3-mavzu: O'rta osidagi dastlabki va temuriylar davrigacha bo'lgan iqtisodiy g’oyalar reja: «Buyuk ipak yo'li»



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə7/14
tarix24.10.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#130850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
3-mavzu O\'rta osidagi dastlabki va temuriylar davrigacha bo\'lga

Beruniy Beruniyning iqtisodiy g'oyalari. Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) 150 dan ortiq asar yaratgan bo'lib, ularda mehnat boylikning asosi ekanligi to'g'risidagi g'oya asosiydir. Uning ko'pgina fikr va qarashlari bugungi kun uchun ham ahamiyatini yo'qotmagan.
Olim yashagan davrdagi munosabatlar, ishlab chiqarishning yuksalganligi, savdo-sotiqning rivojlanishi, sug'orish inshooatlari-ning ishga tushirilishi ana shu davr uchun xos edi.
Shu asosda Beruniyda kishilik ehtiyojlarining paydo bo'lishi va uni qondirish asoslari, mehnat va hunarga munosabatlari uyg'unlashib ketadi. Uning fikriga ko'ra, kishilar o'z zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun uyushgan holda yashash va ishlashga majburdirlar. Ehtiyojlar turli-tuman va ko'p bo'lganligi uchun insonlar birlashgan holda turar joy va shaharlar yaratishga intiladilar, deb hisoblaydi. Shuningdek, u davlatning paydo bo'lishini ham ehtiyoj tufayli deb o'ylagan. Eng muhim g'oya shuki, barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan yaratiladi va insonning qadr-qimmati uning avlod-ajdodlarining kim bo'lganligi emas, balki uning mehnati, aqliy va jismoniy mahorati bilan belgilanadi. Har bir davrning urf-odatlari o'ziga xos bladi va inson ahli ularga rioya qilmog'i darkordir, aks holda nizom va bir xillik yo'qolsa, tartib ham yo'q bo'ladi, deb uqtiradi buyuk donishmand.
Olimning fikrlariga tayanib shunday muhim qisqacha xulosalar chiqarish mumkinki, inson erdagi bunyodkor va yaratuvchi kuchdir. Inson avvalo halol mehnati bilan ulug'lanadi, kishilik jamiyatining asl ibtidosi ham mehnatdandir.
Beruniy qayd etishicha, bilimlarni egallamoq va hunar o'rganmoq uchun mehnat qilish zarur, bu esa doim davom etadigan va takomillashib boradigan jarayondir. U mehnatni turlarga ajratib, ularning har qaysisi alohida talab va ehtiyojlar asosida vujudga kelishini ko'rsatib berdi. Binokor, ko'mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini og'ir mehnat deb biladi. Ilm, ma'rifat zag'matkashlari mehnatiga ta'rif berish, ilm olish, o'qish eng kerakli mehnat ekanligini isbotlaydi. Shunga ko'ra olimlarning mehnatini qadrlash turli ilmlar ko'payishiga olib keladi. Olim jamiyatning asosini moddiy ne'matlar uchun bo'lgan harakatlarda, mehnatda deb biladi.
Qul mehnati, majburiy mehnatdan erkin kishilarning faoliyati usutunligi isbotlab beriladi (erkin bozor munosabatlarining asosi). Mehnatkashlarning xohish-irodasiga qarshi, ularni majburlab ishlatishga qarshi bo'lgan, chunki bunday mehnat samarasi pastdir. Meros bo'lib avloddan avlodga o'tib keladigan hunarlar yuqori baholangan.
Beruniy og'ir jismoniy mehnat qiluvchilar, ya'ni konda ishlovchilar, er ostida gavhar qidiruvchilar, dehqonlar to'g'risida, ularga berilishi kerak bo'lgan imtiyozlar va ish haqi haqida «Minerologiya» asarida keng muloaza yuritadi. Ayniqsa ochiq va er ostidagi kon ishlariga alohida e'tibor beriladi, yer osti konlarini mustahkamlash (falokat oldini olish uchun), yer osti suvlarini chiqarib tashlash, olingan rudani yuqoriga olib chiqish uchun maxsus moslamalardan foydalanish tavsiya etiladi. Kon atrofida konchilar qishlog'ini barpo etish zarurligi ko'rsatiladi.
Yer osti boyliklarini qazib olish ishlari katta jismoniy mehnat, ixtirochilik, aqliy mehnat va bilim sarflashni talab etadi. Bu murakkab va og'ir ishlarni bajarish maxsus maktab, ularda ta'lim-tarbiya berish asosida yo'lga qo'yilmog'i kerak,deydi olim. Xuddi shu o'rinda Beruniy ilm ahllari, olimlar, tarbiyachilarning mehnati jamiyat uchun naqadar kerakli va zarurligini alohida uqtiradi. Beruniy ustalarning avoli, shogirdlarning faoliyati, ish haqlari borasida ham qimmatli g'oyalarni ilgari suradi, ish haqi miqdori samaradorlik bilan bevosita bog'lanadi.
Olimning yozishicha: «Basrada billurdan idish-tovor va boshqa narsalar yasaydilar. Ish joyida belgilab-o'lchab beruvchi usta bo'lib, uning oldida billurning mayda va katta bo'lakchalari to'plangan. U ana shulardan chiroyli va keraklisini olib, undan eng chiroyli va yaxshi buyum yasashni o'ylab o'lchab belgilab chiqadi. Shundan keyin uni yasovchi hunarmandga beradi, bu birinchi usta aytganidek qilib buyumlarni yasay boshlaydi.
Olim shu erda mehnat taqsimoti va uning ahamiyatini ko'rsatadi. Olim va mutaxassislar mehnatini mamlakat boshqaruvchilari tomonidan rag'banlantirib turish foydali ekanligi alohida ta'kidlanadi. Bu aslini olganda manfaatdorlik tamoyilining xuddi o'zidir. Uningcha, ayniqsa, erga ishlov berib, rizq-ro'z yaratuvchilarga mehribon bo'lish kerakligi ko'rsatiladi. Ana shu g'amxo'rlik oqibatida erga yaxshi ishlov beriladi va er hosildor bo'ladi, moddiy ne'matlar yaratiladi, ishlovchi va jamiyat manfaatlari bab-baravar himoya qilinadi (bu fikr XVIII asrda Adam Smit tomonidan to'laroq isbotlab berilgan). Moddiy ne'matlar esa tiriklik asosi. Ana shunday qilinganda hokimiyat ham mustahkam bo'ladi, deydi olim (bu erda davlatning iqtisodiyot bilan munosabati masalasi ko'tariladi).
Agar kishilar to'q bo'lsa, davlat ham kuchlidir. Hukmdorlarning vazifasi yuqori tabaqalar bilan quyi tabaqalar o'rtasida haqiqatni, kuchli bilan kuchsiz o'rtasida tenglikni o'rnatishdan iboratdir, deb uqtiradi olim. Mehnatning ixtiriyligi, ozodligi, erkinligi kishilar o'rtasida hulq-atvor, hurmat-e'tibor uchun muhim va zarurdir. Bozor iqtisodiyotining eng zarur tamoyillaridan biri-bu tanlash va tadbirkorlik erkinligi masalasi ilgari surilgan.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin