4. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va Yusuf Xos Hojib asarlaridagi iqtisodiy g'oyalar mohiyati. X-XII asrlarga kelib O'rta Osiyo ilg'or ijtimoiy tafakkurning Sharqdagi yirik markazlaridan biriga aylandi. Bu davrda feodal davlat markazlashgan va eng rivojlangan pallaga kirdi. O'rta Osiyo Evropani Osiyo bilan bog'lovchi yirik moddiy, madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi.
Bu davrda butun dunyoga tanilgan Al-Farg'oniy, Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Nizom-ul-mulk va boshqa ko'plab mutafakkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida iqtisodiy g'oyalar ham o'z aksini topgan. Sharq renessansi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik hunari sirlarini bayon etganlar. Ularning asarlaridagi umumbashariy iqtisodiy taffakkur bugungi kunda ham dolzarbligi bilan muhim o'rin tutadi.
I bn Sino (980-1037)ning fikricha: «Hayvon tabiat ne'matlariga qanoat qiladi, odamlarga esa tabiat ne'matlari kamlik qiladi, u ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvon tabiat ne'matlarini o'zlashtirib oladi, odam esa o'z mehnati bilan o'ziga ovqat, kiyim, joy yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug'ullanishi kerak».
Yusuf Xos Hojib «odamga foydasi tegmaydigan odam - o'lik, essiz o'tgan umr emas, essiz sarflangan mehnat», deydi (1069 y. «Qutadg'u bilik» asarini yaratgan).
IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo ilg'or ijtimoiy tafakkurning Sharqdagi yirik markazlardan biriga aylandi. Bu davrda mazkur hududdagi davlat markazlashgan va eng rivojlangan pallaga kirdi. Buyuk ipak yo'li, Tinch okeani Ibn Sino atrofidagi mamlakatlar (Yaponiya, Xitoy, Koreya) ni Vizantiya va Farbiy Evropa bilan chambarchas bog'lar edi. Bu esa karvon yo'li orqali minglab odamlar, ot-ulovlar, turli-tuman tovarlarning qarama qarshi harakatini, almashuvini vujudga keltirdi. O'rta Osiyo Evropani Osiyo bilan bog'lovchi yirik moddiy-madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi. Axir, Osiyodagi va Evropadagi tovarlarga bo'lgan talab va taklifni (bozorning asosiy unsurlarini) yaxshi bilmay turib, uzoq va xatarli yo'lga chiqish mumkinmidi, katta karvonlarni tog'u toshlardan, qum cho'llardan olib o'tish osonmidi, buning uchun ma'lum qoidalarga, amallarga tayanib ish ko'rish kerak bo'ldi. Evropaga qancha va qaysi tovarlarni olib borish, u erdan nima olib qaytish, karvon yo'lidagi davlatlar, xalqlar talab-etiyojini yaxshi bilish talab etilgan. Oqibatda turli bilim sohalari, matematika (al-jabr), geometriya (xandasa), astronomiya (falakiyot) va boshqa ko'pgina fanlar rivojlandi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Xorazmiy , Farg'oniy, Ibn Sino, Ibn Ro'shd, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqa ko'plab mutafikkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida muhim iqtisodiy g'oyalar ham o'z aksini topgan. Sharq uyg'onishi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik sirlarini bayon etganlar. Ularning ko'plari hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Ana shundan kelib chiqib dastlab 873-950 yillarda yashab ijod etgan Abu Nosir Ibn Muhammad Forobiy haqida fikr yuritamiz.
Bo'lajak buyuk olim Aris daryosi Sirdaryoga qo'yiladigan joyda Shosh-hozirgi Toshkentdan 200-260 km. shimoli-g`arbda joylashgan Forob (O'tror) degan joyda tug'ilgan. U Forobda o'qigan, Shoshda bo'lgan, Buxoro va Samarqandda ta'lim olgan. Arab xalifaligining markazi-Bog'dodda o'qishi davom ettirgan, umrining oxirgi yillarida Xalabda, so'ngra Damashqda yashagan va shu erda vafot etgan.
Forobiy O'rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarning Qariyib barcha sohalarini o'z ichiga oluvchi 160 dan ortiq risola yaratgan Qomusiy olim sifatida tan olinadi. Uning Sharq olamidagi shuhrati shu darajaga etdiki, uni Aristotel (Arastu)dan keyingi yirik mutafakkir- «Muallimas -Soniy» - «Ikkinchi muallim» deb atay boshladilar.
O limning ayniqsa «Fozil odamlar shahri» asari diqqatga sazovar bo'lib, unda mamlakatni boshqarish, hokimlar faoliyati, iqtisodiyotni olib borish bilan bog'liq bo'lgan muhim g'oyalar keltiriladi. Shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, Forobiy o'z ustozi Arastu g'oyalarini har tomonlama talqin etadi va uni to'ldirishga harakat qiladi, jamiyat shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlarning ahamiyati haqidagi ta'limotni yaratdi, iqtisodiyot fanida muhim blgan «Ehtiyoj» ni ta'riflab berdi. U moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurollari o'rnini aniqlab berdi. Ayniqsa, «mehnat taqsimoti» masalalari mutafakkir asarlarida yaxshi yoritib berilgan. Mehnat taqsimoti tufayli ishlab chiqarish rivojlanadi, chunki vaqtdan yutiladi, ishlovchilarning kasb-mahorati ortadi, texnik moslamalar Farg’oniy kiritish uchun asos yuzaga keladi, ya'ni o'z davrida hamma ishni bir odam (usta) bajarishi mumkin bo'lgan holatdan, har bir operasiyani maxsus kishilarga bo'lib berish afzalligi ko'rsatiladi («Qushni so'ysa ham, qassob so'ysin»). Mehnat taqsimoti to'g'risidagi g'oya taniqli iqtisodchi Adam Smit ta'limotining (XVIII asr) asosidir.
Forobiyning fozil (ideal) davlat, hokimlar to'g'risidagi g'oyalari nihoyatda ahamiyatlidir, o'zaro yordam va do'stlikning zarurligi ko'rsatiladi. Masalan, shahar tartibotida eng asosiy narsa mulk, noz-ne'matlarni to'g'ri taqsimlash ekanligi qayd etilgan. Arastu g'oyalari rivojlantirilib, avvalo er va joylarning miqdori, keyin ularning egalari va tutgan o'rinlari, so'ngra nihoyatda zarur hisoblanuvchi oziq-ovqat, ekin ekiladigan erlar, saroy va shaxsiy uylarning miqdori hisobga olinishi kerakligi ko'rsatiladi.
Fozillar shahri hokimining fazilatlari haqidagi fikrlar nihoyatda qimmatlidir. Forobiy tadqiqotlarining yana bir muhim jihati shuki, u ko'p (yunon, arab va b. ) tillarni bilgan, boshqa olim asarlarini tahlil etgan, sharhlagan va izolagan.
Tarixda shunday voqea bo'lib o'tganligi qayd etiladi. Qomusiy olim Ibn Sino Arastuning «Metafizika» asarini 40 marta o'qib ham tushuna olmagan ekan. U surunkali mutaoladan charchagan , bozor aylanishni ixtiyor etadi. Baxtli tasodifni qarangki, bozordan xarid qilgan kitobi Forobiyning Arastu asariga yozgan sharxlari ekan. Ibn Sino kitobni bir marta o'qib chiqishdayoq Arastuning «Metafizika» asari mohiyatiga to'la tushunib etadi.
Donishmand hikmatlarida insonning kasb-unar, san'atdagi fazilatlari har doim ham tug'ma bo'lavermasligi, ko'pincha ular mehnat mashaqqati va iroda yo'li bilan ro'yobga chiqishi qayd etiladi. Shubhasiz, bu ikki qobiliyat o'zaro uyg'unlashganda rivojlanish bo'ladi.
Forobiy fikricha , baxtga erishish maqsadida o'zaro yordam bergan xalq fazilatli xalqdir. Shu tartibda barcha xalqlar baxtga erishish uchun bir-biriga yordam berishsa, butun er yuzi fazilatli bo'ladi. O'ylashimizcha, yangi asr bo'sag'asida turgan deyarli barcha davlatlar ham shu to'xtamga kelmoqdalar.
«Kim rahbar bo'la oladi?»degan savol bundan ming yillar avval ham buyuk donishmandlarni qiziqtirgan ekan. Abu Nasr ibn Muhammad Forobiy «Fozil odamlar shahri» nomli asarida bo'lajak rahbarlarning asosiy fazilatlari to'g'risida oqilona mushohada yuritgan.
Bu fikrlar hozirgi davrda ham nihoyatda dolzarbligi tufayli ularni keng ommaga etkazishimiz o'rinli bo'ladi. Ana shu fazilatlarning mantiqiy ketma-ketligi ham diqqatga sazovardir. Birinchi navbatda rahbar «avvalo to'rt muchasi sog'-salomat bo'lib, o'ziga yuklangan vazifalarni bajarishda biror a'zosidagi nuqson xalal bermasligi lozim, aksincha, u salomatligi tufayli bu vazifalarni oson bajarishi lozim». Naqadar to'g'ri fikr. Darhaqiqat, nosog'lom odamdan samarali ish kutish amri maxol. Keyingi fazilatlar ham nihoyatda qimmatlidir. Rahbar «tabiatan nozik farosatli bo'lib, suhbatdoshining so'zlarini, fikrlarini tez tushunib, tez ilg'ab olishi, ish sohasida umumiy ahvol qandayligini ravshan tasavvur qila olishi zarur». Uchinchidan «u anglagan, ko'rgan, eshitgan, idrok etgan narsalarni xotirasida to'la-to'kis saqlab qolishi, barcha tafsilotlarini unutmasligi zarur». To'rtinchidan, rahbarning «zehni o'tkir, zukko bo'lib, har qanday narsaning bilinar-bilinmas alomatlarini va u alomatlar nimani anglatishini tez bilib, sezib olishi zarur». Beshinchidan, «u fikrini ravshan tushuntira olish maqsadida chiroyli so'zlar bilan ifodalay olishi zarur». Gap bu erda tilni yaxshi bilish, notiqlik san'ati haqida bormoqda. Keyingi muhim fazilat shuki, rahbar «ustozlardan ta'lim olishga, bilim, ma'rifatga havasli bo'lishi, o'qish, o'rganish jarayonida sira charchamaydigan, buning mashaqqatidan qochmaydigan bo'lishi zarur». Ayniqsa, hozirgi zamon rahbari uchun nihoyatda kerakli fazilat, chunki kelajak ilm-fan rivoji bilan chambarchas bog'liq. Endigi davrda chalasavod rahbarlar mamlakatni xarob qilishi aniq. Keyingi fazilat iymon, ahloq odob, to'g'rilik bilan bog'liq. «Taom eyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha o'zini tiya oladigan bo'lishi, (qimor yoki boshqa) o'yinlardan zavq, huzur olishdan uzoq bo'lishi zarur» degan nihoyatda muhim fikr beriladi. Sir emaski, keyingi paytlarda bunday illatlar keng tarqalmoqda.
Rahbarning oldiga qo'yiladigan muhim shart shuki, «u haq va haqiqatni, odil va haqgo'y odamlarni sevadigan, yolg'onni va yolg'onchilarni yomon ko'radigan bo'lishi zarur». Bunda ko'pgina rahbarlarga tekkan kasallaganbordorlik, ko'zbqo'yamachilik illat-larining oldi olinadi. Har bir rahbar «o'z qadrini biluvchi va nomus-oriyatli odam bo'lishi, pastkashliklardan yuqori turuvchi, tug'ma oliyhimmat bo'lishi, ulug', oliy ishlarga intilishi zarur». Ayniqsa «bu dunyo mollariga, dinor va dirhamlarga qiziqmaydigan (mol-dunyo ketidan quvmaydigan) bo'lishi zarur». Bu fazilatga ega bo'lish ancha mushkul, chunki respublikamizda rahbar bo'lib olgach, osmono'par dang'illama binolar qurish, minglab odamlarni to'plab bir necha kun to'y berish, qo'sha-qo'sha mashina, xotin olish faktlari namoyon bo'lmoqda, muhimi bu topilgan dunyo odatda xarom yo'llar bilan blganligi aniqlanadi. Bunday rahbarlarni hokimiyat ostonasiga yaqinlashtirmaslik kerak.
Haqiqiy rahbar, albatta, «tabiatan adolatparvar bo'lib, odil odamlarni sevadigan, istibdod va jabr-zulmni, mustabid va zolimlarni yomon ko'ruvchi, o'z odamlariga ham, begonalarga ham haqiqat qiluvchi, barchani adolatga chaqiruvchi, nohaq jabrlanganlarga madad beruvchi, barchaga yaxshilikni va o'zi suygan go'zalliklarni ravo ko'ruvchi bo'lishi zarur. O'zi haq ish oldida o'jarlik qilmay, odil ish tutgani holda har qanday haqsizlik va razolatlarga murosasiz bo'lishi zarur». Naqadar qimmatli fazilatlar shodasi! Hozirgi rahbar bu fikrlarga amal qilgandagina unga bildirilgan ishonchni oqlay oladi. Qomusiy olim Abu Nasr Forobiy tomonidan rahbar oldiga qo'yiladigan navbatdagi fazilatda « o'zi zarur deb hisoblagan chora-tadbirlarni amalga oshirishda qat'iyatli, savodli, jur'atli, jasur bo'lishi, qo'rqoqlik va hadiksirashlarga yo'l qo'ymasligi zarur» deb ko'rsatiladi.
Y uqorida sanab o'tilgan 12 fazilatning barchasi bir odamda jamlanishi qiyin ekanligi ta'kidlanadi, «zero, bunda tug'ma fazilatlar sohibi bo'lgan odamlar juda kam uchraydi va ular nodir insonlardir». Bunday hollarda aytilgan hislatlardan 6tasi yoki 5tasi kamol topsa ham, «u aql va zakovatda benazirligi tufayli fozilllar shahriga rahbarlik qila oladi».
Yaxshi rahbar u yoki bu sababga ko'ra ishdan ketsa (kasallik, o'lim...), uning o'rniga kelgan inson yana 6ta fazilatga ega bo'lishi kerak. Bular donishmandlik, avvalgi o'rnatilgan odil