3 Mavzu: Mulk munosabatlari. Tovar va pul Reja


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 96,27 Kb.
səhifə6/6
tarix17.10.2023
ölçüsü96,27 Kb.
#130536
1   2   3   4   5   6
3-Mavzu. Mulk munosabatlari. Tovar va pul

Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar

1. Mulkchilikning mohiyatiga ta’rif bering va uning turli shakllarining iqtisodiy mazmunini tushuntiring. Mulkchilikning iqtisodiy va huquqiy mazmunini ajratib ko‘rsating.


2. Mulk sub’ektlarining ko‘p darajali bo‘lishiga sabab nima? Mulkchilik shakllarining farqlanishi asosida nima yotadi?
3. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish nima uchun mulkchilikning turli shakllarini taqozo qiladi? Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish nima uchun hozirgi bosqichda ob’ektiv zaruriyat hisoblanadi? Xususiylashtirish bosqichlari va shakllariga tavsif bering.
4. Xususiylashtirishning qanday usullarini bilasiz? Bu usullardan birini tanlab olishga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
5. Ijtimoiy xo‘jalik shakllariga umumiy tavsif bering. Natural va tovar xo‘jaligining asosiy farqlari nimalardan iborat?
6. Tovar ishlab chiqarish va bozorning vujudga kelishining umumiy shart-sharoitlarini tushuntiring.
7. Nima uchun tovarga naflilik (iste’mol qiymat) va almashuv qiymatining birligi sifatida qaraladi? Tovardagi bu ikki xil xususiyat nimadan kelib chiqadi?
8. Qiymatning mehnat nazariyasi mazmunini tushuntirib bering.
9. Qiymatning so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi asosida nima yotadi?
10. Keyingi (so‘nggi) qo‘shilgan miqdor nafliligi nima va uning pasayish sababini tushuntiring.
11. Tovarlar qiymatini aniqlashga bo‘lgan quyidagi fikrlarga o‘z munosabatingizni bildiring:
a) ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan belgilanadi;
b) keyingi qo‘shilgan tovarlarning nafliligi bilan aniqlanadi;
v) keyingi qo‘shilgan tovarlarning nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi.
12. Pulning mazmunini va vujudga kelishining umumiy shart-sharoitlarini tushuntirib bering.
13. Pulning ratsionalistik va evolyusion konsepsiyalarining mazmuni nimadan iborat?
14. Pul qanday vazifalarni bajaradi? Har bir vazifasining mazmunini tushuntirib bering.
15. Oltin pul va qog‘oz pul o‘rtasidagi umumiylik va farqlarini ko‘rsatib bering.
16. Qog‘oz va kredit pullarning qadr-qiymati va barqarorligi nima bilan belgilanadi?
Yüklə 96,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin