turishini ta’minlash hamda korxonalami ommaviy bankrot boiishiga alohida y o i bermasdan, raqobatchi korxonalar sonini me’yorda saqlab turish maqsadida amalga oshiriladi.
Sanatsiyalash quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi: - korxona qarzini kechib yuborish yoki. uni o‘zgalar hisobidan to ‘lash; - qarzni to‘lash muddatini kechiktirish; - qarz uchun beriladigan foizni kamaytirish yoki umuman foiz olmaslik; - korxonaga soliqdan yengillik berish; - soliqni kreditga aylantirish; - korxonaga buyurtma berib, uning haqini oldindan to‘lash; - subsidiya ajratish; - korxonaga eksport yuzasidan imtiyozlar berish.
Davlatning sanatsiyadagi ishtiroki ikki shartni hisobga olgan holda: birinchisi - korxonaning milliy yoki hududiy iqtisodiyot uchun ahamiyati katta bo‘lishi kerak, ikkinchidan – korxonaning tang ahvolga tushib qolishiga uning o‘ziga bog‘liq bo'lmagan boshqa obyektiv sabablar bo‘lishi lozim.
Davlatning korxonaga yordami bozor talabiga zid kelmagan taqdirdagina unga qo‘l uradi. Yomon ishlagan, bozor talabiga moslasha olmasdan moliyaviy inqirozga yuz tutgan korxonaga davlat yordam bermaydi, chunki u bozor qoidalariga zid keladi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish daromadlaming keskin farqlanishi, aholining turmush darajasi bo‘yicha tabaqalashuvi bilan birga yuz beradi. Jamiyatning haddan tashqari boylari va haddan tashqari kambag‘allaridan iborat qutblarga ajralishiga yo‘t qo‘ymaslik uchun davlat daromadlami qayta taqsimlash vazifasini o‘z zimmasiga olishga majbur bo‘ladi.
Bunday taqsimlash shaxsiy daromadlami progressiv soliqqa tortishga va tranfert to‘lovlar orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 91,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin