3-mavzu: O'rta osidagi dastlabki va temuriylar davrigacha bo'lgan iqtisodiy g’oyalar reja: «Buyuk ipak yo'li»



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə1/14
tarix24.10.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#130850
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
3-mavzu O\'rta osidagi dastlabki va temuriylar davrigacha bo\'lga


3-MAVZU: O'RTA OSIDAGI DASTLABKI VA TEMURIYLAR DAVRIGACHA BO'LGAN IQTISODIY G’OYALAR
Reja:

  1. «Buyuk ipak yo'li»ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy munosabatlar rivojlanishidagi o'rni.

  2. Markaziy Osiyo donishmandlari asarlarida islom ta'limotidagi iqtisodiy g'oyalarning bayon etilishi. Xalq og'zaki ijodidagi iqtisodiy qarashlar.

  3. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va Yusuf Xos Hojib asarlaridagi iqtisodiy g'oyalar mohiyati.

  4. Amir Temur davridagi iqtisodiy g'oyalar.

  5. Shoxruh Mirzo va Mirzo Ulug'bek davridagi iqtisodiy islohotlar

6. Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g'oyalarning mohiyati. Bobur va boburiylar davridagi iqtisodiy g'oyalar.
Xitoyning Tinch okeani bilan Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Evropa davlatlarini bog'lovchi qadimgi savdo yo'li - Buyuk ipak yo'lidir. Bu yo'l orqali asosan ipak eksport qilinganligi sababli «Ipak yo'li» nomi bilan shuhrat qozongan. Bu yo'l m.a. II asrdan to milodiy XV asrgacha, suv yo'llari rivojlanguncha Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda O'rta Er dengiz mamlakatlari o'rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalarning rivojida muhim rol o'ynagan.
Manbalarga qaraganda, Sariq dengiz qirg'oqlaridan Xuanxe daryosidagi Sian shahridan boshlangan dastlabki yo'l Lanchjou orqali Dunxuanga kelgan (Xutan), u erda ikkiga ajralib ,biri shimoli-g'arbga ikkinchisi janubi-sharqqa yo'nalgan. Karvon yo'lining umumiy uzunligi 12 ming chaqirim atrofida bo'lgan. Nemis muarrixi K.Rixtgofen 1887 yil ushbu yo'nalishga ilk bor «Buyuk ipak yo'li» degan nisbat beradi va bu ibora muammola (istofoda) ga kiritiladi.
Shimoliy yo'l Turfon orqali Tarim vohasiga va bu erdan qashg'ar, Dovon (Farg'ona vodiysi) ga borgan. U erdan So'g'dning markazi Samarqand va Marg'iyona (Marv) ga yo'nalgan. Ipak yo'li Farg'ona vodiysida yana juft tarmoqqa bo'lingan. Janubiy qismi O'zgandan O'sh, Quva, Marg'ilon, Qo'qon orqali Xo'jand, Samarqand, Buxoro sari uzaygan. Keyingisi Axsi (Andijon) va Qamchiq dovonidan o'tib, Iloq vohasi hamda Toshkent tarafga engan. Demak, qamchiq tarixiy yo'lning uzviy bo'lagi hisoblangan. Bu yo'l mohiyat-e'tibori bilan Sharq va Farbni turli jabhalarda bog'lovchi yo'ldir (savdo-sotiq, diplomatiya, madaniyat va boshqalar).
Shu karvon yo'l orqali Xitoydan ipak, xitoyga esa har xil gazlamalar, gilam va poloslar, oyna, metall, zeb-ziynat buyumlari, qimmatbaho tosh va dorivorlar keltirilgan. Baqtriya va Dovon (Farg'ona ) dan ot va tuyalar olib borilgan. XV-XVI asrlardan bu yo'lning ahamiyati ancha pasaydi, ammo Markaziy Osiyo respublikalarining siyosiy mustaqillikka erishuvi tufayli, bu yo'lni yanada jonlantirishga katta ehtiyoj tug'ildi. Xitoy, Qirg'iziston, O'zbekiston, Turkmaniston, Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjon, Gruziya, Qora dengizga chiquvchi undan Evropa (Parij, Rotterdam) ga etkazuvchi yo'l loyixa ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda, bu yo'lning kelajagi porloq.
Endi esa, moziyga qaytib, O'rta Osiyoning Buyuk ipak yo'li o'rni va eksport potensialiga e'tiborni qaratsak. Markaziy Osiyoga, xususan, hozirgi O'zbekiston hududiga qiziqish avvaldan ma'lum va bu har tomonlama (siyosiy, iqtisodiy jihatdan) ahamiyatli bo'lgan. Tarixiy va hozirgi ma'lumotlarga ko'ra, bu hudud, er, suv, iqlim, tabiati, geografik o'rni, qazilma boyliklari, hayvonot dunyosi jihatidan ajralib turgan. Aholining mehnatsevarligi, mirishkorligi, bunyodkorligi, kasb-hunarga mehr qo'yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyatga ega.
Hudud zaminida turli-tuman boyliklar, ayniqsa oltin, kumush, boshqa rangli metallar va javohirlarning mavjudligi va serobligi shu soha hunarmandchiligi rivojida hal qiluvchidir. Ayniqsa oltin ajnabiylarni magnit (oxangrabo) kabi tortganligi aniq.
Bu o'lka eksport potensialida oltin, kumush va undan qilingan zebu-ziynatlar, zargarlik buyumlari, sifatli po'lat olish va undan yasalgan asbob-uskunalar, ayniqsa, qilich, qalqon va boshqa harbiy asbob-anjomlar, ipakdan to'qilgan xon atlas va boshqa nafis matolar, ajoyib ko'rinishli qorako'l terisi va undan tikilgan buyumlar xaridorgir bo'lgan. Markaziy Osiyo donishmandlarining kitoblari, diniy va ilmiy asarlar hammani qiziqtirgan. Kitob yozish (hattotlar) san'ati ham yuqori bo'lgan. Miniatyura san'ati yuqori darajada edi.
Shu sababli bilim, ilm makoni bo'lgan kitob savdo-sotig'i etakchi o'rinni egallagan. Hozirgi davrda ko'plab taniqli mutafakkirlarimizning asarlari xorij davlat va shaxsiy kutubxonalaridan topilmoqda va o'z vatani, O'zbekistonga qaytarilmoqda. Bu fakt shundan dalolat beradiki, z davrida kitob savdosi Buyuk ipak yo'lining asosiy faoliyatidan biri bo'lgan, demak, bu erdan chetga ko'plab ilm va san'at asarlari chiqarilgan.
Mamlakatimizda dunyodagi eng yaxshi ot zotlari bo'lganligi ma'lum, xalq eposida uchqur, ziyrak tulporlar haqidagi rivoyatlar haqiqatga juda yaqin. Masalan, Xitoy elchisidan uni qanday tuhfa qiziqtirishini so'ralganda, ot olishni afzal ko'rgan. Otlar xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida, harbiy xizmatda, transport vositasi sifatida, uloq chopish, chovgan o'ynash, zeb-ziynat sifatida nihoyatda qadrlangan. Shu sababli otlar eksportda etakchi o'rinni egallagan.
Qishloq xo'jaligida paxta etishtirish va paxtadan olinadigan mahsulot asosiy o'rinda turgan. Polizchilik (ayniqsa, qovunchilik), bog'dorchilik (uzum) yaxshi rivojlangan. Agar bizga ipak etishtirish Xitoydan kirib kelgan bo'lsa, xitoyliklar bizdan zotli otlar sotib olgan, uzum va beda etishtirishni o'rganishgan.
Vatanimiz hududida qorako'l teri beradigan qo'ylar parvarishi muhimdir. Ularning terisi bilan savdo qilish muhim ahamiyat kasb etgan. Hozirgi davrda ham bu sohaga e'tiborni kuchaytirish O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlash uchun zarur vosita hisoblanadi.
Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, bir karvonda 500-1000 tagacha odam, ot, tuya, boshqa ulovlar , savdogarlar bilan birga diplomatlar, elchilar, xajga boruvchilar, harbiy qo'riqchilar bo'lgan. Butun yo'l boshidan-oxirigacha 120-150 kun davomida bosib o'tilgan.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin