3-mavzu: O'rta osidagi dastlabki va temuriylar davrigacha bo'lgan iqtisodiy g’oyalar reja: «Buyuk ipak yo'li»



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə3/14
tarix24.10.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#130850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
3-mavzu O\'rta osidagi dastlabki va temuriylar davrigacha bo\'lga

Burhoniddin Al-Marg'inoniy. Mustaqillik sharofati ila allomaning boy ma'naviy merosi xalqqa qaytarildi. O'zining o'lmas asarlari bilan islom qonunchiligiga asos solgan Abul Hasan Ali ibn Abu Bakr ibn Abdujamil Farg'ona viloyatining Rishton qishlog'ida tavallud topib, u hijriy 511-593 (milodiy 1115-1197) yillari yashab ijod etdi. Bo'lajak olim ilk ta'limni Rishton, Marg'ilonda olgan bo'lsa, keyinchalik Samarqand, Buxoro va Movarounnahrning yirik shaharlarida bilimini oshirdi. U fikhga oid «Bidoyat al-mubtait», «Nashr al-Masxad», «Kitob at-tajnis», «Al-madad» kabi noyob asarlar yaratdi. Eng mashhur asari «Hidoya fi furi' al-fiqh» («Fiqh sohalari bo'yicha qo'llanma»). Bu asar islomda sunniylikning hanafiylar mashabida keng tarqalgan shariat qo'llanmasi, ya'ni kodeksi hisoblanadi.
Fiqh sohasida kitob yozish harakati ilgari ham bo'lgan. 1048 yilda vafot etgan Abul Hasan al-Quduriy islom qonunchiligi borasida ilk qo'llanmani yozgan, ammo Burxoniddin al- Marg'inoniy yaratgan «Hidoya» o'z davrida hanafiylar mazhabi tarqalgan mamlakatlarda, xususan, Markaziy Osiyo, Shimoliy Kavkaz va Volga bo'yi musulmonlari orasida asosiy qo'llanma sifatida shuhrat topgan. Bu asar 4 jild, 56 bobdan iborat. Unda Qur'oni karim oyatlaridan kelib chiqib, shariat masalalarida muallifning fikr va qisqacha xulosalarlari beriladi. Hanafiylar mazhabining barcha imom ismlari, shuningdek, boshqa mazhab vakillarining mulohazalari ham asarda keng talqin etilgan. Kitobda oila-nikoh masalalari bilan bog'liq nomalar (nikoh, ajralish) batafsil yoritiladi, ularni bajarish bilan bog'liq huquqiy qonun-qoida va jazo choralari belgilangan.
Agarda islom nuqtai-nazaridan ijtimoiy-iqtisodiy, huququqiy masalalar: mulkiy va moliyaviy munosabatlar, ayniqsa meros, uni bo'lish yo'llari, jinoyat va jazo, fuqorolik huquqlari ham ko'rsatib berilgan. Shuningdek, faqat islomga xos bo'lgan bir qancha masalalar , xususan, jihod, o'lja olish va uni taqsimlash, turmush faoliyatidagi ayrim ta'qiblar, ijozatlar qayd etilgan.
Burxoniddin al-Marg'inoniy nihoyatda keng bilim egasi bo'lish bilan birga haqsevar, adolatli qonunshunos, hadis ilmining donishmandlaridan biri edi. U Qur'onni yoddan bilgan, uni izohlay olgan, shoir, adabiyotchi bo'lgan. Tarixiy qo'lyozmalarda qayd etilishicha, olim avlod-ajdodi ham musulmonlar qonunchiligini yaxshi bilgan insonlar bo'lishgan.
«Hidoya» asari musulmon qonunchiligining barcha qirralarini o'z ichiga oladi va nihoyatda keng tadqiqot manbai bo'lib hisoblanadi. Asarda, ayniqsa, zakot masalasiga katta e'tibor berilgan, unga maxsus bir bob ajratilgan. Chorva mollari, shaxsiy mulk shakllaridan olinadigan to'lovlar yuzasidan aytilgan fikrlar bag'oyat muhimdir.
Asarning yozilish uslubi shundayki, unda hammaga yaxshi ma'lum masalalar bilan birga, kam uchraydigan holatlar, u yoki bu masalaning nozik tomonlari ikir-chikirigacha izohlab beriladi. Hozirgi davr tili bilan aytadigan bo'lsak, chiqarilgan asosiy qonunga to'la-to'kis sharhga o'xshaydi. Kitobda kimlar va qancha zakot to'lashi kerakligi haqida qiziq ma'lumotlar keltiriladi. Odatda daromadning qirqdan bir hissasi (2,5 foizi) hisobidan zakot to'lanishi kerak. Chorvachilikda 40 echkidan bittasi zakot hisobida beriladi, mol soni kam bo'lsa, olinmaydi. Zakot to'lashda bir yoshdan kichik qo'zilar hisobga kiritilmaydi.
Otlarda esa boshqacha hisob-kitob qilinadi, ya'ni har otdan bir dinor yoki ot bahosining 9 foizi miqdorida zakot tlanishi kerak. Ammo eshak, xachir va boshqa ishchi hayvonlar (xo'kiz, tuya) dan to'lov olinmaydi. Agar ular oldi-sotdi muomalasida bo'lsa, ahvol o'zgaradi va zakot beriladi. Bir yoshga to'lmagan echki, buzoq va bo'taloqlar ham umumiy hisobga kiritilmaydi, ammo 25 ta tuyadan bittasi, 66 tadan boshlab ikkita, 145 tadan ortig'idan uchta tuya zakot hisobiga berilishi kerak. Shu erda muhim bir fikr borki, agar mol egasi shu molning (natura) o'rniga uning bahosiga teng zakotni pul shaklida to'lashi ham mumkin, deyiladi. Yana muhim bir ko'rsatma diqqatga sazovorki, zakot yig'uvchi eng yaxshi (sara) molni emas, o'rtacha bahodagi molni olishi talab etiladi. Undan tashqari, zakotni oldindan ham to'lash mumkinligi ko'rsatiladi.
Kumush narsalardan olinadigan zakotda o'rtacha nisob (soliq olinishi mumkin bo'lgan miqdori) 200 dirham deb belgilangan, bundan 2,5 foiz (ya'ni 5 dirham) zakot olinadi. Agar kumush miqdori 200 dirhamdan ortiq bo'lsa, har qo'shimcha 40 dirhamdan yana zakot beriladi va hokazo.
Oltindan olinadigan zakot miqdori o'ziga xosdir. 20 misqol-gacha zakot olinmaydi (bir misqol o'rtacha 4,5 gramm ), 20 misqoldan yarim misqol(2,5 foiz) zakot to'lanadi. 20 misqoldan ortiq har 4 misqoldan 2 karat, (ya'ni 12 dan 1 unsiya) zakot berish kerak.
Shaxsiy, xususiy mulk hisob-kitobi kumush yoki ekvivalentiga qarab belgilanadi. Xatto kumush va oltin ham umumiy baho asosida yagona qiymatga keltirilishi mumkin.
Topilgan kon xazina uchun beshdan bir (20 foiz)zakot olinishi lozim. Masalan, biror erdan yoki ekilayotgan joydan xazina topilsa, shu usuldan foydalaniladi. Qimmatbaho toshlardan zakot to'lanmaydi, chunki toshlar zakotdan mustasnodir.
Tabiiy (yomg'ir, qor suvi bilan) sug'oriladigan erlardagi hosilning o'ndan biri (10 foizi) ushr shaklida olinadi. Ammo o'rmon, yaylov, chalakalakzor zakotdan ozod etilgan. Sun'iy sug’oriladigan erlar isobidan ushrning yarmi (50 foizi) miqdorida soliq to'lanadi.
Burhoniddin al-Marg'inoniy o'z asarida zakotni taqsimlash qonun-qoidalarini ham bayon etadi. Aholining ayrim toifa vakillari: faqir, miskin, zakot yig'uvchilar, qarzdorlar yig'ilgan zakotdan foydalanish imkoniyatlari egaligi haqida ham qimmatli fikrlar bildirilgan.
O'ylaymizki, bobokolonimizning bu asari nihoyatda boy va qimmatli manba sifatida oliy o'quv yurtlarida o'qitilishi zarur. Hozircha bu asarning ruscha tarjimasi mavjud. Asarning birinchi va qolgan jildlarini o'zbek tiliga o'girish kerak.Shunday qilinsa, ayni muddao bo'lur edi. Chunki u yoshlarimiz qalbida insof va diyonat, adolat va xaqiqat tuyg'ularini uyg'otishda bebaho xazina bo'lib xizmat qilishi shubhasizdir.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin