3-Mavzu: Qadimgi Kichik Osiyo va Sharqiy O’rta yer dengiz bo’yi sivilizatsiyalari. Reja



Yüklə 43,57 Kb.
səhifə2/2
tarix09.03.2023
ölçüsü43,57 Kb.
#123910
1   2
3 Mavzu Qadimgi Kichik Osiyo va Sharqiy O’rta yer dengiz bo’yi 22


Qadimgi va ilk O‘rta Eron.
Reja:


1. Qadimgi sivilizatsiya. Ilk davlatlar.
2. Ahmoniylar: davlat boshqaruvi va madaniyat.
3. Parfiya va Sosoniylar sivilizatsiyasi.

Qadimgi Eron territoriyasi Mesopotamiyadan sharqda katta tekisliklarda joylashgan edi. Aholining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik va chorvachilikdan iborat 
bo‘lgan. Miloddan avvalgi III ming yillikda Eronning janubida poytaxti Suza 
bo‘lgan Elam davlati vujudga keladi. Bu davlat uzoq turmagan bo‘lsada, keyingi 
davlatchilik an’analariga asos solgan. Ular o‘z diniy e’tiqodlari va yozuviga ega 
bo‘lganlar.
Taxminan miloddan avvalgi IX asrda Eron hududida Midiya va fors qabilalari 
keng yoyiladi. Midiyaliklar forslarga nisbatan ertaroq tarix sahnasiga chiqib keladi. Ular Midiya davlatini tuzdilar. Biroq bu davlat qudratli Ossuriya ta’siriga tushib 
qoldilar. Miloddan avvalgi VII asrda Bobil bilan ittifoq tuzgan Midiya Ossuriya 
ta’siridan qutiladi. Astiag va Kiaksar podsholigi davrida davlat gullab yashnadi. 
Biroq bu jarayon uzoqqa cho‘zilmadi. Ahmoniylar davlati ularni bosib oladi.
Eronning qadimgi davlatlari ilk bosqichda bo‘lib, despotik xarakterda bo‘lgan. 
Ularda diniy qarashlar ibtidoiy shaklda bo‘lgan. Jumladan, elamliklar xudolar 
onasi Pinekrga sig‘inishgan. Shuningdek, yozma adabiyot kuchli bo‘lmasada, 
me’morchilik yaxshi rivojlangan edi. Yozuvi ham dastlab mixxat yozuvlari asosida shakllanadi.
Qadimgi Eron sivilizatsiyasida Ahmoniylar davlati alohida o‘rin tutadi. Bu davlatning asoschisi Kir II (Kayxusrav) bo‘lib, uning to‘g‘risida turli xil afsonalar mavjud. U qisqa vaqt ichida Midiya, Elam, Bobil, Lidiya va Parfiya yerlarini bosib oladi. Ahmoniylar davlati, ulkan imperiyaga aylandi. Doro I davrida (522 486 yy.) boshqaruv sohasida islohat amalga oshirildi. Bosib olingan hududlar satraplikka bo‘lindi. Satraplik –ma’muriy hududiy bo‘linma bo‘lib, u katta vakolatlarga ega edi. U armiyaga boshchilik qilar, 
soliq ishlarini amalga oshiruvchi hamda viloyat hokimi sifatida namoyon bo‘lar edi. Ahmoniylar davlatida qishloq xo‘jaligi va tovar pul munosabatlari yaxshi rivojlangan edi. Miloddan avvalgi VI asrda O‘rta Osiyo va Kichik Osiyo yerlarini birlashtiruvchi “Shoh yo‘li” vujudga keladi va u Ahmoniylar imperiyasi nazoratida bo‘lgan. Davlatda me’morchilik yaxshi rivojlanadi. Podsholar tomonidan yirik saroylar 
qurilishiga e’tibor qaratiladi.
Doro I davrida pul islohoti o‘tkazilib mamlakatda yagona valyuta daroyl tangalar 
zarb qilinadi. Harbiy sohada ham islohot amalga oshirilgan bo‘lib, mamlakatda 5 ta harbiy vujudga keladi. Ahmoniylar davlati madaniyati o‘ziga xosdir. Doro davriga kelib Zardushtiylik dini davlat dini deb e’lon qilinadi. Yozma manbalardan asosan Behustun yozuvlari, Suzadagi saroy peshtoqidagi yozuvlar va Naqsh Rustam yozuvlari mashhur Arxitekturada Suzadagi saroy, Persepol saroyi o‘sha davrning
yuksak na’munasi hisoblanadi.
Miloddan avvalgi 250 yilda Eron va Turkmaniston hududida Parfiya davlati vujudga keladi. Mazkur davlat Armaniylar sulolasi davrida ulkan imperiyaga aylandi. 
Parfiya davlati kuchaygan vaqtda Rim bilan bir necha bor urushlar olib borib 
g‘olib keladi. Parfiya jamiyatidan qullar bo‘lmagan. Yirik shaharlari Gekotompiya, Enbaton, Niso, Mori shaharlari bo‘lgan. Aramiy yozuvi keng tarqalgan. Zardushtiylik dini hukmron din sanalgan. Me’morchilikda mahalliy va yunon an’analari 
ustun bo‘lgan. Niso shahridan ritonlar topilgan.
Eron hududida milodiy 224 yildan Sosniylar davlati vujudga keladi. Feodal munosabatlar shakllanish jarayonida bu yerda ozod kishilar asosiy o‘rin tutgan. Ularning qo‘lida qaram kishilar bo‘lgan. Jamiyatda dastlab zardushtiylik hukmron sanalgan. Keyinchalik Moniy ta’limoti vujudga keladi. Mazkur ta’minot hukmron tabaqaga 
norozilik timsoli sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq, bu davrda hukmron doira o‘z territoriyalarini kengaytirish yo‘lida qo‘shni davlatlarni o‘z ta’sir doirasiga kiritish 
harakatida bo‘lgan.
Keyinchalik Mazdak ta’limoti vujudga keladi. Ular yirik yer egalaridan katta yerlarni talab qiladi. Hatto Kubod davrida davlat dini sifatida qabul qilinadi. Sosoniylar davlati Xusrav I davrida yuksak cho‘qqilarga chiqadi. Mamlakatda ozod kishilarning mavqei yanada oshgan eftaliylar zaiflashuvidan O‘rta Osiyoni ham o‘z ta’sir doirasiga kiritishga harakat qiladi. Sosoniylar davlati milodiy 651 yilda arablar tomonidan tugatiladi.
Yüklə 43,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin