3-mavzu: jismoniy tarbiya va sport menejmentining boshqaruv usullari reja



Yüklə 91,09 Kb.
səhifə9/12
tarix26.11.2023
ölçüsü91,09 Kb.
#136369
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
3-mavzu jismoniy tarbiya va sport menejmentining boshqaruv usul-fayllar.org (1)

Transfert to ‘lovlar - bu оtkazma to ‘lovlar, davlat byudjeti vositalarini qayta taqsimlash shakllaridan biri.
Bu to‘lovlar: - xususiy tadbirkorlarga subsidiyalar berish; - davlat qarzlari bo‘yicha foiz toiovlari; - ijtimoiy ehtiyojlarga davlat tomonidan to‘lanadigan pul mablag‘Iari ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratilgan transfert to ‘lovlar kam ta’min- langan aholi guruhlariga, nogironlarga, qariyalar va birovning boquvidagi kishilarga hamda ishsizlarga nafaqa to‘lash ko‘rinishida bo‘ladi.
Boshqaruvning iqtisodiy usullari kishilarga iqtisodiy manfaatlar orqali ta ’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiy usullaming mohiyati xodimlar va ishlab chiqarish jamoasiga ular manfaati bo‘lishini ta’minlovchi iqtisodiy sharoit yaratishdan iboratdir. Boshqaruv usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi o‘rinni egallaydi.
Iqtisodiy usullar iqtisodiy ta’sir vositalari yig‘indisidan (narx, kredit, biznes-reja, foyda, soliqlar, ish haqi, iqtisodiy rag‘batlantirish va h.k.), ya’ni xo‘jalik faoliyatiga ta’sir etishning har bir jam oa mos xo‘jalik bo‘g‘ini bilan uzviy aloqada amal qilishini ta’minlovchi tadbirlaridan iboratdir.
Bozor mexanizmining muhim vazifalaridan biri - biznes-reja va bozoming uzviy bog‘lik bo‘lishiga imkon yaratuvchi pul va tovar resurslari to‘g‘ri nisbatini ta’minlashdir.
Bozor - bu tovar-pul munosabatlarining doimo saqlanuvchi balansidir. Bozor munosabatlari sharoitida rejali iqtisodiyotga nisbatan qat’iy boshqaruv tizimi o‘matiladi. Bozor tamoyillari xo‘jalik rahbarlaridan tashabbuskorlik, korxona faoliyati masalalari bo‘yicha yuqori natijalarga erishish maqsadida qayishqoqlik, tavakkalchilikni talab etadi.
Bozor iqtisodiyoti ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga nisbatan qarama-qarshi tizim bo‘lib, bozorda narx, soliq, kredit vositasida tartibga solish eng avvalo, ijtimoiy maqsadda amalga oshiriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx va ish haqi o‘zgarishini qat’iy tartibga solmay barqarorlikka erishib bo'lmaydi.
Shunday qilib, boshqaruvning iqtisodiy usullari juda keng imkoniyatlarga ega bo‘lib, ular mohirona va o‘z vaqtida tashkiliy- farmoyishli, ijtimoiy-psixologik va huquqiy usullar bilan qo‘shib olib borilgan taqdirda yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Korxonalar, aksioner jamiyatlari, firmalarda muhim boshqaruv usullaridan biri - biznes-rejalardir. U iqtisodiy jarayonlami umum- milliy manfaatlami ko‘zlab, xo'jalik amaliyotida obyektiv iqtisodiy qonunlardan foydalanish asosida, ongli ravishda, bir maqsadga intilgan holda boshqarishning o‘zaro uzviy bog‘lik tizimidan ibo- ratdir.
Biznes-reja vositasida hal etiladigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: iqtisodiyot rivojlanishi yo‘nalishlari va maqsadlami amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatish, iqtisodiyotning barqaror, mutanosib o‘sishini ta’minlash, moddiy, mehnat va moli­ yaviy resurslami tarmoqlar va ishlab chiqarishlar o‘rtasida taqsim- lash va qayta taqsimlash, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etishni ta’minlash; tarmoqlararo integratsiya, tarmoq ichida ixtisoslashuv va sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish; xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tezkor tartibga solish va koor- dinatsiya qilish.
Biznes-reja korxona, aksionerlar jamiyati, konsemlar faoliyati- ning hamma tomonlarini: mahsulot ishlab chiqarish va sotish; moddiy-texnikaviy ta’minot va ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish, mehnat va ish haqi, jamoada ijtimoiy jarayonlar va k.k. larni qamrab oladi. Bozor munosabatlari sharoitida ularga rejalashtirish borasida keng huquqlar beriladi.
Shunday qilib, boshqaruvning iqtisodiy usullari juda keng imkoniyatlarga ega bo‘lib, ular mohirona va o ‘z vaqtida tashkiliy- farmoyishli, ijtimoiy-psixologik va huquqiy usullar bilan qo‘shib •olib borilgan taqdirda yaxshi natijalarga erishish mumkin.

Yüklə 91,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin