3-mavzu O\'rta osidagi dastlabki va temuriylar davrigacha bo\'lga
3. Xalq og'zaki ijodidagi iqtisodiy qarashlar.
O'zbek xalqi iqtisodiy taffakkurining rivojlanishida muhim manbalardan biri - xalq og'zaki ijodi namunalari hisoblanadi. Bu namunalar jumlasiga dostonlar, xalq maqollari va qo'shiqlar kiradi. Tarixiy merosimizning noyob yodgorliklaridan biri Alpomish dostonidir. Bu doston shakllanganiga ming yildan ortiqroq bo'lganligini dalillar tasdiqlamoqda. Shuning uchun ham Alpomish dostonining ming yilligi Respublikamizda 2000 yilda keng nishonlandi. Asarning badiiy ahamiyatidan tashqari iqtisodiy qarashlar ham muhim o'rin tutadi. Alpomish dostonidagi iqtisodiy munosabatlar tarkibini quyidagicha guruhlash mumkin:
1. Islom ta'limoti asosidagi iqtisodiy munosabatlar. Bu munosabatlarni negizini zakot va juzya to'lovlari bilan bog'liq masalalar tashkil etadi. Ya'ni, Qo'ng'irot elida xukmronlik qilgan Alpomishning otasi Boybo'ri bilan uning akasi Boysaribiyning zakot to'lovi bo'yicha nizolardir.
2. Mehnat taqsimotining rivojlanganlik darajasi. Dostondan ko'rinadiki o'sha davrga kelib chorvachilik tarmog'i Qo'ng'irot elining ixtisoslashuvining ko'rsatkichidir.
3. Tovar-pul va moliya tizimi munosabatlari. Dostonda keltirilishicha Qo'ng'irotliliklarning tovar-pul munosabatlarida natura to'lovlari ustuvorligi namoyon bo'ladi. Qalmiqlar davlatida esa daromad va harajatlarni tartibga solish muxrdor lavozimi orqali yuritiladi. Muxrdor daromad va harajatlar bo'yicha hisob kitoblar qilishda oqsoqollar tomonidan yig'ib topshiriladigan soliq va yig'imlarga tayanadi. Bu mamlakatda 500 ta oqsoqollik lavozimi joriy etilgan. Ularning maoshi to'plangan soliqlardan bir qismini tashkil etadi. Sipohiylar uchun esa 500 pul birligi miqdorida maosh tayinlangan. Muomila uchun ishlatiladigan pul birliklari qo'shni mamlakatlardagi zarb qilingan oltin va kumushlar ekanligi to'g'risida ma'lumotlar berilgan. Soliqlarning manbai bir tomondar er solig'i bo'lsa, ikkinchi tomondan esa savdo karvonlari va ichki bozordan olinadigan yig'imlar hisoblanadi.
Umuman olganda xalq og'zaki ijodidagi asarlar millat tarixidagi iqtisodiy munosabatlarni bayon etishda muhim manbalardan biri hisoblanadi. O'zbek xalqining maqollari ham iqtisodiy aqidalarning tarkibiy qismini tashkil etadi. Demak, milliy iqtisodiy taffakkurning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg'unligini ta'minlashda xalq og'zaki ijodi namunalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega.