3-mavzu: jismoniy tarbiya va sport menejmentining boshqaruv usullari reja



Yüklə 91,09 Kb.
səhifə5/12
tarix26.11.2023
ölçüsü91,09 Kb.
#136369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3-mavzu jismoniy tarbiya va sport menejmentining boshqaruv usul-fayllar.org (1)

Takrorlash uchun savollvr:
4.3. Menejmentning ma’muriy-buyruqbozlik usullari
Topshiriqlar va direktiv ko‘rsatmalami bajarmayotgan bo'linma va shaxslarga nisbatan majburiy choralarni qo‘llash. - Ma’muriy-buyruqbozlik usullarni yuqori organlar hokimiyatiga va quyi organlaming bo‘ysunishiga asoslanishi.
Yuqori m a’muriy organlar boshqariluvchi obyektning bajarishi majburiy bo‘lgan tartib-qoidalami ishlab chiqish, shuningdek, bo'ysunuvchi organlarga farmoishlar berish.
Ma’muriy-buyruqbozlik usullaming boshqarish tizimida ichki ongli aloqalaming tarkib topishiga yordam berishi.
Boshqarishning asosiy funksiyalaridan tashkiliy barqarorlikni, intizomlilikni, muvofiqliqni va uzluksizlikni bajarilishini ta’minlash.
Ma’muriy usullar boshqaruv organlarining o'zaro aloqada ish- lashini, boshqariluvchi obyektlarga m a’muriy ta’sir ko‘rsatishi.
M a’muriy-buyruqbozlik usullarining fors-major holatlarida, Ichki ishlar, Mudofaa vazirligi va davlat tomonidan boshqariladigan tizimlardagi yutug‘i.
Rivojlangan bozor sharoiti sharoitida ham boshqarishning ma’­ muriy- buyruqbozlik usullari o‘z ahamiyatini saqlab qolishi. O’zbekistonda amaldagi rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoi­ tida ma’muriy-buyruqbozlik usullaridan foydalaniladigan yo‘na- lishlar.
Ma’muriy buyruqbozlik usullari menejment boshqaruv usullari ichida alohida o‘rin tutadi. Ushbu usullami joriy etishda quyidagi amallarni bajarish tavsiya etiladi: Boshqarish apparatining muayyan tizim (strukturasi)ni tuzish.
Har bir boshqaruv bo‘g‘imning funksiyalarini belgiiash.
Personal (xodim)lami to‘g‘ri tanlash; Buyruqlar, farmoyshllar va qoilanmalar chiqarish va ulaming bajarilishini nazorat qilish; Topshiriqlar va direktiv ko‘rsatmalarni bajarmayotgan boiinm a va shaxslarga nisbatan majburiy choralami qo‘llash kiradi.
Ma’muriy-buyruqbozlik usullari yuqori organlar hokimiyatiga va quyi organlaming bo‘ysunishiga asoslanadi. Shuning uchun ulami ko'pincha ma’muriy usullar deb yuritiladi. Yuqori ma’muriy organlar boshqariluvchi obyektning bajarishi majburiy bo‘lgan tar- tib-qoidalami ishlab chiqadi, shuningdek, bo‘ysunuvchi organlarga farmoyishiar beradi.
Ma’muriy-buyruqbozlik usullari shu y o i bilan boshqarish tizimida ichki ongli aloqalaming tarkib topishiga yordam beradi. Bu uslullar ham biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqarishning asosiy funksiyalaridan tashkiliy barqarorlikni, intizomlilikni, muvofiqliqni va uzluksizlikni bajarilishini ta’minlaydi.
Ma’muriy usullar bosharuv organlarining o‘zaro aloqada ishlashini, boshaqaruv munosabatlarini aks ettirib, boshqariluvchi obyektlarga ma’muriy ta’sir ko‘rsatishning butun mexanizmini ifodalaydi. Shu bilan bir qatorda, ma’muriy yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyruqbozlik usuli xo‘jalik yurituvchi subyektning tanlash erkin- ligini cheklab qo‘yadi, muayyan huquqiy chegaralarini bepgilaydi. 0 ‘z mohiyatiga ko‘ra ma’muriy boshqarish bozorga xos bo‘lgan erkin tartibga solish harakatiga to‘sqinlik qiladi. Ma’muriy- buyruqbozlik usullarining fors-major holatlarida, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va shunga o‘xshash davlat tomonidan boshqariladigan ba’zi tizimlardagi yutug‘ini hech kim inkor eta olmasa kerak.
Biroq, rivojlangan bozor sharoiti sharoitida ham boshqarishning ma’muriy- buyruqbozlik usullari o‘z ahamiyatini saqlab qoladi va zarur bo‘lganda ulardan samarali foydalaniladi. Xususan, bozor iqtisodiyoti rivojlangan hamma mamlakatlarda ham ma’muriy usullar vositasida monopoliyaga qarshi siyosat amalga oshiriladi.
Davlat bozoming monopoliyalashtirilishiga to‘sqinlik qiladigan ma’muriy cheklovlar tizimini belgilaydi, monopol kompaniyalar faoliyatini samarali boshqarishga harakat qilinadi. O’zbekistonda amaldagi rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida m a’muriy-buyruqbozlik usullaridan: iste’molchilami huquqlarini himoya qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish; xavfli texnologiyalardan foydalanish, zararli ishlab chiqarish chiqitlarini tabiat qo'yniga, aholi yashaydigan joylarga chiqarib tashlashni ta’qiqlash; insonlar sogiigiga zararli mahsulotni reklama qilishni ta’qiqlash kabi sohalarda faol foydalaniladi.
Menejmentning ma’muriy-buyruqbozlik usullarining ijrosi ikki shaklda namoyon bo‘ladi: ma’muriy ta’sir ko‘rsatish orqali va farmoish berish shakllarida. Menejment ma’muriy-buyruqbozlik usullarida bu ikki shaklning birgalikda qo‘llanilishidan ulami bir- birlarini to‘ldirishga va rivojlantirishga erishiladi. Har ikkala shaklning uyg‘unlashuvi ishlab chiqarish sharoitlarini hisobga olgan holda menejment boshqaruvini optimallashtirish imkonini beradi.
Ma’muriy-buyruqbozlik usullarida boshqarish orqali menej- mentning quyidagi muhim vazifalarini amalga oshirish imkoni tug‘iladi: - ishlab chiqarish va boshqarshning tashkiliy tizimi (struktu- rasi)ni belgilash; - ichki tartib-qoidalami o‘matish; - boshqariluvchi va boshqaruv tizimlar o‘rtasida optimallik va oqilona nisbatni o‘matish va boshqalar.
Farmoish, buyruq berish y o ii bilan ta’sir ko‘rsatish orqali barcha boshqaruv boiim lari va organlarining uyg‘un ishlashi ta’minlab turiladi. Tegishii buyruq va farmoyishlaming to‘g‘ri tayyorlanishi va ulaming ijrosida menejerlaming roli katta bo‘ladi.
Jismoniy tarbiya va sportda ham ma’muriy-buyruqbozlik usullarining ahamiyati katta ekanligini tan olish lozim, bozor iqtisodiyoti sharoitida qanchalik demokratik boshqaruv usullari rivojlanib bormasin, ushbu tarmoqning asosiy qismini yana ko‘p yillar davomida davlat tasavvurida qolish ehtiyoj i markazlashgan boshqaruvni taqozo etadi. Lekin hech qachon jismoniy tarbiya va sport davlat tasavvurida qolib ketadi va unda ma’muriy-buyruqbozlik usullari hukm suradi degan fikrga bormaslik lozim, soha jarayonlarida doimo tez-tez uchraydigan o‘zgaruvchanlikni kuzatish mumkin. Bulardan tashqari yurtimizda mulkchilikning barcha turlari (davlat, shaxsiy, jamoatchilik va boshqalar)ning teng huquqliligi allaqachon qonun doirasida tan olinganligi, yildan-yilga jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining turli zamonaviy boshqaruv shakllarini ko'payib borayotgani fikrimizning dalili bo‘la oladi.
Ma’muriy-buyruqbozlik usullarini joriy etilishi boshqariladigan obyekt va subyekt tizimlarini loyihalashdan boshlanadi, so‘ngra reglamentlash, me’yorlash (norrna)lash va boshqa hujjatlarni tayyorlash ishlari olib boriladi.
Loyihalash, reglamentlash va me’yorlash (normalash) tadbirlari yaxshi tashkil etilgan bo‘lsa boshqarishga juda katta yordam beradi, buning uchun eng avvalo, menejment boshqaruv sitemasida, uning barcha tizimlarida muntazamlik, obyektivlik, reglamentlash, me’yorlash va barcha boshqaruv qarorlari asoslangan boiishi lozim.
M e’yor (normativ) hujjatlar boshqaruvning mavjud tizimlarida (strukturalarida), bo‘limlarida personal (shaxslar) faoliyatini amaliy jihatdan tushunib olishga, motivatsiyaga, nuqson va kamchiliklami bartaraf qilishga yordam beradi.
Umuman olganda, korxonalardagi reglamentlash va normalash ishlarining holati va ulaming mukammalligi menejmentdagi bosh­ qarish madaniyatini belgilaydi.

Yüklə 91,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin