3-mavzu O\'rta osidagi dastlabki va temuriylar davrigacha bo\'lga
2. Shoxruh Mirzo va Mirzo Ulug'bek davridagi iqtisodiy islohotlar A.Temur vafotidan keyin Shohruh va Ulug'bek (1394-1449) podsholigi (1409-1449) davrida iqtisodiyot yaxshi rivojlandi. Ayniqsa qo'shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq munosabatlari o'sdi. Bu Movarounnahrda (arabcha «daryo ortidagi» (mamlakat) degani) 1428 yilda Ulug'bek tomonidan o'tkazilgan pul islohoti bilan bog'liqdir. Jamiyatda pulning ahamiyatini yaxshi tushungan holda uning qadr-qimmatini oshirish uchun harakat qilingan.
O'sha davrda muomaladagi fulusiy chaqa pullar engil vaznda bo'lib, savdo rivojiga to'siqlik qilgan. Ulug'bek engil vaznda zarb etilgan va muomalada yurgan barcha chaqa pullarni man etdi. Eski chaqalarni yangisiga almashtirib, ichki savdoning mayda mis pullarga bo'lgan talabini qondirish uchun u bir vaqtning o'zida Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruhiya va Andijon shaharlarida zarbxonalar tashkil etib, bir xil vazndagi salmoqli fuluslarni zarb ettirib, muomalaga kiritdi. Eski chaqalar qisqa vaqt davomida yangi pullarga almashtirilib olingach, mis pullar z arbini markazlashtirish maqsadida boshqa shaharlardagi zarbxonalarga barham berildi. Faqat Buxoro zarbxonasi (poytaxt Samarqandda emas) saqlab qolindi. Xalq orasida «fulusi adliya», ya'ni adolatli chaqa nomi bilan shuhrat qozongan bu yangi mis fuluslar mamlakatning barcha shahar va qishloqlarida keng muomalaga kirib, davlatning ichki savdosini naqdina bilan to'la ta'minlay boshladi. Ichki chakana savdo-pul munosabatlaridagi tanqislikni fulusning vazni va qiymatini Ulug’bek oshirish bilan hal etilishi o'rta asrlar sharoitida nodir va favqulodda voqea bo'lsa-da, har holda Ulug'bekning bunday islohoti mamlakatda hunarmandchilik buyumlarining ichki chakana savdosi uchun keng yo'l ochib berdi. Ayni vaqtda tashqi savdodan keladigan daromadni oshirish maqsadida «tamg'a» boji ham birmuncha oshirildi, ya'ni hozirgi til bilan aytilganda proteksionizm siyosatidan foydalanildi.
Ulug'bek (1394-1449) tarixda ko'proq davlat arbobi sifatida emas, bunyodkor inson, yuksak zehnli olim sifatida mashhurdir. Uning dong'i dunyoga ketgan, astronomiya, tarix ilmlariga oid asarlari mavjud. Bu erda biz Ulug'bekning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatiga alohida e'tibor bermoqchimiz. Bu davrda mamlakat iqtisodiyotining asoslariga alohida qunt qilinadi, busiz rivojlanish bo'lmasligini hokimlar yaxshi tushunishgan. Sug'orish tarmoqlari qurilib, ular toshhovuz, darg'ot, navo, chig'ir, charxpalak, qaynama,sharshara, osma ko'prik, handoq, tazar va sardobalar kabi turli-tuman suv inshoatlari bilan jihozlandi.
O'sha davrda ham iqtisodiy rivojlanishning soliq tizimi bilan chambarchas bog'liqligi yaxshi ma'lum edi. Soliq yig'imi qancha yuqori bo'lsa, ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligi kamdir, ammo soliqning pastligi aholi uchun qulay bo'lgani bilan, davlatning boshqaruv, mudofaa va boshqa maqsadlariga doimo to'g'ri kelavermaydi. Shularni yaxshi tushungan ukmdorlar soliqni iloji boricha me'yorida saqlash va uni yig'ishning ma'lum adolatli usullarini qo'llanganlar. Masalan,Ulug'bek hukmronligi davrida g'alla g'aram qilinmasdan avval soliq to'plash qat'iyan man' etilgan, chunki dehqon hosil yig'ib olgachgina real soliq to'lash imkoniga ega bo'ladi. Soliq aniq uch muddatda, dehqon hosili pishishiga qarab bo'lingan:
saraton (iyun-iyul);
sumbula mezon(avgust va sentyabr);
qavs(noyabr).
Yana bir muhim masala shuki, soliqlarni yig'ish paytida soliqchilar dehqon, chorvador yoki bog'bonga nisbatan zug'um o'tkazmasligi, jismoniy kuch ishlatmasligi va ishni urush-janjalgacha olib bormasligi zarur qilib qo'yilgan. Bu bilan insonning haq-huquqi, yashashga bo'lgan daxlsizligi ta'minlangan.
Umuman, soliq bo'yicha qarzdorlarni bandi qilish va zanjir bilan kishonlab, ularga nisbatan qattiq choralar ko'rishga soliqchilarning haqqi yo'q edi. Soliq miqdori va to'lov tartibini buzmaslikka, suiiste'mollikning oldini olishga harakat qilingan. Tartibga amal qilmagan ayrim ma'murlar jazoga tortilgani ma'lum. Bu davrda ichki va tashqi savdoga katta ahamiyat berilgan. Xitoy, indiston, Tibet va boshqa ko'pgina davlatlar bilan savdo aloqalari olib borilgan. Bu borada savdogarlar uchun qulay sharoitlar yaratilganligini alohida ta'kidlab o'tish kerak. Elchilar «Buyuk ipak yo'li» xafvsizligini ta'minlash borasida katta ishlarni amalga oshirganlar.
Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli, ayniqsa, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi, tovar-pul munosabatlari, milliy valyuta mustahkamligiga bevosita bog'liq. Ma'lumki, pulning uchta asosiy vazifasi mavjud:1) qiymat lchovi; 2) almashuv vositasi; 3) jamg'arma vositasi. Agar pulning miqdori, uning nufuzi mustahkam bo'lmasa, iqtisodiyot posongisi, muvozanati buziladi. Shularni hisobga olib, vaqti-vaqti bilan pul islohotlari o'tkazib turiladi. 1428 yili Ulug'bek tomonidan o'tkazilgan islohot katta ijobiy ahamiyatga ega bo'ldi. Muomaladagi fulusiy pullar almashtirildi. Ulug'bek davridagi islohotlar tovar pul munosabatlari rivojiga muhim hissa qo'shdi. Iqtisodiyotning barqarorligiga erishildi.