3-мавзу. Тушунча



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə1/8
tarix15.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#132554
  1   2   3   4   5   6   7   8
Тушунча 7 мавзу

MAVZU:TAFAKKUR SHAKLLAR;TUSHUNCHA, HUKM VA XULOSA.

RE J A:

1.Tushuncha, uning mazmuni va hajmi.Tushunchaning turlari.

2.“Tushuncha”ning iqtisodchilar faoliyatidagi ahamiyati.

3. Xulosa chiqarish va uning umumiy tavsifi. Deduktiv xulosa turlari.

4.Induktiv va analogik xulosaning turlari.

ADABIYOTLAR:

  • 1. Mirziyoyev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. T.: 2017.
  • 2. О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi - T.: О‘zbekiston, 2017.
  • 3. Bocharov V.A., Markin V. I. Osnovi logiki. M.,2002.
  • 4. Bryushinkin B.N. Logika. M.,2001.
  • 5. Getmanova A.D. Logika. M., 2000.
  • 6. Ivin.A.A. Logika. Uchebnik dlya gumanitarnix fakultetov. M.,2002.
  • 7. Kirillov V. I., Starchenko A. A. Logika: Uchebnik. – M., 2008.
  • 8. Mavlyanov A.A. Mantiq: Ma’ruzalar kursi. T., 2007.
  • 9. Xayrullayev M., Haqberdiyev M. Mantiq. – T., 1993.
  • 10. Xalin S.M. i dr. Logika. Uchebnoye posobiye. Tyumen 2005.
  • 11. Sharipov M., Fayzixо‘jayeva D. Mantiq: О‘quv qо‘llanma. – T., 2004.
  • 12. Falsafa qisqacha izohli lug‘at./M.N.Abdullayeva va boshq.; – T., 2004.
  • 13. Yuridik ensiklopediY./ prof.U.Tadjixanovning umumiy tahririda.; – T., 2001.

TUSHUNCHA TA’RIFI

  • TUSHUNCHA – deb narsa va hodisalarning umumiy va muhim belgilarini inson ongida ifoda etuvchi tafakkur shakliga aytiladi.
  • Qisqa qilib aytganda, tushuncha obyektiv voqelikning inson ongidagi obrazidir.
  • Tushuncha bilish quroli, bilish vositasidir.

TUSHUNCHA SHAKLLANISHINING MANTIQIY USULLARI. (JINOYAT HODISASI MISOLIDA KО‘RIB CHIQISH)

  • TAQQOSLASH – muayyan narsa haqida tushuncha hosil qilish uchun dastlab, ushbu predmetning boshqalar bilan о‘xshashligi yoki farqini aniqlash. Masalan: Tergovchi jinoyat joyini kо‘zdan kechirishda eng avvalo tajribasida oldin duch kalgan boshqa jinoyat belgilariga qiyoslashga harakat qiladi.
  • MANTIQIY ANALIZtadqiq etuvchi obyektni tarkibiy qismlarga ajratib о‘rganishdir. Masalan: Tergovchi hodisa sifatida olingan jinoyatning mohiyatiga yetib borish uchun uni turli xil versiya (tusmol)lar asosida tahlil qilib kо‘radi.
  • SINTEZtergovchining yaxlit hodisa sifatida olingan jinoyatni tahlil qilish yordamida uning bо‘laklarga ajratilgan qismlari, elementlarini yana fikran tо‘plab, yaxlit holda о‘rganishidir. Bu jаrayonda fikr yakkadan umumiyga, qismdan butunga, konkretdan abstraktga boradi.
  • MAVHUMLASHTIRISH – jinoyat hodisasining ikkinchi darajali, muhim bо‘lmagan alohida xususiyatlaridan uzoqlashib, mavhumlashtirish yordamida ularning eng muhim va asosiy umumiy tomonlarini aniqlash.
  • UMUMLASHTIRISH – jinoyat hodisasining о‘xshash hamda muhim belgi yoki xususiyatlari о‘rtasidagi bog‘lanishlariga kо‘ra uni jinoyatning muayyan turiga birlashtirish jarayoni va uning natijasidir.


Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin